4-rasm. O‟zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
daromadlari
51
Mamlakatimiz
soliq
tizimining
huquqiy
asoslari
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‗i
kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‗jalik tovar
ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‗i va yuridik (noqishloq
xo‗jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliqlarini kiritish mumkin.
O‘zbekiston soliq tizimida amalda bo‘lgan soliqlarni ob‘ekti va
iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir necha guruhlarga ajratib o‘rganish
mumkin.
Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi:
Oborotdan olinadigan soliqlar
Daromaddan olinadigan soliqlar
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar
Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i,
aktsiz solig‘i, bojxona boji va er qa‘ridan foydalanganlik uchun
olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylanma) tushunchasi
bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi
oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan
o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham
oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning
foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daromadiga
solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo korxonalarining
yalpi daromadidan olinadigan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlarga
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham
kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i
kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar
ishlab chiqaruvchilarning yagona er solig‘i va yuridik (noqishloq
xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning er soliqlarini kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida soliq
tizimining
huquqiy
asoslari,
soliq
to‘lovchilarning
huquqlari
hamda
majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish
tartiboti va soliq haqidagi qonun
52
hujjatlarini
buzganlik
uchun
javobgarlik
Soliq
Kodeksi,
O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖ gi
qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali
tartibga solib turiladi.
Ushbu jarayonda soliq tizimini tartibga soluvchi bir qator
qonun hujjatlari qabul qilinib, uning asosini - O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Bizga ma‘lumki,
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‗zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‗lib o‗tgan o‗n ikkinchi
chaqiriq o‗n birinchi sessiyasida qabul qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – soliq huquqining
asosiy manbasi sifatida, soliq tizimining boshlang‗ich huquqiy
asoslarini va asosiy prinsiplarini belgilab bergan. 43 Jumladan,
Konstitutsiyaning 51-moddasiga binoan, «Fuqarolar qonun bilan
belgilangan
soliqlar
va
mahalliy
yig‗imlarni
to‗lashga
majburdirlar». Konstitutsiyaning 78-modda 9-bandi va 123-
moddalariga binoan esa,«O‗zbekiston Respublikasi hududida
Yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat
O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli».
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyati
organlarining mahalliy soliqlar va yig‗imlarni belgilash bo‗yicha
vakolati ko‗rsatib o‗tilgan. Bundan tashqari, O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya bilan barcha sohalarga, shu jumladan
soliq tizimiga bevosita taalluqli bo‗lgan asosiy prinsiplar – davlat
organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi
mas‘uliyatini
(2-modda),
demokratiyaning
umuminsoniy
prinsiplarga asoslanishini (13-modda), qonuniylikni (15- modda),
fuqarolarning tengligini (18-modda) va boshqa asoslarni belgilab
bergan.
Soliq huquqining manbasi sifatida xalqaro shartnomalar ham
namoyon bo‗ladi. Jumladan O‗zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksining
4-moddasiga
binoan
agar
O‗zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomasida
O‗zbekiston
Respublikasining soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‗lsa, xalqaro
shartnoma qoidalari qo‗llaniladi.
53
Do'stlaringiz bilan baham: |