Amaliy topishiriq
11-variant (jurnal nomeri bo’yicha)
11. Berilgan formulani (YOKI-EMAS) mantiqiy sxemalar orqali ifodalang (Workbench dasturi yordamida).
.
X1=A ; X2=B ; X3=C ; deb belgilash kiritib olamiz
A =A+B’ formulaga asosan
C+B+A+C’+A’+B+B ifoda kelib chiqadi
Savollarga javoblar
Kompyuter arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini loyihalashda, Bul algebrasi qoidalaridan foydalaniladi. 2-rasmda hozirgi kompyuter sxemalarini tashkil qiluvchi va Bul algebrasining oddiy funksiyalari hisoblangan, mantiqiy ko‘paytirish – И (AND), mantiqiy qo‘shish – ИЛИ (OR) va inkorlash – НЕ (NOT) funksiyalarini bajaruvchi elementlar va ularning haqiqat jadvallari keltirilgan.
Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar beriladi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 0-ga 0 dan 1V-gacha bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 1-ga esa 2 dan 5V-gacha bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi.
Yuqoridagi va keyingi rasmlarda keltirilgan oddiy mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi juda kichik elektron qurilmalar – ventillar deb ataladi. Ventillar - tranzistorlar asosida quriladi.
НЕ (NOT) - inkorlash amalini bajaruvchi elementning sxemasi tarkibida, bipolyar tranzistor qo‘llanilgan. Tranzistor tashqi muhit bilan bog‘lana oladigan uchta ulanish nuqtalariga ega, ular – kollektor, baza va emitter deb nomlanadi.
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan sxemalar – uchta oddiy ventillarni tashkil etadi. Ular mos ravishda НЕ, НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillari deb ataladilar. Ushbu ventillarning chiqishidagi kichik aylanacha esa, inkorlovchi chiqish deb ataladi. Chizmalardagi A va B-lar kirish signallari, X esa chiqish signalidir.
Beshta - И, ИЛИ, НЕ, НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillar, kompyuter arxitekturasi raqamli mantiqiy sathining asosini tashkil etadi. Bu yerda muhim bo‘lgan jihatlardan birini ta’
kidlab o‘tamiz. НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillarida – ikkitadan, И va ИЛИ ventillarida uchtadan tranzistorlar ishlatilgan. Shu sababli ko‘pgina kompyuterlarda НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillaridan asosiy – bazaviy elementlar sifatida foydalaniladi. И, ИЛИ va boshqa mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar Н-Е-И va НЕ-ИЛИ ventillari asosida yig‘iladi
n-ta o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan, bul funksiyasi o‘zgaruvchilarining mavjud kombinatsiyalari soni 2n-taga teng bo‘ladi.
Kompyuterlarda mantiqiy sxemalarni amalga oshiruvchi integral sxemalar – НЕ-И va НЕ-ИЛИ bazislari asosida ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |