TDYU 4-bosqich Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-guruh talabasi G‘oziev Boburmirzo Muso o‘g‘lining 2022-yil 07-11-fevral kunlari Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudida o‘tagan
amaliyoti yuzasidan haftalik
HISOBOT
Sud apparati xodimlari tomonidan xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlardagi ma’lumotlarni oshkor etish man etiladi. Bunday hujjatlar bilan bevosita tegishli yoki xizmat topshirig‘ini bajarishga aloqador bo‘lgan shaxslargina tanishib chiqishlari mumkin. Xizmat doirasida foydalanish uchun kelgan hujjatlar bilan boshqa shaxslarni tanishtirish, ularga ma’lumotnoma yoki xizmatga oid ma’lumotlarni berish, matbuotda chop etish, radio va teleko‘rsatuvlarda oshkora qilish, ma’ruza, nutq va boshqa amaliy chiqishlarda foydalanish, shuningdek, fleshka, disk va boshqa nusxa olish texnika vositalari orqali ma’lumot olish va tarqatish faqat tuman (shahar) sudining raisi (rais yo‘qligida rais vazifasini bajaruvchi) ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkinligi bilan tanishib chiqdim.
|
07.02.2022
|
Tuman (shahar) sudlarida ish yuritish, ya’ni sudga kelib tushgan va suddan jo‘natilayotgan barcha ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar, hujjatlar, xat-xabar, ariza-shikoyat va korrespondensiyalarning kirim-chiqimini rasmiylashtirish elektron Dastur asosida lokal tarmoq yordamida kompyuter texnikasi vositalari orqali amalga oshirishni o‘rgandim.
|
08.02.2022
|
Tuman (shahar) sudlarida yuritiladigan barcha qayd etish kitoblari devonxona mudiri tomonidan raqamlanishi, tikilishi, imzolanishini va muhrlanishi o‘rgandim.
|
09.02.2022
|
Tuman (shahar) sudining raisi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sud ishini tashkil qilishini, sud apparati faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshirishini, sud apparati xodimlarining mansab yo‘riqnomasini hamda tuman (shahar) sudining yarim yillik va yillik ish rejasini tuzishini. Mazkur ish rejasi tuman (shahar) sudining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanishini o‘rgandim.
|
10.02.2022
|
Sud apparati xodimlaridan sudda ish yuritishning barcha qoidalarini, tartib va usullarini, shuningdek, sud tuzilishini, protsessual va moddiy qonunlarni yaxshi bilishi talab etiladi. Shu maqsadda tuman (shahar) ma’muriy sudining raisi devonxona mudiri, sudya yordamchisi va boshqa xodimlar bilan doimiy ravishda huquqiy mavzular asosida ish yuritishni tashkil etish yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazib turishi va bu haqda alohida qayd kitobiga belgilab borish kerakligini o‘rgandim.
|
11.02.2022
|
Amaliyot joyidan
biriktirilgan rahbari, sudya __________ B.Xaydarov
Amaliyotchi __________ B.G‘oziev
12.02.2022
Do'stlaringiz bilan baham: |