2.2. Emotsiyani o‘rganish metodlari
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko‘p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos - zo‘riqish, urg‘u berish ma`nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere — qo‘zg‘atish, hayajonlanish demakdir), affektlar (lotincha affectus - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma`nosini anglatadi), stress (inglizcha stress - zo‘riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasawur berish imkoniya-tiga ega. Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo‘lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. His-tuyg‘ular kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Emotsiyalarning shaxs shakllanishidagi o‘rni.
Ma’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. Shu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi. Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi. Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi. Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.
Emotsiyalar va insonning xronologik yoshi.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi. Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni yengish zavq uyg‘otadi.
Odamda oliy ijtimoiy ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot deb ataladi. Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Hissiyot — shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlardan kelib chiqadigan kechinmalari. Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida teva-rak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik gurmushda va ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi. Kun-dalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga sezgilar, anglan-magan mayllar, xohishlar, tilaklar, talablar, maqsadlar atamalaridan foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi narsalarga, kishilarga nisbatan oʻz munosabatini miyasida aks ettirish maʼnosida qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda ishlatilish holatlari ham uchrab turadi.
Emotsiyalarning tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi va ular quyidagilar: emotsiyalar nafas olish a’zolarining ishlarida o‘zgarish yasaydi; emotsiya imo – ishoralarda, mimikada, ya’ni kishining yuzida bo‘ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma’nodor harakatlarida ko‘rinadi; gumoral harakatlardagi, ya’ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o‘zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo‘ladigan yanada chuqur o‘zgarishlarni o‘z tarkibiga oladi.
Hissiyot aksariyat hollarda ruhiy jarayonning o‘ziga xos ko‘rinish sifatida faqat emotsional shaklda vujudga keladi. Shu o‘rinda hissiyot o‘zicha emas, balki bilishga intilayotgan, uni egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, hodisalar va harakatlarning alohida alohida xossasi, xususiyati ma’nosida gavdalanadi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, ko‘rish, eshitish, hidlash, kinestetik (harakat) sezgi hamda idrokka taalluqli hissiyot muhim ahamiyatga ega. Masalan, xonalar, 54 ish joyi, transport vositalarining rangi taassurotidan vujudga kelgan yoqimli yoki yoqimsiz hissiyot mehnat samaradorligiga, xizmatchilarning kayfiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Xotirjamlik, yoqimli musiqa, shaxslararo iliq munosabatlar, muomala, ahillik muvaffaqiyat kafolati, ijtimoiy taraqqiyot omili hisoblanadi. Emotsiya. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki, qisqacha aytganda, emotsiya hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biri. Emotsiya u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iborat.
Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, XXI asrda inson va uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z imkoniyatlari xususida qayg‘urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
Amaliy psixolog o‘z kasbiy potensialini to‘liq yuzaga keltirishi uchun u shaxsiy resurslarini to‘ldirishni, psixodiagnostik ish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yuksak darajaga olib chiqishlari talab qilinadi.
Talabalar amaliy psixologiyaning sohalaridan biri bo‘lmish Umumiy psixodiagnostika fani bo‘yicha chuqur va mukammal bilimlarga ega bo‘lishlari shuningdek, shaxs, intellekt, shaxslararo munosabatlar, bilish jarayonlari diagnostikasi hamda proektiv metodikalar bo‘yicha bilimlar majmuasini qo‘lga kiritishlarini, fanning nazariy hamda amaliy asoslari bilan tanishtirish, ularda diagnostik tekshiruv, ijtimoiy psixologik tadqiqot o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda psixodiagnostika metodikalarini ishlab chiqish, tadbiq qilish va olingan natijalarni talqin qilishga doir tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish dolzarb muammo hisoblanib, bo‘lajak mutaxassislarga psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqishning psixometrik talablarni bilishlarini, psixologik testlashtirish sohalari va psixodiagnostik metodikalarni qo‘llanish istiqbollari to‘g‘risida tushuncha berish talab qilinadi.
Bu ishlarning barchalarida psixodiagnostikada kompyuterlarning qo‘llanilishi psixologik eksperimentning sifatini, olingan natijalarning ob’ektivligini oshirishi, natijalarni qayta ishlashning tezligi va aniqligini ta’minlashi, shu asosda psixodiagnostik natijalardan klinik sharoitlarda tezkor foydalanish, o‘quv jarayonida individual yondashishni amalga oshirish, qisqa vaqt oralig‘ida bolalar va katta kishilarning aqliy rivojlanganlik darajasini baholash ularning kasbga qobiliyatlarini aniqlash imkonini berishini qayd qilish lozim.
Haqiqatdan ham diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirish, standartlashtirish ularning ommaviyligini ta’minlaydi, tekshiriluvchiga eksperimentator shaxsining va test o‘tkazish sharoitining o‘zgaruvchanligi ta’sirini kamaytirish hisobiga natijalarning ob’ektivligi va ishonchliligini oshiradi. YUqori darajada esa natijalar sifat jihatdan tahlil qilinadi va kompyuter yordamida interpretatsiya qilinadi.
Kompyuterlashtirilgan diagnostikaning ustunlik tomonlari uning o‘ziga xos metodikalarni ishlab chiqish muammosini qo‘yadi. Bu borada echilmagan juda ko‘p masalalar mavjud. SHunday masalalardan biri qo‘llanilib kelayotgan, o‘zining samaradorligini amalda isbotlagan metodikalarni kompyuterlashtirishdir. SHu sababli an’anaviy va avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) metodikalarning natijalarini taqqoslashga doir tadqiqotlar o‘tkazish juda muhim.
Kompyuterlashtirilgan diagnostikaning ustunlik va bir qator chegaralanganligini tahlil qila turib shuni aytish mumkinki, to‘g‘ri tashkil qilingan holda (kompyuterda ishlashga oldindan o‘rgatish, kiritilgan javobni to‘g‘rilash imkonini berish, alohida vazifalarni tashlab ketish imkoniyati va h.k.) an’anaviy va kompyuterlashtirilgan (avtomatlashtirilgan) metodikalar natijalari orasida yuqori korrelyasiya mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |