Amaliyot rahbari: I. Abdullayea lavozimi, F. I. Sh


– rasm. Bankning operatsion kuni modullarining tarkibi7



Download 1,65 Mb.
bet11/14
Sana14.06.2022
Hajmi1,65 Mb.
#670669
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
IIT-75 Ibrahimov Otabek Hisobot

9 – rasm. Bankning operatsion kuni modullarining tarkibi7
Bankda axborot tizimlarining oxirgi avlodi «mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga suyanadi. Ko’pgina axborot tizimlarining kuchsiz tomoni bank ishi va uni modellashtirishning o’ziga xosligini etarlicha qo’llab - quvvatlanmasligi, muammo sohani etarlicha aks ettirmasligidan iboratdir. Keyingi vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va biznesni boshqarishning maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy havf-xatarni nazorat qilishda, resurslarni boshqarishda, operatsiyalarning foydaliligini, ya’ni bank xizmati (mahsuloti)ning mijoz va bo’linmalar daromadliligini tahlil qilishga imkon beruvchi tizimlar hozircha yo’q. Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan kundalik faoliyatda foyda­lanish zarurligiga olib keladi.
Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha barcha opera­tsiyalar to’lov hujjatlari bo’yicha amalga oshiriladi, shaxsiy schyotdan ko’chirma esa har bir buxgalteriya yozuvlarini aks ettiradi. Majmua shaxsiy schyotlar bo’yicha (hujjatlarning rasmiylashtirilgan buxgalteriya yozuvlari bo’yicha) mablag’larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga oshiradi. Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o’tadi, barcha parametrlar mos kelganda hujjatlarning ro’yhati tuziladi va hisoblash-kassa markaziga jo’natish uchun fayl shakllantiriladi. Korrespondentlik schyota orqali o’tgan hujjatlar schyotlar bo’yicha tarqatiladi.
Kassa hujjatlarining harakati o’ziga xos xususiyatlarga ega, ulardan asosiysi bankning boshqa xiz­matlari bilan aloqasidir. Bu xususiyat ichki buxgalte­riya yozuvlari uchun ham xosdir. Bunday tizimda schyotlarning rejasi, bank shaxsiy schyotlarining katalogi, bank mijozlarining katalogi olib beriladi, balans chiqariladi, xizmatiy server vazifalari bajariladi.
Filiallar faoliyatining hisobi bo’yicha majmua filialning hisobxonasi va boshqa bo’limlaridagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. «Bank-filiallar» darajasida filiallardan olingan axborotlarni yig’ish, ishlab chiqish va tahlil qilish, barcha filiallar o’rtasidagi hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi.
Filiallar orasidagi o’zaro hamkorlik to’g’ridan-to’g’ri yoki bankning markaziy bo’limi orqali tash­kil qilinishi mumkin. Filial doiralaridagi maj­mua o’z ichiga valyutali va so’mli kassa operatsiyalarini oladi, filial bo’yicha balansni ichki buxgalteriya yozuvlarini hisobga olish bilan hisoblab chiqadi, korrespondentlik munosabatlari bo’yicha hisob-kitoblarni bajaradi.
Shartnomali tizimchalar kreditli, depozitli, banklararo shartnomalar bilan ishlaydi, valyuta kliringini amalga oshiradi. Shartnoma matnlarini shakllantirish, tanlangan andoza bo’yicha shartnomalarning shartlari ularning statusi o’zgarganda o’zgartirilishi va to’g’riligini tekshirish mumkin. Shartnomalarning haqiqiy holati qarzlarni berish va qaytarish va foizlar to’lanishi bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini identifikatsiyalashni qo’lda va avtomatlashtirilgan usulda bajarish yo’li bilan qo’llab-quvvatlanadi. Shartnomalar qayd daftarida joriy, tugallangan, muddati o’tgan va to’lov muddati kelgan shartnomalar bo’yicha ma’lu­motlar aks ettiriladi.
Bank axborot tizimning dasturiy-texnologik majmua depozitariysi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • mijoz ro’yhatini ularning turlarini (investor, diler, emitent, depozitariy, ombor) aniqlash asosi­da shakllantirish;

  • qimmatbaho qog’ozlarning turlari va chiqarilish miqdorini belgilash;

  • depozitariylar, balans schyotlari va mijozning kodi, qimmatbaho qog’ozning kodi, saqlash joyining kodini o’z ichiga oluvchi deposchyotlarni shakllantirish;

  • qimmatbaho qog’ozlar bilan operatsiyalarni baja­rish (hisobga qabul qilish va chiqarish, egasi va saq­lash joyini almashtirish va boshqalar), deposchyotlar bo’yicha ko’chirmalarni tayyorlash;

  • operatsiyalarning kataloglarini olib borish, qimmatbaho qog’ozlar, soliq va tariflarni joylashti­rish, yakuniy hisobotlarni tayyorlash.

Savdoni qo’llab-quvvatlash tizimi sifatida «Birja operatsiyalari» das­turiy-texnologik majmuasini misol keltiramiz. U va­lyuta oldi-sotdiga kontraktlar va buyurtmalarni ro’yhatga olish, valyuta to’lovlari va ko’rsatkichlarining tahlili va nazorati, valyuta savdolarining statistikasini avtomatlashtiradi, hisobot hujjatlari shakllantiriladi.
«Qisqa muddatli davlat obligatsiya bozoridagi ope­ratsiyalar» majmuasi ro’yhatga olishning mustaqil ti­zimi bo’ladi. Unda quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:

  • diler banki, uning mijozlari, bank filiallari uchun ularning rekvizitlari, xizmat ko’rsatish tur­lari, foizli stavkalari bilan deposchyotlarini ochish;

  • qimmatbaho qog’ozlarning oldi-sotdisi, boshqa schyotlarga o’tkazish, qisqa muddatli davlat obligatsiyalar bilan operatsiyalar bo’yicha soliqlarni hisoblab qo’shish operatsiyalarining hisobi;

  • savdolar natijalari bo’yicha qimmatbaho qog’ozlar portfelini qayta baholash, bank va uning mijozlarining daromadlarining hisob-kitoblari;

  • buxgalteriya yozuvlari, operatsiyalar hisobining qayd daftari, schyotlar bo’yicha ko’chirmalar, yig’ma hisobotlarni shakllantirish;

  • qimmatbaho qog’ozlarning daromadligini bir qator ko’rsatkichlar bo’yicha tahlil qilish.

Fond texnologiyalarini avtomatlashtirish darajasi qimmatbaho qog’ozlar bozori ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlari va ehtiyojlari, bozorni rivojlanishini, uning huquqiy asoslari, havf-xatar darajasi, himoyalanganligi va samaradorligining ishonchi bilan belgilanadi.



Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish