Amaliy matematika ” fakulteti, “ Biotexnalogiya ” kafedrasi, “Biotexnologiya”(tarmoqlar bo`yicha) yo‘nalishi 150-20- guruh 2-bosqich talabasi To’xtasinov Abdulaziz Abdunosir o`g`lining


Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining dorivorlik xususiyatlari



Download 295,5 Kb.
bet4/7
Sana20.07.2022
Hajmi295,5 Kb.
#828388
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Genetika kurs ishi

1.2. Acanthophyllum gypsophiloides o’simligining dorivorlik xususiyatlari. Ildizlarni yig‘ish qisqa vaqt ichida amalga oshirilishi va aprel oyining ikkinchi yarmida boshlanishi kerak. Xom ashyoni tayyorlashning maqbul muddatlari- mayning ikkinchi yarmi – iyun oyining boshi hisoblanadi. Qazib olingan ildizlar tuproqdan tozalanadi, poyalarning qoldiqlari kesilib, quyoshda quritiladi. Yomg‘irli ob-havo sharoitida quritish soyabon ostida amalga oshiriladi. Quritishdan oldin ildizlarni bo‘laklarga ajratish shart emas. Ildizni 40-50°S haroratda qizdirish yo‘li bilan sun’iy quritish mumkin. Tayyor xom ashyo GOST 3448-78 talablariga javob berishi kerak. Ular og‘ir, qattiq, silindrsimon ildiz bo‘laklari bo‘lib, tuproqdan va ingichka yon ildizlardan tozalangan, asosan spiralsimon bo‘ralgan, yuzasi burishib bir tekis bo‘lmagan, ko‘p sonli mayda ko‘ndalang chuqurliklar bilan qoplangan (ingichka halqasimon chiziqlar shaklida), yon ildizlari olib tashlangan joyda chuqur bo‘ylama egatchalari va yumaloq chandiqli yoriqlari bo‘ladi. Ildiz singan joyi notekis, tashqi tomondan rangi och qo‘ng‘irrang, ichi sarg‘ish, oq tomirlari bor. Hidsiz, ta’mi biroz kuydiruvchi, qo‘zg‘atuvchi. Yetmak xom ashyosining 1-chi va 2-navlari uchun raqamli ko‘rsatkichlar: ildizlarning uzunligi kamida 5 sm, qalinligi kamida 2 sm bo‘lishi kerak. 1-nav ildizlari uchun 5 sm dan kam bo‘lmagan uzunlikdagi ildizlarning bo‘laklari 2% dan, ingichka ildizlari (qalinligi 2 sm dan kam bo‘lmagan) 3% dan, kukun qilib maydalangan ildizlari 1% dan, yumshaygan ildizlari 2% dan; boshqa o‘simliklarning ildizlari 1% dan, tuproq, qum, toshchalar 1% dan oshmasligi va chirigan, chetlari qoraygan yoki mog‘orlagan ildizlari bo‘lmasligi kerak. 2-nav ildizlari uchun 5 sm dan kam bo‘lmagan uzunlikdagi ildizlarning bo‘laklari 20% dan, ingichka ildizlari (qalinligi 2 sm dan kam bo‘lmagan) 20% dan, kukun qilib maydalangan ildizlari 3% dan, yumshaygan ildizlari 5% dan, chirigan, chetlari qoraygan yoki mog‘orlagan ildizlari 1% dan, boshqa o‘simliklarning ildizlari 2% dan, tuproq, qum, toshchalarning 1,5% dan oshmasligi kerak. 1- va 2-nav ildizlari uchun asosiy namlik 13% ni tashkil etadi, cheklangan namlik 13% dan oshmasligi kerak. Tayyor xom ashyo 40 kg li mato va qog‘oz qoplarga joylashtiriladi.
Ildizlarda 10-30% triterpen saponinlari mavjud bo‘lib, ulardan gipsogenin, akantofillazid V va akantofillazid S glikozidlari ajratib olingan. O‘simlikning yer usti qismlarida ham ko‘plab saponinlar mavjud.Mahalliy aholi ko‘pincha ildizidan «nishollo» shirinligini tayyorlashda foydalaniladi – go‘yoki qalin ko‘pikli oq suyuqlik insonga quvvat beruvchi vosita deb hisoblaniladi.
Yetmak xom ashyosi (bex) oziq-ovqat, farmasevtika, qurilish, mo‘ynachilik, to‘qimachilik, bo‘yoq va parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Xalq tabobatida ildiz damlamasi bronxit va boshqa nafas yo‘llari kasalliklarini balg‘am ko‘chiruvchi sifatida, o‘t haydovchi, siydik haydovchi, ich suruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi (1 choy qoshiq maydalangan ildiz ustiga bir stakan sovutilgan qaynatilgan suv quyiladi, 8-10 soat damlanadi va kun davomida ichiladi). Yetmak qaynatmasi sovun kabi ko‘piklanganligi sababli o‘simlik kundalik hayotda «sovunli ildiz» deb nomlanadi. Ba’zida oshqozon-ichak, teri (piodermiya, ekzema, furunkullarda, tangasimon lishayda), siydik-tanosil va taloq, jigar, buyrak kasalliklarida va moddalar almashinuvi buzilganda ildizlari choy sifatida damlanib ichiladi. O‘simlikning yer usti qismining damlamasi ich suruvchi va balg‘am qo‘chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Biroq so‘nggi yillarda yetmakning zich o‘sgan maydonlari sezilarli darajada qisqarganligi bu turni O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritish uchun asos bo‘lgan.

Download 295,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish