Amaliy matematika



Download 23,75 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi23,75 Kb.
#88659
1   2
Bog'liq
7-bayonnoma 13.11 110-20-guruh

QAROR QILADI:

1. Guruh murabbiysi Sh.A.Ulug’murodovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Talbalarga Davlat rahbarimiz bergan ishonchga mos ravishda harakat qilish startegik grafigini ishlab chiqishi guruh sardori
Eshitildi: Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan guruh murabbiyi Sh.A.Ulug’murodov o`z fikrlarini bildirdi.

Axloqiy madaniyatning muhim elementlaridan biri milliy axloqiy urf-odatlardir. Axloqiy urf-odatlar qadimda paydo bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib, boyib, rivojlanib boradi. Ularni saqlash, davom ettirishda oila tarbiyasi muhim rol' o‘ynaydi. Milliy urf-odatlardan biri – keksalarni hurmat qilish, parvarishlash, ularga moddiy, ma'naviy shart-sharoitlar yaratib berish kiradi.

Insonning eng yuksak axloqiy fazilatlari: kamtarlik, mardlik, mehribonlik, intizomlilik, tejamkorlik, iste'dodlilik, muloyimlik, saxiylik, saxovatlilik, sabrlilik, to‘g‘rilik, hayolilik, himmatlilik, vafodorlik, latofatlilik axloqiy madaniyatning muhim elementlari hisoblanadi.

Qadrli talabalar, bugun ana shu fazilatlardan biri – sabrlilik xususida siz bilan suhbatlashamiz.

Inson qalbiga yo‘l, avvalo, ta'lim-tarbiyadan boshlanadi, deb ta'kidlanadi. Biz atrofimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani o‘z bo‘ynimizga olganmiz. Bu ishda har qaysi ota-ona, ustoz-murabbiy, mahalla oqsoqoli va faollarining yakdil va uyg‘un faoliyati muhimdir.

Insonning sharafi aqldan mahkam, Undan obro‘ topar har qanday odam!

Bu gapning tadbiri sababli ertaning tadbiriga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidur. (Xoja Samandar Termiziy)

Luqmoni hakim aytadi: — Kishining akli sharaf va ulug‘lik asosidir! Kimning aqli ko‘p bo‘lsa, ayblari yashirin va do‘stlari undan rozi bo‘ladi.

“Xalq bilan til topa olmagan kishi aql ne'matidan mahrum kishi”, deyishadi. Xalq bilan murosa va madoro deganda shunday narsani tushunish kerakki, unda yolg‘onchilik bo‘lmaydi, hech kimni aldamaydi, tili bilan dili bir-biriga muvofiq bo‘ladi, kattayu kichik bilan birdek muomala qiladi, barchani yaxshi ishlar sari undaydi, hech kimga zarari tegmaydi. Aqlli kishi barcha og‘ir ishlar oldida dovdiramaydi, o‘zini mahkam tutadi, sabot va iroda tufayli g‘alabaga erishadi.

Muhammad Jabalrudiy Qanchadan-qancha odamlar aql bilan pastlikdan yuqoriga ko‘tariladi, qanchadan-qancha qadrli odamlar nodonlikka yo‘l qo‘yib, pastlik sari qulaydi.

Bir hakimning aytishicha, yaxshi hulqning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilardir: aql, insof, ilm, hilm, olijanoblik, ko‘rkam fe'l, ehson, sabr, shukr va muloyimlik.

Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi. Hadis Nafsning tizgini aqlning qo‘lidadir, aql nafs ustidan hukm yurgizib, uni yomon yo‘ldan asrab turadi. Odatda qaysi narsa ko‘paysa, qadri kamayib ketadi. Ammo aql ko‘paygan sari qadri oshaveradi. Hamma narsaning chegarasi va to‘xtaydigan joyi bor, ammo aqlning chegarasi yo‘q. Arslon o‘z quvvati va shijoati bilan ovqat topib, kun kechirgani kabi inson ham qayda bo‘lmasin o‘z aqli bilan kun kechiradi. Agar kishida molu dunyo ko‘p bo‘lsayu, aqli bo‘lmasa, qadru qimmati ham bo‘lmaydi. Aqlning alomati kamtarlik, ahmoqlikning belgisi esa takabburlikdir.

Alloh taologa cheksiz shukronalar aytamizki, tinch va farovon hayot kechirmoqdamiz. Buning uchun Yaratgandan behad minnatdor bo‘lib, arzimas kamchiliklarni ro‘kach qilavermasdan doimo dildan va tildan Alloh taologa hamdlar, shukrlar aytishimiz lozim.

Ayrim insonlar sabrsizlik qilib hoyu-havasga berilib oilasini, ota-onasini tashlab, o‘zga yurtlarda sarson sargardon ming qiyinchiliklar bilan pul topmoqdalar. O‘sha topgan pullari shunga arziydimi? Farzandlari otasiz yo onasiz voyaga yetishiga, ota-ona mehriga zor bo‘lib katta bo‘lishiga va ularning porloq kelajagidan voz kechishlariga arzirmikan? Balki ularning ko‘pchiligi o‘zlaricha biz farzandlarimiz uchun qayg‘urib yuribmiz deb o‘ylar, biroq, unday emasligini ko‘pchilik kech anglamoqda.

Hali shu kungacha hech kim ochlikdan noligani, yalang‘och qolib yoki uysiz ko‘cha-kuyda sarson sargardon bo‘lib yurgani yo‘q. Chunki bu diyor, bu zamin kimlardan qolgan zamindirki…! Albatta oliy sarkardalar, haqiqiy mardlar, olimu-fozillar, valiyu-avliyolar, saxiy va g‘amxo‘r boyu-beklar va asosiysi mehr-oqibatli ajdodlarimiz, qalbi muhabbatga to‘la bobolarimiz va momolarimizdan qolgan muqaddas diyordir.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, sabr-qanoat insonni komillikka boshlaydigan xos fazilatdir. Sabr-qanoat odamni nafs qayg‘usiga tushishdan, el-yurt oldidagi burchiga befarq bo‘lib yashashdan asraydi.

Dars davomida talabalarga mavzu bo’yicha video rolik va taqdimotlar namoyish etildi.

Talabalar ham darsda faol ishtirok etib, sabr va sabrlilik to’g’risida o’z fikrlarini bildirdilar, sabr haqida maqollar va rivoyatlar keltirishdi.


Yuqoridagi fikrlarni eshitgan holda yig’ilish



QAROR QILADI:

1. Guruh murabbiysi Sh.A.Ulug’murodovniong mavzu yuzasidan keltirilgan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.



2. Mavzu yuzasidan har bir talaba o’zi uchun tegishli xulosa chiqarib, o’zida keltirib o’tilgan xislatlarni shakllantirishga harakat qilsin.


Yig’ilish raisi: Sh.A.Ulug’murodov

Yig’ilish kotibi: A.Nizametdinov
Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish