Soliqqa tortish fanining predmeti
Soliq solish predmeti (atama mazmuniga ko`ra soliq solish obyektiga yaqin) — bu tegishli soliqning undirilishini asoslab beruvchi daliliy xususiyatdagi belgilardir. Masalan, uy, kvartira kabi mol-mulk uchun mulk-chilik huquqi obyekti bo`Iadi, uy yoki kvartiraning o`zi esa soliq solish predmeti hisoblanadi va h.k.
Soliqqa tortish predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi.
Har qanday fan o`zining predmetiga ega bo`lishi kerak. Soliq va soliqqa tortish fanining predmeti soliq harakatini o`rganishdir. Soliqqa tortishda soliq mexanizmi ishga solinadi. Uning harakatlanishi pul munosabatlari orqali sodir bo`ladi. Bu pul munosabatlari soliq to`lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) bilan soliq undiruvchi (oluvchi) davlat o`rtasida bo`ladi. Fanning vazifasi mazkur munosabatlarni chuqur o`rganish, ularni to`g`ri tashkil etilishini ta'minlashdir. To`g`ri tashkil etish deganda, soliq munosabatlarida qatnashuvchi tomonlaming iqtisodiy manfaatlarini inobatga olgan holda iqtisodiy munosabatlarni tashkil qilish tushuniladi.
Shu o‘rinda soliqqa tortish predmeti, soliq obyekti va soliq manbayini farqlash va ularning mohiyatini ochib berish uchun aniq soliq turi bo‘yicha ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. Yer solig‘i bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, uning soliqqa tortish predmeti bo‘lib, yer uchastkasi maydoni, unga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘lsa soliq obyekti paydo bo‘ladi va ushbu yer solig‘i qaysi manba hisobidan davlat budjetiga to‘lansa, masalan, yerdan turli xil ko‘rinishda foydalanish natijasida olinadigan daromad uning manbayi hisoblanadi. Demak, soliqqa tortish predmeti o‘zo‘zidan kimdadir soliq to‘lash majburiyatini vujudga keltirmaydi. Misolimizga qaytadigan bo‘lsak, yerga bo‘lgan huquqni joylardagi mahalliy hokimiyat organlari beradi va shu bilan birgalikda yerdan foydalanuvchida soliq to‘lash majburiyati vujudga keladi, chunki unda ushbu yer uchastkasidan foydalanish huquqi mavjud. Demak, soliq predmetiga kimning egalik qilish huquqi mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, u soliq munosabatlarida soliq subyekti sifatida ishtirok etadi.
Soliqqa tortish obyektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir tovarlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, mol-mulkni berish, (meros, taqdim etish), qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir obyekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |