QDPI Fizika-matematika fakulteti MO'M yo’nalishi 4- kurs talabasi Sharofiddinova Dilnozaxonning yakuniy amaliyotida
amalga oshirgan ishlari bo’yicha
AMALIYOT HISOBOTI
Fevral, 2021 yil - May, 202l yil
MA’SUL О’QITUVCHI : G. Rasulova
2021 у
HISOBOT MAZMUNI:
Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Bajarilgan ishlar
O'quv ishlari.
Ma’naviy - marifiy ishlar.
Xulosa va takliflar
1. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab binosi ma'muriy xonalardan tashqari 48 ta xonali. Bino 4 ta korpus va sport zalidan taslikil topgan.
Maktabning barcha pedagog xodimlari o'quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.
Maktab xonalari hali ham qo'shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.
Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiadalarida nufuzli o'rinlarni olib kelishgan.
09.02.2021-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomida nafaqat o'quv, balki. ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o'rganib chiqdim.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O'quv ishlari:
ta’lim muassasasiga kelishim bilan loji boricha dars jarayonining bir daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Institutda o'qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
Ustozlarimiz aytganidek, pedagogik amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilarim yordamlari katta bo’ldi. Ish reja tuzish tartibini o'rgatishdi (2021 у ________ ga qadar qaysi mavzular o'tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o'tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, II chorak oxiri o'quvchilarning ta'tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi, hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etishdi).
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o'rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg'u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo'lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
O’IBDO’ M. Omonova avnan shu sinflarga dars o'tishingiz mumkin yoki o'ta olasiz, deb sinf ajratib bermadi. Istagan sinfimga kirishimga imkoniyat yaratib berishdi Dars o'tmoqchi bo'lgan mavzularim uchun o'zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o'tdim.
Matematika fani o’qituvchilari amaliyotim davomida mendan yordamlarini ayamadilar. Amaliyot davomida o’qituvchilarning darslarini kuzatib, ulardan juda ko’p metodlarni o’rgandim.
2.2. Ma’naviy-marifiy ishlar :
Maktab amaliyot davri mobaynida juda ko’p bayram va tadbirlar bo’lib o’tdi, ularning barchasi juda qiziqarli va go’zal ko’rinishda о’tdi, men ham albatta chetda qarab turmadim. 8-mart ayollar bayrami va Navro'z bayramlarini tashkillashda yordam berdim va qatnashib birgalikda ajoyib tadbirlar o'tkazdik. Adiblar va ota-bobokalonlarimizning tavallud ayyomlarida xam juda chiroyli devoriy gazetalarni menga ajratilgan sinf bilan birgalikda chizib devorlarga ildik.
Navro’z bayramida ham sinfimiz uchun ajratilgan yer maydoniga o’quvchi va o’qituvchilarimiz bilan birgalikda atirgullar va xarxil mevali daraxtlar ko’chatlarini ekdik. Bu bilan men maktab jamoasi bilan birga bir axil oila kabi mehnat qilishni o'rgandim.
III. Xulosa va takliflar.
Xulosa
Pedagogik amaliyot haqida xulosam shuki, o’rganilgan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunda tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o'qishning o'zi kamlik qiladi. Bo'lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o'quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi.
Mening fikrimcha, Oliy ta'limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo'yayotgan o'qituvchi uchun ikki oylik pedagogik amaliyot kamlik qilar ekan.
Amaliyotchi: D.Sharofiddinova
Do'stlaringiz bilan baham: |