1. Moslashuvchanlik, yon bosish - individ harakatlari opponent bilan ijobiy
munosabatlarini o‘z manfaatlari hisobiga saqlab qolish yoki tiklashga qaratilgan.
Bu yondashuv individ ulushi u qadar katta bo‘lmagan, yoki kelishmovchilik sababi
individga nisbatan uning opponenti uchun ahamiyatliroq bo‘lgan holatlarda
qo‘llanishi mumkin. Bunday xulq vaziyat u qadar muhim bo‘lmagan, o‘z
manfaatlarini himoya qilishdan ko‘ra opponent bilan yaxshi munosabatlarni saqlab
qolish dolzarb, hamda individning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlari, qo‘lidagi
kuch-imkoni kam bo‘lgan vaziyatlarda qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |