4-jadval
2018-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning hududlar bo’yicha ulushi, foizda2
|
Sanoat
|
Xizmatlar
|
Qurilish
|
Bandlik
|
O’zbekistonRespublikasi
|
39,6
|
58,4
|
65,1
|
78,3
|
Hududlar
|
Qoraqalpog’istonRespublikasi
|
18,0
|
61,3
|
79,2
|
75,2
|
Andijon
|
34,4
|
73,7
|
94,3
|
84,5
|
Buxoro
|
43,4
|
74,9
|
67,8
|
78,5
|
Jizzax
|
61,3
|
74,2
|
91,3
|
82,0
|
Qashqadaryo
|
23,1
|
71,9
|
76,8
|
80,0
|
Navoiy
|
18,8
|
67,3
|
75,4
|
60,3
|
Namangan
|
68,4
|
73,7
|
93,9
|
83,4
|
Samarqand
|
55,5
|
76,5
|
92,3
|
84,5
|
Surxondaryo
|
45,8
|
76,3
|
79,4
|
81,1
|
Sirdaryo
|
44,9
|
66,4
|
91,4
|
79,5
|
Toshkent
|
29,6
|
76,2
|
79,2
|
77,0
|
Farg’ona
|
41,4
|
75,9
|
89,0
|
80,5
|
Xorazm
|
40,6
|
71,4
|
87,2
|
82,9
|
Toshkent shahri
|
71,3
|
51,1
|
66,8
|
56,8
|
Keyingi yillarda tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish, faol tadbirkorlikni shakllantirish masalasi obyektiv zaruriyatga aylandi. Chunki tadbirkorlikni innovatsion rivojlantirish orqali raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, iqtisodiy faollikni ta’minlashga erishiladi. Zero, “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg’or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yo’nalishdir. Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida mamlakat iqtisodiyotiga munosib hissa qo’shayotgan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, yangi ish o’rinlari yaratayotgan tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng
2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat tahlili
Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish vatanimiz taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun esa, avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish lozim. Shunga ko’ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga
oshirildi. Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo’llab-quvvatlashda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, kooperatsiya va integratsiya aloqalarini tobora kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutdi.
Zamonaviy ilm-fan yutuqlari va yangiliklaridan foydalanish kichik biznes korxonalari faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Innovatsiyalar ilmiy-texnologik o’zgarishlar globallashuvi sharoitida amal qilish maydoniga ko’ra inson faoliyatining barcha sohalari va jamiyatning har bir jabhasini qamrab olgan holda turli mamlakatlar va sivilizatsiyalar o’rtasidagi keskin farqlarni bartaraf etishda uning yutuqlaridan keng foydalanish va har bir mamlakatning innovatsion taraqqiyoti orqali jahon sivilizatsiyasi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida o’z hissasi va ta’siriga ega bo’lish imkonini beradi.
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ular asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o’zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qayerdan, qanday ko’rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Bunday hollarda korxona ishlab chiqarishida innovatsion faoliyatni samarali yo’lga qo’yish qo’l keladi.
Korxonalarda innovatsion faoliyat eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko’rishini o’rganish natijalari bilan belgilanadi. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko’rishga emas, balki bozorda tekshirib ko’rishga ko’proq e’tibor qaratishi lozim.
So’nggi yillarda mamlakatimizda o’z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni keskin oshib bormoqda. 2010-2017 yillar oralig’ida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar soni 7,5 martaga oshdi. 2010-yilda shunday korxonalar soni 289 ta ni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yilga kelib 1601 ta, 2017-yilda esa 2171 tani tashkil etdi. Birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o’zlashtirgan korxonalar soni 1007 ta ga ko’paydi.
Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi ham yildan yilga ortib bormoqda. 2017-yilda innovatsion mahsulotlar va xizmatlar hajmi 18543,3 mlrd. so’mni tashkil qildi. Bu ko’rsatkich 2016-yilga nisbatan 1,7 barobar, 2008 yilga nisbatan 14 barobarga ko’paygan. Innovatsiyalarga qilingan xarajatlar esa 2016-yilga nisbatan 1,6 foizga kamayganligini ko’rish mumkin.
3. Kichik biznes korxonlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda zamonaviy marketingdan foydalanish
Iqtisodiyotda, xususan, kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirishda marketingning o’rni va ahamiyati nihoyatda yuqori bo’lib hisoblanadi. Korxonlarda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda innovatsion marketing texnologiyalarini qo’llash yaxshi samara beradi.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim asosidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida kichik korxona resurslarini safarbar etishdan iborat. Iqtisodiyotda raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish yanada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishi samarali qo’llanilishi tufayli ushbu atama korxonani raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi3.
Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish davrida bozor konyunkturasi o’zgarishlari va iste’molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi nuqtai nazaridan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik innovatsion faoliyatini rivojlantirish vazifasi muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Marketingning bugungi kundagi juda zarur bo’lgan vositalarini bilish va ularni amaliyotga joriy qilish korxonalarga raqobatda ustunligini taqdim etib, ularning bozorda muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi. Kichik biznesdagi marketing ishining o’ziga xos xususiyatlarini bozor mexanizmi elementlari, uning tamoyillari va funksiyalari bilan bog’liq ravishda chuqur o’rganmay turib iqtisodiyotni rivojlantirish qiyin kechadi4.
Marketing kichik biznesni boshqarishning muhim funksiyasidir, zero undan ko’zlangan maqsad iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va ushbu ehtiyojlarni qondirish maqsadida firma resurslarini safarbar etishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni keskinlashtirish yo’lida marketing konsepsiyasini ishlab chiqish g’oyat muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Tijorat sohasida marketing ishining samarali qo’llanilishi sababli ushbu atama korxonani kuchli raqobat sharoitida boshqarish konsepsiyasi sifatida shakllandi.
Har bir kichik korxona o’ziga xos shart-sharoitlarda faoliyat olib boradi va o’zining muayyan maqsadlarini hal etadi va shundan kelib chiqib, marketing tizimi ham uning qayerda, qaysi tarmoqda qo’llanilishiga qarab turlicha ko’rinishda bo’ladi.
“Samarali faoliyat yuritayotgan korxona rahbarlari marketingni, ya’ni: biznes falsafasi, “fikrlash tarzi”, boshqaruv konsepsiyasi, bozor faoliyati metodologiyasi, bozor sharoitida boshqaruv faoliyati tamoyillari, funksiyalari, vositalari, uslublari va uni tashkil etishni o’z ichiga qamrab oluvchi “harakat tarzi” sifatida qabul qiladi”5.
Kichik korxonalarda innovatsion faoliyatni har tomonlama rivojlantirishda marketingning asosiy omil bo’lib xizmat qilishi, bu sohada zamonaviy marketing komplekslarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Kichik biznesda marketing texnologiyalari qo’llanilishidagi jiddiy to’siq bunday korxonalarning moliyaviy resurslari cheklanganligi bilan izohlanadi. Yirik ishlab chiqarish birlashmalarining (xoldinglar, korporatsiyalar), zarar ko’rish xavfi mavjudligini bila turib marketing tadqiqotlariga, hech bo’lmaganda eksperiment sifatida qo’l urishga imkoniyati etadi. Bunga ular an’anaviy texnologiyalarni rad etmagan holda qo’l uradilar. Kichik korxona esa marketing uchun ulkan xarajatlar qilishga deyarli jur’at qilolmaydi. Biroq, bozorni o’rganish
yoki to’g’ridan-to’g’ri (vositachisiz) savdo kabi marketing texnologiyalari har doim ham katta mablag’larni talab qilavermaydi va ko’p hollarda bu kabi marketing tadbirlarini korxona o’z ichki resurslari bilan ham amalga oshirishi mumkin. Yana shunisi ham ma’lumki, marketing ishiga e’tiborsiz qarashdan ko’rilgan bevosita zarar ko’p hollarda “tejab qolingan” mablag’lardan oshib ketadi6.
Kichik biznes subyektlari kundalik amaliyotida innovatsion marketing faoliyatini samarali amalga oshirilishi quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi lozim:
bozordagi holat to’g’risida axborotni o’z vaqtida olish hamda uni to’g’ri tahlil qilish;
marketing maqsadlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va ularga erishishning asosiy yo’llarini ishlab chiqish;
resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilarning talabi bilan moslashtirish hamda bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun mahsulot turi va assortimentini shakllantirish;
bozorda sotish tarmog’ini shakllantirish bilan reklamaning rag’batlantiruvchi tadbirlarini o’tkazish hamda bozorda o’z o’rnini, vositachilar va xaridorlarni topish uchun harakat qilish;
marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish va boshqalar.
Innovatsion marketing innovatsiyalar bozori konyunkturasini o’rganish, innovatsion loyihani biznes-loyihalashtirish, uni amalga oshirishdan tortib innovatsiyalarni bozorga harakatlantirish, innovatsiyalar diffuziyasi va daromad olishgacha bo’lgan butun innovatsion siklning tizimli integratsiyasini ifodalab beradi.
Innovatsion marketing jarayoni yangi mahsulot to’g’risidagi g’oyani hamda xaridorning ushbu mahsulotga bo’lgan talabini aniqlashdan boshlanadi. So’ngra esa bozor kompleks tadqiq qilinadi. Mazkur tadqiqotni bozorni segmentlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir, bu esa bozorni xaridorlar va sotuvchilar guruhiga bo’lib olishni anglatadi. Bozorni segmentlash sektorlar bo’yicha bozorni to’liq tadqiq qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Fikrimizcha, innovatsion marketing - maqsadli marketingdir. Kichik biznes korxonalarda innovatsion marketing bozorning muayyan segmentini tanlashga va mazkur segmentda mos innovatsiya va marketing majmuini ishlab chiqishga asoslanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. https://president.uz/ru/lists/view/3324. 24- yanvar 2020-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 8-fevral 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PF-5264-sonli “O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni // “Xalq so’zi”. 30-noyabr 2017-yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750 sonli “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi Qarori // “Xalq so’zi”. 2-fevral 2017-yil.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 486 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “O’zbekiston”, 2017. 32 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi – T.: “O’zbekiston” NMIU, 2018. 80 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Xalq so’zi”. 2018-yil 29-dekabr.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini beshta ustuvor yo’nalishi
www.stat.uz
www.mineconomy.uz
www.iqtisodiyot.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |