Amaliy Psixologiya



Download 18,22 Mb.
Sana04.07.2022
Hajmi18,22 Mb.
#739176
Bog'liq
eksperimental psixologiya Mamtqulova Dilshoda


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedogogika Universiteti " Amaliy Psixologiya" fakulteti 202- guruh talabasi Mamatqulova Dilshodaning Eksperimental Psixologiya va praktikum fanidan tayyorlagan taqdimoti.
Mavzu:Yosh va jins xususiyatlari faollikdagi ixtiyorilikga ta’siri
O`smirlik davri haqida tushuncha
O`smir organizmida ro`y beradigan o`zgarishlar
O`smirlik avtonomiyalari
Jinsiy balog`atga yetish
Jinsiy balog`atni erta yoki kech yuzaga kelish xususiyatlari
O`smir qizlarda kuzatiladigan o`zgarishlar
O`smir o`g`il bolalarda kuzatiladigan o`zgarishlar
O`smirlarda do`stlik, yoqtirish, sevgi hislari
O`smirlik davri insonni bolalikdan yoshlikka o`tuvchi va o`z navbatida boshqa davrlardan o`zining nisbatan keskinroq, murakkabroq kechishi bilan farqlanib turuvchi davrdir. Bu davr taxminan bolalarning 5-8-sinflarda o`qish paytlariga to`g`ri keladi va 11-12 yoshdan 14-15 yoshgacha bo`lgan davr oralig`ida kechadi. Ayrim bolalarda bu davr 1-2 yil ertaroq yoki kechroq kuzatilishi ham mumkin.
O`smirlik davri ayrim maxsus psixologik adabiyotlarda «o`tish davri», «og`ir davr», «inqiroz davri» kabi nomlar bilan ham ataladi. Bu davrning «og`irligi», «keskinligi», «murakkabligi» nimalar bilan asoslanadi?
O`smirlik davrining og`ir, murakkab davr ekanligi ko`plab psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog`liq. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, ijtimoiy va shu kabilarning mazmun mohiyati ham o`zgaradi. Bu davrda o`smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ladi. Aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qaramaqarshi bo`lgan turli xil an`analar kuzatiladi. Bu davrga kelib bola endi «bola» emas va shu bilan birga hali «katta» ham emas. Uning o`z-o`ziga va atrofdagilarga nisbatan bo`lgan munosabatlari butunlay boshqacha xarakter kashf etib boradi.
O`smir organizmida ro`y beradigan o`zgarishlar shundan iboratki, bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi borasida tub o`zgarishlar amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog`atga yetish jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin sistemasining o`zgarishi bilan boshlanadi. Bu davrda gipofiz bezining vazifalari faollashadi.
bo`y o`sishining keskin tezlashishi (bir yilda o`g`il bolalarda 4-5 sm, qizlarda 3-4 sm o`sishi kuzatiladi), jinsiy balog`atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo`lishi amalga oshadi. Bu jarayonlar qiz bolalarda 13-15 yoshlarda nisbatan jadal kechadi. Jismoniy rivojlanish va jinsiy yetilishning akseleratsiyalashuvi kuzatilayotgan hozirgi vaqtda ayrim qizlar 9-10 yoshda, o`g`il bolalar esa 11-12 yoshlarida jinsiy balog`atga yetishning boshlanish bosqichida bo`lishi mumkin.
Shuningdek, o`smirlik davrida ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog`liq ravishda organizmda keskin o`zgarishlar ro`y beradi. Ayniqsa qalqonsimon bez va jinsiy bezlar ajratib chiqaradigan gormonlar organizmda modda almashinishining katalizatori vazifasini bajaradi. Chunki endokrin va nerv sistemalari bir-biriga uzviy bog`liqdir. Shunga ko`ra o`smirlik davri bir tomondan quvvatning keskin ortishi va ikkinchi tomondan patogen ta`sirlarga o`ta sezgirligi bilan xarakterlanadi.
Shuning uchun aqliy yoki jismoniy ortiqcha toliqish, uzoq muddatli asabiy zo`riqish, affektlar, kuchli salbiy hissiyotlar (qo`rqish, g`azab, xafagarchilik) endokrin buzilishlarga ( menstrual siklning vaqtincha buzilishiga) va nerv sistemasi vazifasining buzilishiga sabab bo`lishi mumkin. Bunday buzilishlar ta`sirlanuvchanlikning ortishi, o`zini tuta bilmaslik, parishonxotirlik, ishda mahsuldorlikning pasayishi, uyquning buzilishi kabilarda namoyon bo`ladi.
Ma`lumki, o`smirlik davrida o`smirning «men»i qaytadan shakllana boradi. Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o`z-o`ziga bo`lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo`nalishi keskin o`zgaradi. Uning o`z shaxsiga bo`lgan e`tibori kuchayadi. O`smirlik davrida shaxs egotsentrizmi boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o`smir o`z shaxsiyatini boshqalardan ustun qo`yadigan, o`ziga ko`proq bino qo`yadigan bo`lib qoladi. Shu davrda o`g`il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom ma`noda o`zining xatti-harakatini nazorat qilish, o`zining yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko`rinishiga astoydil e`tibor berish, pardoz-andoz bilan shug`ullanish kabi holatlar kuzatiladi.
Do`stlar bilan suhbatlashuv gohida shunchalik yoqimli va muhim bo`ladiki, qarindoshlar bilan bunchalik zavqli bo`lmasligi mumkin. Chunki bu davrda yaqin, tushunadigan kishi bilan dardlashish, sirlashish ehtiyoji yuqori bo`ladi. Shuning uchun bu davrda har bir o`smirning orzusi chin do`st topish va unga ham do`st bo`lishdir. Unda bu davrda do`stlarga muhtojlik ehtiyoji yuzaga keladi, o`z his-tuyg`ulari va muammolarini o`rtoqlashmoqchidek ko`rinadi va haqiqatan ham bunga intiladi. Psixolog tili bilan aytganda, do`st bu «alter Ego», ya`ni ikkinchi «Men» bo`lib, u o`sha paytdagi «Men» ning bir qismi sifatida idrok qilinadi.
Tanadagi bo`layotgan o`zgarishlar va jinsiy rivojlanish mobaynida yigit va qizlarning o`zaro qiziqishi kuchayadi va bu kuchayish yoqtirish, sevgi tarzida ham namoyon bo`ladi. Agar do`stlik o`zaro bir-birini tushunishga asoslangan o`zaro munosabatlar ko`rinishi bo`lsa, sevgi esa qalblar yaqinligiga asoslangan va his-tuyg`ularining namoyon bo`lishining muhim alomatidir.
Sevgi bu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevimli bo`la olishdir. Shu sababdan o`smirlar uchun bu hissiyotning borligi juda katta ahamiyatga egadir. O`smirlar bir-biriga mehr qo`yishganda asosan tanlagan odamlarining tashqi ko`rinishlari, aqliy imkoniyatlari va obro`lariga e`tibor beradilar.
Please insert title here
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view.
Please insert title here
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view.
Please insert title here
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view.
Please insert title here
Click here to add content of the text,and briefly explain your point of view.
Enter title
E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 18,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish