1
2
AMALIYOT DAFTARINI YURITISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR:
1.
Ushbu kundalik daftar talabalar va amaliyot rahbarlarining faoliyatini tartibga
soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
2.
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-3-4-bosqich talabalari uchun
haftalik o‘quv mashg‘ulotlari 4+2-tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim
muassasalarida 2 kuni makatabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik
litseylar, kasb-hunar maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida
olib boriladi hamda amaliyotchi tomonidan o‘quv reja va dastur asosida kundalik
to‘ldiriladi.
3.
Amaliyot kundaligi ta’lim yo‘nalishining malaka talablariga va o‘quv
(ishchi o‘quv) rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos
xususiyatlarini, shuningdek, fan va ishlab chiqarishning so‘nggi yutuqlarini inobatga olishi
kerak. Kundalikdagi yozuvlar amaliyot ishchi dasturi, uning davomiyligi va belgilangan
topshiriqqa mos kelishi shart.
4.
Talaba amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi va
amaliyot daftarida qayd qilib borishi lozim. Amaliyot dasturida nazarda tutilgan barcha
topshiriqlarni reja-jadvaliga muvofiq to‘liq hajmda, sifatli bajarishi, amaliyot kundaligini
har kuni tartibli yuritib borishi shart.
5.
Amaliyot davrida amaliyot rahbari quyidagilarni belgilangan muddatlariga
rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot reja-jadvali asosida va dasturi bajarilishini hamda
kundalikning har kunlik to‘ldirishining nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko‘rsatish
ishlarini, zarur hollarda talabalarning amaliyot o‘tash joylariga borib kuzatish yo‘li bilan
amalga oshiradi. Talaba amaliyotni o‘tash davrida tashkilot hamda universitetdan
ayinlangan amaliyot rahbarlari tomonidan kundalikning har kunligini tasdiqlatib boradi.
6.
Talaba amaliyot davrida bajargan ishlari va kundalik yozuvlari asosida
xulosaviy hisobotni tayyorlashi, amaliyot daftarida qayd etishi va shu bo‘yicha taqdimot
tayyorlashi lozim, talaba amaliyotini baholash jarayoni tegishli kafedralarda o‘tkaziladi.
Baholash jarayonida o‘quv-uslubiy boshqarma (bo‘lim) vakili, fakultet dekani, tegishli
kafedra mudiri hamda qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari ishtirok
etishi mumkin.
7.
Amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli sabablarsiz
amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida oliy ta’lim muassasasi rektori
(direktori) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
8.
Amaliyot natijasi bo‘yicha qo‘yilgan baho talabaning kursdan kursga
o‘tishida hisobga olinadi. Amaliyot daftaridagi barcha kundalik yozuvlar va hisobot qo‘lda
yozilgan bo‘lishi va chizmalar barcha qoidalarga amal qilgan holda chizilishi lozim.
9.
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda amaliyot dasturi bo‘yicha
tayyorlagan hisobotini hamda qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan rahbar imzolagan
kundalik bilan birga mutaxassislik yo‘nalishidan tayinlangan rahbarga kafedra yig‘ilishi
bayonida belgilangan muddatlarda topshiradi. Amaliyotchi tayyorlagan hisoboti yuzasidan
taqdimoti ijobiy baholansa va amaliyot daftari mutaxassislik yo‘nalishi tomonidan
tayinlangan amaliyot rahbarlariga topshirgandan so‘ng amaliyotni o‘tagan hisoblanadi.
3
2-shakl
“Tasdiqlayman”
Fakultet dekani____________
________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |