Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bolib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish oz navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa togri bolur edi.
Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil korinishga ega bolishini - hamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.
Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bolim va nomlardan iborat bolib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti- harakatlar dasturini aniqlash.
Yuzaga kelishi mumkin bolgan muammolar variantlarini detalli korib chiqish.
Ichki va tashqi tavakkalchiliklarni baholash.
Bozor muhitidagi doimiy ozgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.
Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat kop» tamoyiliga rioya qilinadigan bolsa berilayotgan tavsiya etiroz uygotmasligi mumkin. Biroq malumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bolsada, biroq muvaffaqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxona faoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilayotgan miqdorda foyda (daromad) olishga yonaltirilgan real biznes-reja koproq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.
Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham istemol bozorida va umuman iqtisodiyotda roy berayotgan ozgarishlarni hisobga olgan holda vaziyatga kora qayta korib chiqilishi, zarur hollarda ozgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga komaklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan orin egallovchi mahsulotning hayotiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning dastlabki bosqichi ham, yakuniy bosqichi ham «bir gap bolar» qabilida bajarilishi mumkin emas. Bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, oylanmay qilingan hatti-harakatlarni kechirmaydi.
Yakuniy maqsadning bittaligiga qaramay, biznes-rejani ishlab chiqishning har bir bosqichi bajarishi lozim bolgan belgilangan vazifalar doirasi mavjud. Birinchi bosqichda asosan korxonaning istemolchilarga taklif qilishi moljallanayotgan tovar va xizmatlar tarkibini tanlash (yangi mahsulot, modifikatsiyalangan yoki ananaviy mahsulot), ishlab chiqarish dasturini bajaruvchi boyicha taqsimlash, talab qilinadigan xom-ashyo, material va boshqa zarur vositalar hajmini, shuningdek, tayyor mahsulotni sotish kanallarini aniqlash, mahsulot tannarxi, kutilayotgan foyda va hokazolarni hisob- kitob qilish vazifalari bajarilsa, ikkinchi bosqichda barcha dastlabki hisob-kitoblar birlashtiriladi va korxona biznes-rejasini shakllantirish yakunlanadi.
Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bolsa, uning boshqaruv hujjati va xojalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori boladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish ortasida uzoq tanaffus bolmasligi va ortiqcha axborot bilan toldirib tashlanmasligi lozim. Amaliyotning korsatishicha, katta hajmdi tuzilgan biznes-reja hali toliqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Masalan, bank xizmatchisi korxona ikki yuz yoki besh yuz ming som kredit olish uchun yuz varaqdan ortiq biznes-reja olib kelgan taqdirda uni oqib ham otirmaydi. Unga yuz million som kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja bir necha varaqdan iborat bolib, asosiy mazmun bir nechta gap bilan ifodalangan bolishi ham katta tasir korsatmaydi.
Toliq biznes-rejaning kompyuterda terilgan matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq songgi yillarda, xususan, raqobat kuchli bolgan soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qollanayotgan bolib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bolsada, biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni taminlashga xizmat qilishi lozim.
Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) - xojalik subyektining qisqacha tarifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat meyorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi orni aniqlanadi.
Kopincha korxonalir oz missiyasi maksimum foyda olish, deb xato qiladilar. Istemolchilar uchun korxonaning qancha foyda olishi qiziqarli emasdir. Foyda olish korxonaning ichki muammosi bolib, uni hammaga elon qilish, tasis xujjatlariga ki- ritib qoyishni malum manoda orinsiz deb hisoblash mumkin. Har qanday korxona ochiq tizim bolib, uning muvaffaqiyati tashqi muxitdagi istemolchilarning malum bir talablarini qondirish bilan bogliqdir. Agar korxona shunday missiyani amalga oshirishga imkoniyat topa olmasa, bir vaqtning ozida kam foyda oladi. Shuning uchun faqatgina tashqi muxitdan korxonaning maqsadi va missiyaning topish mum- kin. Foyda maqsad emas, balki maqsadga erishish vositasidir.
Mos keluvchi missiyani tanlab olish uchun kamida ikkita savolga javob topish kerak: ''korxona mijozlari, istemolchilari kim?'', Korxona qanday talablarni qondiri- shi mumkin?''. Masalan, foydaning ahamiyatini yaxshi bilgan Genri Ford oz kom- paniyasi missiyasini quyidagcha tariflagan: ''Biz odamlarga arzon mashinalarni xavola etamiz '' Shu bilan birga u doimo ushbu ishni kim amalga oshirsa, uni foyda chetlab otmaydi deb takidlab kelgan.
Missiya korxonaning ozi uchun belgilab olinadi, lekin doimo xaridorga, ja- miyatga yonaltirilgan boladi. Mashhur ''Soni'' firmasining missiyasi quyidagicha tariflanadi: ''Taraqqiyotni amalga oshirish orqali jamiyatga xizmat qilish''. Shu kabi quyidagi misollarni keltirish mumkin:
Xalqaro savdo orqali tinchlik sari.
Mamlakat uchun nima yaxshi bolsa, firma uchun ham yaxshidir.
Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi.
Istemolchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai.
Korxona missiyasining fundamental asoslari bolib uning tamoyillari va etikasi hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qoyiladigan universal ijtimoiy talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi. Korxona tamoyillari oz ichiga oladigan talablar quyidagilar:
mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar;
boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish, nazorat, yutuqlarni baholash va x.k.;
xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, masuliyatni oz zimmasiga olish, moti- vlar, unumdorlikni baholash va x.k.;
tashqi muhitga talablar - xaridorlar, taminotchilar, investorlar, raqobatchilar, jamiyat, davlat.
Tamoyillarni shunday tariflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korx- onaning xojalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar umumlashgan xolda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va xamkorlar hamda boshqa ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun etarlicha aniq bolishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |