5. Kompromiss (murosa) o‘ziga xos oraliq holat egallab, ham faol, ham
passiv ta’sir qilish shakllarini o‘z ichiga oladi. U konfliktli o‘zaro harakatlarni
qisman hal qilib, chunki bu holda ko‘pgina o‘zaro yon bosishlar amalga oshganiga
qaramay, sabablar butkul bartaraf etilmagan bo‘ladi. Bu kabi o‘zini tutish uslubi
opponentlar bir xil hokimiyatga, kuchga, hamda bir-birini istisno etadigan
manfaatlarga ega bo‘lgan, ularning bundan ko‘ra afzalroq yechim izlashga vaqti
cheklangan bo‘lib, ularni muayyan vaqtga qadar oraliq yechim ham qoniqtiradigan
payt qo‘llanadi.
Ba’zi hollarda konfrontatsiya oqilona, nazorat qilish mumkin bo‘lgan
me’yorlarda konfliktni hal qilish nuqtai nazaridan moslashish, chap berish, hatto
kompromiss(murosa)ga nisbatan ham ko‘proq natija bera oladi. Bu holda
mag‘lubiyat yangi konfliktlarni shakllantiradigan baza hamda konfliktli harakatlar
hududi kengayishiga sabab bo‘lmasligi muhim o‘rin tutadi.
Konfliktlar mazmuni, ularning kelib chiqish sabablari, konfliktda qanday
holatlar vujudga kelishi borasida avvalgi boblarda biz ma’lum bilimlarga ega bo‘ldik.
Biz eng zaruriy shart, ya’ni konfliktni o‘z holicha tashlab qo‘ymaslik kerakligini anglab
yetdik. Ziddiyatga faol aralashish, uni boshqarish va uning yechimini hamkorlikda
ishlab chiqish – konflikt yechimini topishga olib kelishini ko‘rdik. Konflikt yechimi
uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar va ko‘nikmalar haqida gapirdik. Ammo shu bilan
birga konflikt yechimini topish uchun konfliktni boshqarishning o‘ziga hos usullarini
ham egallash lozim. Konfliktlarni boshqarish haqida ma’lumotlarni bilish va ularni
qo‘llay olish ham sizning hayotingizda osoyishtalik olib kiradi. Konfliktologiyada
konfliktlarni boshqarish usullari odamlarning xarakteri, o‘zini tutishi, psixologiyasi
asosida ishlab chiqilgan.
Endi konfliktlarni qanday boshqarish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Konfliktlarni boshqarishning besh asosiy usuli mavjud. Odatda, konfliktlar
nazariyasida bu usullar turli hayvonlar hatti-harakati asosida biror «jonivor»ning
o‘zini tutish xususiyatlariga nisbatan beriladi. Biz ishlab chiqilgan hamda
konfliktologiya nazariyasida keng qo‘llaniladigan konfliktlarni boshqarishning
«jonivor» usullarini ko‘rib chiqamiz
1
.
Sizning vazifangiz - o‘z xarakteringiz ta’kidlangan usullardan qaysi bir usulga
ko‘proq to‘g‘ri va mos kelishini aniqlashdan iborat. Ammo hayotda turli vaziyatlar
bo‘ladi, shuningdek, insonning murakkab xarakterini faqat bir usulga bog‘lab
o‘rganish to‘g‘ri emas. Ko‘plab hollarda inson xarakteri to‘g‘ridan-to‘g‘ri faqat bir
usulga monand bo‘lmay, ba’zan usullar aralashmasiga ham teng kelishini nazarda
tutishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, insonning u yoki bu konflikt vaziyatlardagi
o‘zini tutishi o‘sha vaziyatga ham o‘ziga xos tarzda bog‘liq bo‘ladi.
1
Конфликтларни бошқариш усуллари куйидаги китоблар асосида талқин қилинди. Қаранг: Handling Conflicts. Conflicts: a positive
approach. Particirant’s manual. Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation. Inc., Miami, Florida, 1997; WIN WIN. Based on the
Fighting Fair model created by Fran Schmidt and Alice Friedman.Grace Contrino Abrams Peace Education Foundation.Inc., Miami, Florida,
1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |