Filtrlash tasvir koʻrinishini yaxshilashda qoʻllaniladigan boshqa raqamli qayta ishlash funksiyalarini oʻz ichiga oladi. Fazoviy filtrlar tasvirdagi ayrim obyektlarni ularning fazoviy chastotasiga asosan ajratib koʻrsatadi. Fazoviy chastota tasvir teksturasi (tasvir ichidagi kulrang qiymatlarni qoʻshnilariga bogʻliq oʻzgarishi) tushunchasi bilan bogʻliq. Bu tasvirdagi ranglarning oʻzgarish chastotasini anglatadi. Tasvirdagi dagʻal teksturali joylarda kichik maydondagi ranglarning dagʻal oʻzgarishlari yuqori fazoviy chastotalarga, tekis maydondagi bir nechta piksellarning ranglaridagi ozgina oʻzgarishlar esa past fazoviy chastotaga ega (16-Rasm).
Rasmda. Nol fazoviy chastota, past fazoviy chastota va yuqori fazoviy chastotaga namunalar
Do'stlaringiz bilan baham: |