Sotsial qarashlar – ruhiy-asab tizimining tayyorlik holati, tajriba asosida
shakllanib boradi va individning u bog‘liq bo‘lgan barcha ob’ektlar va vaziyatlarga
nisbatan reaksiyalariga yo‘naltiruvchi dinamik (o‘zgaruvchan) ta’sir ko‘rsatadi.
Ishontirishning ikki usuli – bevosita va bilvosita.
Bevosita usul – manfaatdor auditoriya butun e’tiborini maqbul (ijobiy) dalil-
isbotlarga qaratgan holda mavjud bo‘lgan ishonch. Bunda dalil-isbot
(argument)larning o‘zigina emas, balki ular keltirib chiqaradigan fikr-mulohazalar
ham ishonchli (ishonarli) bo‘ladi.