O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITUTINING
JIZZAX FILIALI
‘’AMALIY MATEMATIKA’’ FAKULTETI
‘’ IQTISODIYOT ‘’KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARYASI’’ FANIDAN
NAZORAT ISHI
MAVZU: Aholi daromadlari va davlatning ichtimoiy siyosati
TOPSHIRDI: 924-gruh talabasi
Salohiddinov S.
QABUL QILDI:
Nizomiddinov A.
Jizzax 2021
Kirish
Reja:
1.
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani
tushunasiz?.
2.
Ijtimoiy adolatni ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish
siyosatining roli qanday?
3.
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni sanab ko‘rsating..
4.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering.
5.
Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar xarakterlab beradi
Xulosa
Kirish
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir
vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul
mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar
keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek,
daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim
o‘rin tutadi.
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini
anglatadi.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini,
mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli
qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik
buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan
daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining
o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan
va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan
daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma
maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad
nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lov summasiga kam
bo‘ladi.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining
ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va
xizmatlar miqdorini ko‘rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini
bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib,
ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a)
ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b)
davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul
tushumlari;
v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy
ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul
daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining yetakchi rolini saqlab
qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga
oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari
quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy
qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma
bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining
ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya
bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan,
vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k.
Aholi turmush darajasi tushunchasini ularning hayot kechirishi uchun zarur
bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamdakishilar
ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash
mumkin.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari
tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1.
Tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar.
2.
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
3.
Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.
4.
Turar joy sharoitlari.
5.
Ma’lumot va madaniyat.
6.
Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.
7.
Aholining daromadlari va xarajatlari.
8.
Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.
9.
Transport vositalari.
10.
Dam olishni tashkil etish.
11.
Ijtimoiy ta’minot.
12.
Inson erkinligi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid
ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
YaIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga
to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti,
ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil
ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat
a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq.
Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va
tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish
mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush
darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot
ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash
iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir
qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada
ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti,
nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular
jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi
kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy
ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning
boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan
tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati
to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va
bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari
kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining
mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va
xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush
tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon
hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi
ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli
jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
-
mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
-
turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari;
-
siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
-
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
-
kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |