Adobe Photoshop dasturida instumentlar yordamida maxsus effektlar yaratishnig yo‘llari. Photoshop dasturida yangi mo’yqalam tayyorlash. Ixtiyoriy tasvir tanlab olinadi. Tanlangan tasvirni Photoshop dasturida oching va qora-oq rangga o’tkazish uchun menyudan, Izobrajenie > rejim > cherno-belыe buyrug’ini tanlanadi.
Keyin esa yangi mo’yqalam tayyorlaymiz: Redaktirovanie > Naznachit ustanovki kisti, mo’yqalam nomini yozing,
misol uchun, "gul_1” va saqlab qo’yish uchun OK tugmasini bosing. Shundan so’ng ushbu tasvir mo’yqalamlar qatorida ko’rinadi.
2. Yangi oyna oching. Ctrl+N yoki Fayl >Novыy va quyidagi holatda bo’lishi kerak:1000*500 pixelda qolgan hammasi o’z holatida,
RGB ,72 dpi orqa fon (background) oq rangda va boshqalar…
(Keyinroq ushbu mashqni yaxshiroq tushunish uchun bir qancha shunday holatda yangi fayllar ochamiz).
3. Uskunalar qatoridan Mo’yqalam-Kist (B) uskunani tanlang va mo’yqalamlar oynasidan o’zingiz tayyorlagan mo’yqalamni tanlang.
Keyin xohlagan rangda mo’yqalam bilan chizing:
Bu mo’yqalam tayyorlashning eng oson yo’li edi. Bundan tashqari biz chetlari yumshoq mo’yqalam ham tayyorlashimiz mumkin.
4. Buning uchun dastlabki gul tasviri tushirilgan rasmni tanlaymiz va O’chirg’ich (E) asbobini tanlab, orqa fon rangini tozalab chiqamiz.
5. Keyin Edit > Define Brush Preset va mo’yqalamga nom beramiz misol uchun "gul_2” va OK 6. Yangi oyna ochamiz va mo’yqalam bilan chizamiz.
Endi mo’yqalam moslashni o’rganamiz. Demak dastlab sozlash oynasini chiqarish uchun,
Okno> Kisti (F5) buyrug’ini tanlaymiz. Bu yerda siz bir qancha mo’yqalam bilan ishlashda kerak bo’ladigan buyruqlarni ko’rishingiz mumkin. Ularni bir ko’zdan kechirib chiqamiz.
Bular ichidan "Scattering”ni tanlaymiz va moslaymiz.
Moslab olgach, yangi oyna ochib xohlagan rangda mo’yqalam bilan chizib ko’ramiz.
Ko’rinip turiptiki bu yo’l bilan mo’yqalamda chizilsa tasvir har tomonga sochilib ketyapti.
"Texture”ni moslaymiz va bu yerda mo’yqalam chizish uchun boshqacha sozlasak ham bo’ladi misol uchun, Boshqa teksturani tanlashimiz
yoki biror bir saytdan yuklab olishimiz ham mumkin.
Endi yanada qiziqroq bo’lgan "Dual Brush” buyrug’ini tanlaymiz. Bunda chizilsa, ikki xil tasvir bir-biriga aralashib ketadi.
Demak mo’yqalamlar to’plamidan ikkitasini tanlab chizaveramiz.
Endi "Color Dynamic” nomli harkat turini tanlaymiz. Agar siz mo’yqalam (brush) yoki qalam(pencil) bilan grafiks tablet va stylus tanlasangiz ranglarni
aynan tabiiy holatda ta’sirini yo’qolib borishini kuzatishingiz mumkin.
Buni besh xil yo’l bilan tanlashingiz mumkin: Off, Fade, Pen Pressure, Pen Tilt, va Stylus Wheel. Har birini sinab ko’ring.