Amaliyot korxonasi( at xalq banki) haqida malumot. Xafsizlik qoidalari



Download 0,94 Mb.
bet12/13
Sana24.09.2021
Hajmi0,94 Mb.
#184038
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Norbekov T Sh

Moliyalashtirish shartlari.Bozorga umuman bir xil xususiyatlargaega bir necha obyekt sotuvga chiqarilgan, deb farazqilaylik. Ularning hammasi sotilganidan keyin esa qiymatlari birbiridankatta farq qilgani ma’lum bo‘ldi. Buning eng ehtimolgayaqin sabablaridan biri bitimlarni moliyalashtirish shartlaridagitafovutlardir. Masalan, xaridor katta sotilish narxiga ko‘nishi va bunda bozornikidan pastroq foiz qo‘yilmasi bilan sotuvchidan kreditolishi mumkin.

Sotuv shartlari.Sotuv shartlari uchun tuzatish sotuvchi va xaridoro‘rtasidagi bozorga xos bo‘lmagan munosabatlarni aks ettiradi.Agar sotuvchi mulkni darhol sotishi zarur bo‘lsa, sotuvchiga bosim qilinsa, kelishuv ishtirokchilari o‘rtasida oilaviy, ish yuzasidan yoki moliyaviy aloqa mavjud bo‘lsa, sotuv bozordan pastroq narxda amalga oshirilishi mumkin.

Boshqa tomondan esa, agar xaridor uchun uning umumiy mulkiqiymati sezilarli oshsa yoki sotib olinayotgan mulk unga oila yodgorligi sifatida qadrli bo‘lsa, sotuv bozordan yuqoriroq narxda bajarilishi mumkin.



Bozor ahvoli.Bozor ahvoli uchun tuzatish, avvalo, vaqt o‘tishi bilan yuz beradigan bozor shartlarining o‘zgarishini hisobga oladi.

Inflatsiya va deflatsiya, soliq qonunlari va boshqa qonunlarning,talab va taklif o‘zgarishlari bozor shartlarini o‘zgartiruvchi asosiyomillar hisoblanadi.Bozor shartlari ham umuman, ham mulkning ayrim turlari uchun o‘zgarishi mumkin.

Doimiy jismoniy va iqtisodiy parametrlarga ega bir obyektningqayta sotilishi bozor ahvolining muqobil indikatoridir. Bundayma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda shunday obyektlarning birbozorning o‘zida sotilishini qo‘llash mumkin. Odatda, bozor shartlarining o‘zgarishi avvalgi narxlarning foizlarida o‘lchanadi.

Joylashish o‘rni.Qiyoslash obyektining jug‘rofiy o‘rni baholashobyekti o‘rnidan farq qilgan vaqtda joylashish o‘rni uchun tuzatishtalab qilinadi. Eng soz tarzda tuzatish kattaligi bunday obyektlarningturli joylarda sotilishi tahlilidan hosil qilinadi.Shuning uchunjoylashish o‘rni uchun tuzatish mazkur obyektlar uchun yer qiymatidagi farqni aks ettiradi, deyish mumkin.

Jismoniy xususiyatlar.Deyarli har doim qiyoslash obyektlariningjismoniy xususiyatlari bir-biridan ajralib turadi. Masalan, turlio‘lchovlar, konstruktiv tarkibiy qismlar, materiallar sifati, yemirilish,tashqi ko‘rinishni olaylik. Bunga atrof-muhit holatini, amaliy imkoniyatlar va estetik xususiyatlarni qo‘shimcha qilish mumkin.

Iqtisodiy xususiyatlar.Qiyoslashning ushbu tarkibiy qismini,odatda, daromad keltiruvchi obyektlarga nisbatan ishlatadilar.Sofjoriy daromad miqdoriga ta’sir etadigan joriy xarajatlar, boshqaruvsifati, ijara to‘lovini tushirishlar, ijara shartlari, muddatlari vaboshqalar iqtisodiy xususiyatlar sanaladi. Mulk huquqlari va bozor shartlarini iqtisodiy xususiyatlar qatoriga kiritishdan juda ehtiyot bo‘lishzarur.

Foydalanish.Qiyoslash obyektlari tanlangan vaqtda sotuvdan so‘ng baholash obyekti kabi ishlatilmaydiganlaridan voz kechish lozim. Masalan, sport zali sotuvdan so‘ng yopiq avtomobillarto‘xtash joyi sifatida ishlatiladi. Bunday holda sotilish narxi sportmajmuasining bozor qiymatidan yuqoriroq bo‘lishi mumkin.Baholash obyektidan ehtimolli foydalanishni aniqlash uchunmahalliy zonalashtirish me’yorlariga tayangan ma’qul. Agar ikkitaobyekt ularning bir xilda ishlatilishini istisno etadigan turli zonalarda joylashgan bo‘lsa, ularni qiyoslanuvchilar sifatida muhokama etib bo‘lmaydi.

10-son MBMS da keltirilganidek:

Baholash obyekti qiymatini aniqlashda qiyosiy yondashuvdan foydalanish uchun baholovchi kamida uchta analogni tanlab olishi lozim. Taqqoslash analoglarini tanlash uchun asosiy mezon baholash obyektiga o‘xshash bo‘lgan eng samarali foydalanishdir.

Baholash obyekti qiymatini sotuvlarni taqqoslash usuli bilan baholashda taqqoslash birligini tanlash, qoida tariqasida, ko‘chmas mulk tipi bilan belgilanadi.

Baholovchi qaysi taqqoslash elementi bo‘yicha analog va baholash obyekti o‘rtasidagi farqni aniqlagan bo‘lsa, shu taqqoslash elementi analogining narxiga tuzatishlar kiritadi.

Topshiriladigan mulkiy huquqlarga tuzatishlarni hisoblash uchun analog daromadining manbalari, tuzilishi va uni ijaraga berish shartlari haqida axborot mavjud bo‘lishi lozim.

Moliyalashtirish shartlariga qarab tuzatishlar kiritish analog bilan bitimlar tuzishda baholash obyektiga nisbatan kreditlash sxemalari va haq to‘lash shakllarida farqlar mavjud bo‘lgan holda amalga oshiriladi.

Sotuv shartlariga qarab kiritiladigan tuzatishlar xaridor va sotuvchi o‘zaro munosabatlarining tahlili asosida aniqlanadi.

Fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritishda obyektning uning daromadiga ta’sir etadigan tavsiflari, chunonchi: foydalanish xarajatlari, boshqarish sifati, ijarachilarning ishonchliligi, ijara narxidagi chegirmalar, ijara shartnomasi shartlari, ijara shartnomasi tugaydigan muddat, ijarani uzaytirish variantlari o‘rganiladi.

Foydalanish turiga qarab tuzatish kiritish analog sifatida baholash obyekti bilan muvofiq kelmaydigan eng samarali foydalanishli obyekt tanlangan holda qo‘llaniladi.

Agar analog qiymatiga ko‘chmas mulk hisoblanmaydigan komponentlar (masalan, biznes uchun asbob-uskunalar, mebel) kiritilgan bo‘lsa, ularning qiymati analog qiymatidan chegirib tashlanishi lozim.

Analoglar soni bilan tuzatishlar kiritish amalga oshirilayotgan taqqoslash elementlarining nisbatiga doir mavjud axborotga qarab, baholovchi tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy va sifatga oid usullarini qo‘llaydi.

Taqqoslash elementiga qarab kiritiladigan tuzatishni mazkur elementga ko‘ra farq qiladigan ikki obyektni taqqoslash yo‘li bilan aniqlash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar juftligini tahlil qilish usuli;

Agar analoglar soni analoglarni birlikka ko‘paytirilgan baholash obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan ko‘proq yoki unga teng bo‘lsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:

-vaqt yoki joy belgisiga ko‘ra qiymat o‘zgarishining statistik qonuniyatlarini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni sotuv narxi yoki joylashgan yer kabi o‘zgaruvchilar bo‘yicha guruhlashni nazarda tutadigan ma’lumotlar guruhlarini tahlil qilish usuli;

-chiziqli tenglamalar sistemalarini matritsa sifatida echishga asoslangan chiziqli algebra usuli;

-ko‘chmas mulk obyektlarini korrelatsion-regression yoki klasterli tahlil yordamida baholash usulini analoglar soni taqqoslash elementlari sonidan besh baravar ko‘proq bo‘lgan holda qo‘llash maqsadga muvofiqdir;

-grafik tahlil usuli, bunda baholovchi narxlarning o‘zgarish grafiklari tahlili asosida qiymatning o‘zgarish xususiyati haqida xulosalar chiqaradi;

-xarajatlarni tahlil qilish usuli. U analogning texnik yoki huquqiy tavsiflarini baholash obyektiga keltirish uchun mazkur analogga nisbatan qilinishi lozim bo‘lgan xarajatlar haqidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslanadi. Bunda, tuzatishlar o‘rtacha bozor ko‘rsatkichlariga muvofiq kelishi lozim;

-ko‘chmas mulk bo‘yicha ixtisoslashgan nashrlarda keltirilgan tavsiyalarga asoslangan ikkilamchi ma’lumotlarni tahlil qilish usuli;

-baholash obyekti bilan taqqoslaganda analogning kamchiliklari yoki afzalliklari bilan belgilangan ijara stavkalaridagi tafovutni kapitallashtirish yo‘li bilan tuzatishlarni hisoblashga asoslangan ijara farqlarini kapitallashtirish usuli.

Agar analoglar soni analoglarni birlikka ko‘paytirilgan baholash obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qo‘llanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan kamroq bo‘lsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning sifatga oid usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:

-analoglar narxlarining o‘sib yoki kamayib boruvchi qatorida baholash obyektining o‘rnini aniqlash maqsadida baholash obyekti va analoglarning qiyosiyligi tahliliga asoslangan nisbiy qiyosiy tahlil usuli;

-baholovchining yoki jalb qilingan mutaxassislarning baholash obyekti va analoglar xususidagi subyektiv fikriga asoslangan ekspertiza yo‘li bilan baholash usuli.

Baholash obyektini baholash uchun qo‘llaniladigan tuzatishlarni hisoblash usullarining turlari va sonini tanlash baholovchining vakolatiga kiradi va baholash to‘g‘risidagi hisobotda baholovchi tomonidan asoslantirilishi lozim.

Quyida keltirilgan tayyor avtomashina hisobotida xarajatli yondashuvdan foydalanilgan, qolgan ikki qiyosiy hamda daromadga oid yondashuvlar qo’llanilmagan.



3-jadvsl. Avtotransport vositasini baholashning yakuniy natijasi3



Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, ushbu amaliyot davomida bank qanday tizimda ishlashi, qanday bo’limlari borligi, o’zim amaliyot o’tagan bo’lim ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishdim. Shu bilan birga institutda o’qituvchilardan olgan nazariy bilimlarimni amaliyot rahbarim bilan amaliyotda qo’llab kelajakda kerak bo’ladigan bilimlarni yanada mustahkamladim.Mazkur amaliyotni barcha qonun-qoidalar va nizomlar doirasida ishlab chiqilgan tanishuv amaliyot dasturiga amal qilgan holda o’tadim. Menga yuklatilgan vazifalarni o’z vaqtida va sifatli tarzda qilishga harakat qildim.

Amaliyotiningmaqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarnibajardim:

- nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko’nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo’yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;

-sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;

- amaliyot o’tashda zaruriy materiallar to’plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;

- amaliyot o’tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qildim va omilli bog’liqlikda xulosalar chiqardim;

-amaliyot o’tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyordim va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetdim.

Bankning mijorlar oldidagi majburiyatlarini o’rgandim. Mijozlar bilan qanday ishlashni, ularga yaratilgan qulayliklarni ularga qay tarzda yetkazishni amaliyotda o’rgandim.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish