Yuvenil suvlar (bokira suv) Yer qa’rining katta chuqurligidan va yuqori mantiyadan ajralib chiqadigan bug‘lardan, ehtimol N va O ning dissotsiatsiyalangan (tarkibiy qismlarga ajralgan) atomlaridan hosil bo‘ladi. E. Zyussning (1902) fikricha yuvenil suvning hosil bo‘lishiga magma sovishida ajralib chiqqan bug‘lar yoki gidrat minerallar tarkibidagi kristallizatsion (minerallarning kristall panjarasidagi molekula ko‘rinishidagi) va konstitutsion (minerallarning kristall panjarasida ion shaklidagi) suvlar sabab bo‘ladi. Yuvenil suv yer yuzasiga toza suv ko‘rinishida chiqmaydi.
Yer osti suvlari suvli gorizontning joylashish sharoitiga, bosimning bor-yo‘qligiga qarab yuzaki, grunt, qatlamlararo, karst va yoriqlar orasidagi suvlarga bo‘linadi.
Yuzaki suvlar atmosferadan tushayotgan qor va yomg‘ir suvlarining aeratsiya zonasida linza ko‘rinishida yoki o‘zidan suv o‘tkazmayodigan yupqa qatlam ustida to‘planishidan paydo bo‘ladi. Bu suvlar mavsumiy bo‘lib, atmosfera yog‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, ularning sathi yuqori va hajmi shunchalik ko‘p bo‘ladi va aksincha. Yuzaki suv asta-sekin pastga shimilib grunt suvlarini to‘yintiradi. Ular mavsumiydir, keng maydonga tarqalmaydi, miqdori kam va sifati past bo‘ladi.
10.1-rasm. 1-yog‘in suvlari (yer yuzasi). 2-aeratsiya zonasi, ya’ni yer yuzasidan grunt suvlar sathigacha bo‘lgan masofa. 3-favqulotda uchragan suv o‘tkazmas qatlam, bu gil, suglinok kichik bir qatlam. 4- yuzaki suv. 5-grunt suvlarining qatlami. 6- doimiy suv o‘tkazmas qatlam. h- aeratsiya zonasining qalinligi. Bu qalinlik grunt suvlar sathining chuqurligiga bog‘liq. N-grunt suvlar qatlamining qalinligi
8.6Grunt suvlarining rejimi va ularni gidrogeologik xarita va kesmalarda ko’rsatish.
Grunt suvlari. Yer yuzasidan birinchi suv o‘tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan va keng maydonga tarqalgan suvlar grunt suvlari deyiladi. Grunt suvlari ham atmosfera yog‘inlarining va yer ustki suvlarining shimilishidan to‘yinadi. Grunt suvlarining ta’minlanish, tarqalish va sarf bo‘lish maydonlari bir-biriga mos keladi. Ularning sathi har xil chuqurlikda joylashib, mavsumga qarab ko‘tarilib pasayib turadi, undan tashqari grunt suvlari sathi rel’ef tuzilishiga qarab ham har xil chuqurlikda yotadi. Masalan, pasttekislik joylarda 1-2 m dan 5-10 m gacha, tog‘oldi hududlarda 15-20 m dan 40-50 m gacha chuqurlikda bo‘lishi mumkin. Grunt suvlarining yuzasi ochiq bo‘lganligi uchun ular bosimsizdir. Grunt suvlari doim harakatda bo‘lib oqim hosil qiladi va ko‘pincha yer yuzasiga sizib chiqib buloqlar hosil qiladi.
-rasm. 1-yer yuzasi. 2-aeratsiya zonasi. 3-grunt suvlar qatlami. 4-doimiy suv o‘tkazmas qatlam. h-suv o‘tkazuvchan qatlamning umumiy qalinligi
N-grunt suvlar qatlamining qalinligi
Do'stlaringiz bilan baham: |