Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.
Amaliy mashg‘ulot №3
Mavzu: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar.
Ishning maqsadi: Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar va utilitalar bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Diskni tekshirish (Scan Disk) dasturi. Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi.
Пуск/Программы/Стандартные/Служебые программы ost menyusida Проверка диска (ScanDisk) bo‘limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot darchasi hosil bo'ladi. Bu darchada tekshirilishi kerak bo'lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan.
Tekshirish ikki - Standart (Стaндaртнaя) yoki baholovchi (Пoлнaя) holatda bajarilishi mumkin. Bu holatlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to‘g‘rilash (Испрaвлять omn6Kii aBToMa™4ecHM) holati tanlanib 3anycK tugmachasi bosiladi.
Amaliyot tizim qobiqlariga Volkov Commander, Norton Commander, Windows Commander , Total Commander qobiq dasturlarini kiritish mumkin. Ushbu amaliy mashg‘ulotda hozirda keng foydalanilayotgan Total Commander qobiq dasturi haqida ma‘lumot berilgan mumkin.
Total Commander - Windows muhitida fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtiruvchi dastur hisoblanadi.Ushbu dasturni quyidagi ikki usul orqali yuklash mumkin.
«Пуск» ^ «nporpaммы» ^ Total Commander;
Ish stolidagi yorlig‘iga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali;
1-topshiriq. Total Commander dasturining imkoniyatlari bilan tanishish:
Dastur bilan ishlashda klaviatura tugmalaridan keng foydalanish ishni yengillashtiradi.
Fayl va papkalardan nusxa olish, ko‘chirish,qayta nomlash,o‘chirish kabi amallar oson bajariladi.
Arxivlavgan fayllar va kataloglar bilan ishlash imkoniyati mavjud. Fayllarni arxivga joylash va arxivdan olish oson amalga oshiriladi. Dasturda quyidagi arxivatorlardan foydalanish mumkin: RKZIP, ARZIP, LHA, RAR ACE, TAR, TGZ.
Dasturlarni oddiy ishga tushirish uchun buyruqlar satridan foydalanish mumkin.Buning uchun dastur nomi tanlanishi yoki CTRL + ENTER tugmalarni bosish kerak..
Fayllarni va fayllardagi matnlarni izlash imkoniyati mavjud.
Fayllarni ko‘rish imkoniyati mavjud (F3 yoki ALT + F3).
Quyidagi formatda arxivlangan fayllar arxivini ochish imkoniyati mavjud: ZIP, RAR, ACE, TAR.
Do'stlaringiz bilan baham: |