Shvetsiya soliq tizimining o’ziga xosligi
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ulardagi ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish va bir vaqtning o‘zida soliqsiz daromadlar hajmini oshirish borasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida boy tajriba to‘plangan. XX asrning 90-yillari boshlariga kelib, xususiylashtirish Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya va Avstriyada hukumat iqtisodiy siyosatining asosiga aylandi. Buning asosiy sababi bo‘lib, mana shu davrda davlat korxonalarining moliyaviy holatini keskin yomonlashgani kuzatilgan edi.
A.Lafferning fikriga ko‘ra, agar muvaffaqiyatli ishlayotgan bozor yuqori va progressiv soliqlar shaklidagi tobora kuchayib borayotgan diskriminatsiyaga duch kelsa, u holda xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy faolligi pasayadi. Soliq stavkalarining o‘sishi o‘zlarining ma’lum darajasigacha soliq tushumlarining o‘sishini rag‘batlantiradi, keyin esa bu o‘sish sekinlashadi va pirovard natijada, davlat budjeti daromadlarini keskin tarzda kamayishi yuz beradi. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan soliq tizimlarini shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin:
1) amerikacha soliq tizimi;
2) shvedcha soliq tizimi.
Soliq tizimining Amerika modeli tadbirkorlarga soliq tazyiqining minimal darajasiga asoslanadi. Ammo bunda tadbirkorlarning ixtiyorida ishlab chiqarishni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan sezilarli darajadagi mablag‘lar qoladi. Shvetsiyada soliqlar darajasi Yevropadagi boshqa davlatlardagi soliqlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori, ammo Shvetsiyada aholini ijtimoiy himoyalash tizimining dunyodagi eng barqaror turi mavjuddir. Ayni vaqtda, shuni e’tirof etish lozimki, Shvetsiyada keyingi vaqtlarda soliq yukining og‘irligi tufayli salbiy iqtisodiy holatlarning yuzaga kelayotganligi bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda Shvetsiyada ishlab chiqaruvchilar soliq yukining og‘irligi hisobidan ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish va milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash masalasi muvaffaqiyatli tarzda hal etilmoqda, ammo ishlab chiqaruvchilarning mehnatdan manfaatdorligining pasayayotganligi, kapitalning mamlakatdan chiqib ketish jarayonlari kuchayayotganligi sezilmoqda.
Qator rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq amaliyotidagi holatlar shuni tasdiqlaydiki, masalan, Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari juda keng tarqalgan bo‘lib, bu pirovard natijada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash miqyosini yalpi milliy mahsulotning 2 foizini tashkil etadigan darajada kengayishiga olib keldi1. Shvetsiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning darajasi yalpi milliy mahsulotning 5 foizini tashkil etadi. Bunda soliq yukini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy soliqlar bo‘lib qo‘shilgan qiymat solig‘i va korxonalar foydasidan olinadigan soliq hisoblanadi, Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Q. Yahyoev. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. G’.G’ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti. Toshkent, 2000 y.
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Toshkent-2008 y.
O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjet parametrlari. PQ-2900-son qarori. Toshkent-2013 y.
A. Yuldashev. Soliq va soliqqa tortish. O’quv qo’llanmasi. Toshkent-2007 y.
O. Abduqahhorov, A. Karimov. O’zbekistonda soliq tizimining asoslari. Namangan, 2001 y.
Abdurahmonov O. Xorijiy mamlakatlarda soliq tizimlari. O‘quv qo‘llanmasi. – T.: TDIU nashr., 2003.
Vahobov A., Sirojiddinova Z. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti. – Toshkent: Moliya, 2001. – 174-b.
Zavalishina I.A. Soliqlar: nazariya va amaliyot. / «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyot uyi, 2005 .— 544-b.
Malikov T. Soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – T.: 2000. – 76 b.
Jo‘rayev A., Meyliyev O., Safarov ¢. Soliq nazariyasi — T.: TMI, 2004. — 210 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |