Amaliy mashg’ulotlar



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/145
Sana02.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#136146
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
Bog'liq
2 5222031064809082337

 
 
Mustahkamlash uchun “Keys” topshiriqlari 
 
1-vaziyat.  Shahlo  o‘qiydigan  maktabda  bolalarning  chiroyli  kiyinish  va 
ko‘pgina  qimmatbaho  narsalari  bilan  maqtanishlari  odat  tusiga  aylangan  edi. 
Ularning ota-onalari bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlariga moslashib olgan va 
katta miqdorda pul ishlab topadiganlardan edilar. Shu sababli, ularning bolalari har 
kuni  yangi  kiyim  kiyib  kelishlari  va  ko‘ngilochar  o‘yinlar  o‘ynashlariga 
imkoniyatlari mavjud edi. Shahlo esa, modaga mos kelmaydigan, onasi yoki buvisi 
tikib  bergan  eski  ko‘ylaklarni  kiyib  yurardi.  Nima  uchun  boshqalarda  shunday 
chiroyli  narsalar  bor,  unda  esa  –  deyarli  yo‘q?  Uning  ba’zi  dugonalari  maktabga 
katta miqdorda pul olib kelishar va uyga ketayotgan vaqtda do‘kon oldida to‘xtab, 
shokolad  yoki boshqa shirinliklar  olishar edi. Uning eng  yaxshi maktab dugonasi 
endilikda gaplashmas edi. U faqat “tanlanganlar” bilan muloqotda bo‘lar edi. Ba’zan 
Shahlo maktabga borishni xohlamasdi. Uning ota-onasiga nima bo‘ldi? Nima uchun 
uning  ota-onasi dugonalarinikiga o‘xshab tijorat bilan shug‘ullanisha olishmaydi? 
Balki,  ular  yetarlicha  tadbirkor  emasdirlar  yoki  dangasami?  Kunlardan  bir  kuni 
kechqurun,  ularning  oilasi  mehmonga  borishga  shaylanayotgan  vaqtda,  keskinlik 


o‘z  chegarasiga  yetdi.  Oila  a’zolarning  hammasi  katta  qizining  kiyinishini  kutar 
edilar. Shahlo o‘zining xonasida kiyimini o‘ziga o‘lchab, oynada qarab, bir soatdan 
ko‘proq  vaqtini  o‘tkazdi.  Kechga  qolishdan  qo‘rqib,  nihoyat,  ota  uning  xonasi 
eshigini taqillatdi. 
— Nima?!! — deb Shahlo eshik ortidan qattiq qichqirdi. 
—  Shahlo,  hammamiz  seni  kutayapmiz,  tayyormisan?  Biz  kechga  qolishimiz 
mumkin, — dedi ota. 
— Men bormayman! — qichqirdi Shahlo. 
— Nima uchun? Nima gap? — ma’yus so‘radi ota. 
—  Bu  lash-lushlar  jonimga  tegdi.  Men  unda  xuddi  kampirga  o‘xshab  qolaman. 
Kiyadigan  hech  nima  bo‘lmaganidan  charchadim.  Nima  uchun  onam  bilan  hech 
qachon hech narsa olib bermaysizlar? Men o‘zimning kiyimlarimni ko‘rgani ko‘zim 
yo‘q! Men ulardan nafratlanaman! 
U xo‘rsinib yig‘lay boshladi. Davomli sukunat. Ota-ona unga nima deyishni 
bilmas  edi.  Haqiqatan  ham,  ular  nima  deyishlari  mumkin?  Ular  bolalariga  doim 
yaxshilik qilishga harakat qilganlar, lekin endi bu yetarli emas ekan. Ularning qizi 
baxtsizligidan, yuraklari tars yorilay deb turibdi. Ular o‘zlarining qizlariga boshqa 
hech nima berolmaydigan va nima qilishni bilmaydigan omadsiz insonlar deb his 
qilar edilar. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish