Bog'liq Bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish.
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI
NAZORAT ISHI “Biznes rejalashtirish” FANIDAN Mavzu: Bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish.
Jizzax-2022 Bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili, xususan, iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: 1. Bozor o‘zgarishlari va rivojlanish tendentsiyalari tahlili
2. Bozor iqtisodii, uning tamoyillari va o’ziga xos xususiyatlari
3. Biznes yuritishda iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish darajasini baholash
4. Bozor o‘zgarishlari va rivojlanishida iqtisodiy, fan-texnika, demografik, ekologik, qonunchilik va boshqa omillarni tahlil qilish.
III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
Sо‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qо‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish о‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, о‘z mehnati bilan daromad topish istagida bо‘lgan fuqarolarga amaliy yordam kо‘rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini kо‘rsatmoqda.
Xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xо‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy 2018- yilning 7- iyun kuni har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bо‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish tо‘g‘risidagi qarorni imzoladi1.
Qarorda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bо‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy о‘zgarishlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan "Har bir oila – tadbirkor" dasturi amalga oshirilishi kо‘rsatib о‘tildi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida bildirilgan taklif va tavsiyalarning barchasini inobatga olib, yangi – 2018- yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etdi.
Prezidentimizning о‘zi faol tadbirkorlik degan tushunchaning mazmuniga alohida izoh berib о‘tdi: “Faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ya’ni zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etadigan iqtisodiy yо‘nalishdir”.