ADABIYOTLAR.
1. Ergashev Y. Injenerlik geodeziyasi va gidrogeologiya. Toshkent. O‘qituvchi, 1990.
2. Nazarov M. Z. Muhandislik geologiyasi va atrof muhitni muhofaza qilish.
Toshkent. O‘zbekiston, 1984.
3. “O‘”. Ergashev Y. Injenerlik geologiyasi asoslaridan amaliy mashg‘ulotlar. Toshkent, O‘zbekiston, 1992.
2-AMALIY MASHG‘ULOT
MAGMATIK TOG’ JINSLARI BILAN NAMUNADA TANISHISH VA TAVSIFINI YOZISH.
1. Umumiy ma’lumotlar
Magmatik jinslar. Magma deb ataladigan va yer qaridan ko‘taralib chiqqan suyuq silikatlarning qotish protsessida yuqori temperatura va kuchli bosim sharoitida hosil bo‘ladi.
2.Magmatik tog‘ jinslari asosan ikkita katta gruppaga bo‘linadi:
a). yer po‘stining chuqur joylarida qotib qolgan magma mahsulotlar chuqurdagi, yoki intruziv.
b). yer yuzasiga otilib chiqib qotib qolgan mahsulotlarni esa effuziv jinslar deyiladi.
Magmatik tog‘ jinslari ximiyaviy xarakteristikasi, ularning qanday sharoitda hosil bo‘lganidan qat’iy nazar, magma quyidagi oksidlarning necha protsent borligiga bog‘liq: Sio2; Tio2; Fe2o3; Feo; Cao; Mgo; Na2o; K2o va H2o
Magmatik tog‘ jinslari Sio2 bilan nechog‘lik to‘yinganiga qarab quyidagi gruppalarga bo‘linadi.
1. Nordon jinslar - Sio2 64 - 78%
2. O‘rta jinslar - Sio2 52 - 64%
3. Asosiy jinslar - Sio2 40 - 52%
4. Ultra - asosiy jinslar - Sio2 - 40%
Ma’lumki, magma har xil chuqurliklarda turlicha kristallandi, chunki magmaning kristallanishi, bosimga, temperaturaga va mineralizatorlarga bog’liqdir.
Bosim qancha ko‘p bo‘lsa, magma qancha sekin sovusa, mineralizatorlar qancha ko‘p bo‘lsa, magma shuncha to‘la kristallanadi, chunki shunday sharoit bu murakkab protsess uchun normal vaqt va normal muhit tug‘diradi. Normal sharoitlarda turli minerallarning nuqul yaxshi o‘sgan kristallaridan iborat rosa donador, yaxlit - kristallik jinslar hosil bo‘ladi. Aksincha, atrofdagi muhit temperaturasining past bo‘lishi va magmaning tez sovushi, bosimning past tushib, mineralizatorning magmadan chiqib ketishi kristallanish protsessining normal ketishi uchun yo‘l qo‘ymaydi.
Bunday xollarda vulkan lavalari shishalar hosil bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining xossalari ularning ichki tuzilishi va yer po’stida joylashishiga bog’liq. Shuning uchun xam ularning struktura va teksturasini bilish katta ahamiyatga ega.
Tog‘ jinslarining strukturasi deb ularning ichki tuzilishi, jins tashkil etuvchi mineral zarralarining katta kichikligiga qarab, shakli, miqdori nisbati va bu zarralarning bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishiga aytiladi.
Magmatik jinslar kristallanganlik darajasiga qarab:
1. Donador (to‘liq kristallangan)
2. Chala kristallangan
3. Shishasimon strukturalarga ajratilgan.
Mineral zarralarning katta - kichikligiga qarab quyidagi strukturalarga bo‘linadi:
1. Juda yirik donador struktura kristal zarralarining diametri 10 mm dan ortiq
2. Yirik donador struktura 5-10mm
3. O‘rtacha donador struktura 2-5 mm
4. Mayda donador struktura 1 mm dan kichik.
Effuziv jinslar uchun porfir struktura xarakterdir. Bunday strukturada asos, massa shishasimon bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining teksturasi deb ularni tashkil etuvchi mineral zarralarning jinsda fazoviy joylanishi va jinslarning yaxlitlik darajasiga aytiladi.
Magmatik jinslarda minerallarning joylanishiga ko‘ra quyidagilar teksturalar bo‘ladi:
1. Massiv tekstura-zarrachalari mineral tartibsiz zich joylashadi
2. Yo‘l-yo‘l tekstura – turli tartibli va strukturali qatlamlarni mavjudligi bilan xarakterlanadi.
3. Shlakli tekstura – jins g‘ovaklarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin.
Bulardan tashqari chiziqli, flyudal, sharsimon, taksit teksturalar ham bor.
Har bir jinsning tekstura va strukturasidan tashqari, rangini, uning rangi nimadan paydo bo‘lganini va taxminan bo‘lsa ham nisbiy solishtirma og‘irligini belgilash zarurdir.
Magmatik jinsning rangi uning mineralogik tarkibiga: jinsda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi mineral va siyrak tarqalgan, quyidagi ko‘pincha ikkilamchi tartibda hosil bo‘lgan minerallar aralashmasiga bog‘liqdir.
Jinsning solishtirma og‘irligini loaqal qo‘lda salmoqlab ko‘rish yo‘li bilan taxminan aniqlash ham uni tekshirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Kristallik nordon jins(granit) larning solishtirma og‘irligi 2,5 dan 2,7 gacha, o‘rta jins (diorit)larning solishtirma og‘irligi 2,7dan 2,8 gacha, asosiy jins(bazalet)larning solishtirma og‘irligi 2,9 dan 3,1 gacha, ulg‘tra asosiy jins(peridotit) larning solishtirma og‘irligi 3,1 dan 3,25 gacha bo’ladi.
2-jadval
Magmatik tog‘ jinslarni aniqlash jadvali.
T
/
r
|
Nordonlik
Darajasi
SiO2 %
|
Chuqurlik- dagi (int-ruziv) tog‘ jinslar
|
Otqindi tog‘ jinslari (ef fuziv)
|
Asosiy mineral-lari
|
Rangi
|
Solishtir-ma og‘irligi
|
1.
|
Nordon
(76-64)
|
granit
|
liparit
|
kvars, dala shpatlari smoda
|
Och
|
2,5-2,7
|
2.
|
O‘rtacha
(52-64) %
|
sienit,
diarit
|
traxit,
andezit
|
dala shpati,
biotit platoklaz, avgit
|
kulrang
|
2,7-2,8
|
3.
|
Asosiy
(40-52) %
|
Gabbro
|
bazalt
|
asosiy platoklaz-lar, avgit, olivin
|
qora
|
2,9-3,1
|
4.
|
Ultra asosiy %
|
peridodi-tig, dunit
|
-
|
Avgit, oli-vin, rudali minerallar
|
qora yoki to‘q yashil
|
3,1-3,25
|
Magmatik jinslarni yozish tartibi:
1. Jinslarning strukturasi va teksturasi
2. Rangi, solishtirma og‘irligi
3. Mineralogik tarkibi
4. Nordonlik darajasi, gruppasi
5. Hosil bo‘lish
3-jadval
Asosiy magmatik tog‘ jinslari
Variant
|
Magmatik tog‘ jinslari.
|
1.
|
Granit, porfirit, sienit, andizit, diorit
|
2.
|
Gabbro, vulkanicheskiy tuf, liparit, bazalg‘t, aplit
|
3.
|
Diorit, pemza, obsidian, granit, andezit
|
4.
|
Piroksinit, gabbro, traxit, bazalg‘t, sienit
|
5.
|
dunit, andizit, aplit, peridodit, pemza
|
6.
|
Diabaz, pegmotit, liporit, piroksenit, obsidian
|
7.
|
Bazalg‘t, kvarsovqy porfir, diabaz, granit, gabro
|
8.
|
Kvarsoviy profir, diorit, traxit, bazalt, pemza
|
9.
|
Granit, traxit, dunit, andezit, vulkanicheskoe steklo (obsidion)
|
10.
|
Granodiarit, obsidian, aplit, andezit, sienit
|
11.
|
Granit, pegmatit, andezit, diabaz, bazalt
|
12.
|
Granit, porfir, sienit, gabbro, dunit
|
4-jadval
Magmatik tog‘ jinslarini tasvirlash tartibi.
№
|
Tog‘ jin- si- ning nomi
|
Nor-don-lik dara-jasi
|
SiO2
Miq-dori
%
|
Mi-ne-ral-lar
|
Ran-gi
|
Tek-stu-ra
|
Struktura
|
YOti-shi
|
Xo-sil bo‘-lishi
|
So-lish-tir-ma og‘ir-ligi
|
Ishlatilish joyi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
1.
|
gra-nit
|
Nor-don
|
64-78
|
kvars
dala shpat-lari
slyu-da
|
|
mas- siv
|
dona- dor
|
ba-zalt
|
int-
ru-ziv
|
2.5-2.7
|
Kurish va bezashda ko‘p ishlatiladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |