Amaliy matematika



Download 23,75 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi23,75 Kb.
#88659
  1   2
Bog'liq
7-bayonnoma 13.11 110-20-guruh


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Amaliy matematika” fakulteti Komyuter ilmlari dasturlash texnologiyalari yo’nalishi 110-20 guruhning “Yoshlar ertangi kun bunyodkori” mavzusida Zoom dasturi orqali o`tkazilgan onlayn murabbiylik soati

BAYONI

Sana:

13.11.2020 y.

Qatnashdilar: Guruh murabbiyi Sh.A.Ulug’murodov.va110-20 guruh talabalari


KUN TARTIBI

1. Axborotlardan xabardorlik va yangi normativ-huquqiy hujjatlar bilan qisqacha tanishish.

2. “Yoshlar ertangi kun bunyodkori” mavzusida dars suhbati.

Eshitildi: Guruh rahbari Sh.A.Ulug’murodov talabalarni O`zbekiston respublikasidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishtirdi.

Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi muammolari deyarli barcha mamlakatlar uchun umumiy masaladir. Yoshlar tarbiyasi mavzusi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida shunday dedi: “Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson boʻlib kamolga yetishi bilan bogʻliq.

Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning oʻz salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zoʻravonlik gʻoyasi “virusi” tarqalishining oldini olish. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston globallashuv va axborotkommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi. Bizning nazarimizda, mazkur hujjatni imzolaydigan davlatlar ushbu sohani oʻz ijtimoiy siyosatining asosiy va muhim hayotiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri darajasiga koʻtarish boʻyicha qatʼiy majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishi kerak”. Hammamizga maʼlumki, 2018-yil 12-dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida Oʻzbekiston tomonidan ishlab chiqilgan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

Biz ana shu ikki omil yoshlar tarbiyasi masalalariga bevosita bogʻliq boʻlgani uchun ularni aytib oʻtmoqdamiz. Albatta, jahon yoshlari faoliyati va ijodi toʻgʻrisida koʻplab ijobiy misollar keltirish mumkin: fan va texnika, ijod, sanʼat va sportning barcha turlari boʻyicha yoshlar tomonidan qoʻlga kiritilayotgan natijalar, albatta, insonni quvontiradi. Oʻz navbati ushbu yutuqlar oʻzgalarga ijodkorlik ruhini koʻtarishga xizmat qiladi.

Ushbu ijobiy holatlar va voqeliklar bizning yosh davlatimiz yoshlari orasida ham sodir boʻlayotganini mamnuniyat bilan qayd etishga toʻla haqlimiz. Ayni paytda yana va yana global koʻlamlarda aynan yoshlar tarbiyasida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini tan olishimiz, eʼtirof etishimiz kerak.

“Yoshlar ijodkorligi” keng qamrovli tushuncha boʻlib, u talaba yoshlarning taʼlim-tarbiya, ilm-fan sohasidagina emas, balki madaniyat, sanʼat, siyosat, huquq kabi sohalarda ham faol boʻlishini anglatadi. Demak, “ijtimoiy faollik” oʻzining tub mohiyatiga koʻra, kishilar jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, sotsial va boshqa sohalardagi faolligini ifodalaydi. Bozor munosabatlari va yangicha dunyoqarash shaxsning ijtimoiy faolligi strukturasida maʼnaviy-intellektual, ijtimoiy-siyosiy faollik yetakchi va hal qiluvchi element ekanligini koʻrsatdi.

Mazkur tushunchasining mohiyatini yoritish uchun “faollik” tushunchasining mazmuniga eʼtibor berish lozim. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da faollik mehnatda yoki biror harakatda, jarayonda jadallik, jonbozlik koʻrsatish, ishchanlik, taʼsirchanlik, deb taʼriflanadi. Yoshlarning ijodkorligini oshirishda jamiyat taraqqiyotiga daxldor boʻlgan barcha tashkilotlar va ijtimoiy harakatlar, tuzilma va subyektlar bab-baravar masʼul hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlarni birlashtirgan maxsus ijtimoiy harakatning bu jarayondagi oʻrni oʻzgacha. Bunda, eng muhimi, aholining yoshlardan iborat qatlamiga xos boʻlgan qiziqish va intilish, orzu-umid, histuygʻu, maqsad va manfaatlarning mavjudligidir.

Demak, ijodkorlik shaxsning oʻziga xos qobiliyati ekan, guruh sharoitida tashkil etiladigan toʻgʻri muloqot va samimiy muhit, bahs va tortishuvlarning omilkorona yoʻlga qoʻyilishi bunda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Yoshlarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishda, ularda hayotga, milliy-madaniy merosimizga nisbatan faol munosabatni shakllantirish, ularning maʼnaviy sogʻlom, ruhan tetik rivojlanishi uchun taʼlim jarayonida zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi fikrlarni eshitgan holda yig’ilish



Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish