236. (39) Turkum.
Senecio
L. - Yopishoq
1 .Ildiz oldi barg yaprog‘i keng tuxumsimon, asosi yuraksimon,
odatda patsimon kesik. To‘pguli 3-7 savatchalardan iborat.
Tilsimon gullari sariq va o‘ramabarglardan 1,5-2 marta uzun.
Ko‘p yillik o‘t. Poyasi tik, bo‘yi 30-80 sm.May-iyul oylari
gullab urug‘laydi. Tosh va shag‘alli yonbag‘irlar, qizil qumlarda,
adir va tog‘da o‘sadi.
1.
S. olgae
Rgl. et Schmalh.- Olga yopishoqi
+ Bir yoki ikki yillik o‘t. Bo‘yi 12-30 (50) sm. Bargi
uzunligi 3-11 sm., eni 1,5-4 sm, tishchali o‘yma. Savatchalari
qung‘iroqsimon, qisqa gul poyada joylashgan, mayda, uzunligi
6-9 mm, eni 3-7 mm. tilsimon gullar yo‘q, faqat ikki jinsli
naysimon gullari bo‘ladi. To‘pgullari zich. Urug‘lari uzunligi
2-2,5 mm.
Do'stlaringiz bilan baham: |