Insoniyat oldida paydo bo’lgan ekologik muammolaridan faqat tabiiy resurslardan
ratsional foydalanish orqali hal etish mumkin.
Ekologik muammolarning keskinlashuvi yerdagi hayotga xavf tug’dirmoqda. Ana
shunday muammolardan biri atrof-muhitni ko’plab chiqindilar bilan ifloslanishidir.
Tadqiqotchilarning hisob-kitobiga hozirgi kunda insonning xo’jalik faoliyati
natijasida dunyo bo’yicha yiliga 105-110 mlyard t. ga yaqin chiqindi yuzaga kelmoqda.
Chiqindilar qattiq gazsimon, suyuq holatda bo’lib, ularning bir qismi havoga, boshqasi
suvga, tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga o’tib, to’planib boradi.
Chiqindilarning yillar davomida to’planib borishi hozirgi kunda inson hayoti uchun o’ta
xavfli quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Atmosferaning ifloslanishi
. Atmosferadagi salbiy o’zgarishlar asosan, atmosfera
havosida ikkinchi darajali moddalar miqdorining o’zgarishi bilan bog’liq.
Atmosfera
ifloslanishning tabiiy va antropogen manbalari bo’ladi.
Sanoat korxonalari, avtomobillar va boshqa transport vositalari yoqadigan
yonilg’idan
atmosferaga azot oksidlari, qo’rg’oshin (har bir avtomobil bir yilda 1kg
qo’rg’oshin chiqaradi), kaliy, simob, boshqa metallar birikmalari, atsetilen, etilen,
metan, propan, toluol, benzopiren va boshqa uglevodorodlar ajralib chiqadi (11-rasm).
11-rasm. Atmosferaning ifloslanishi
Suv
havzalari, qishloq xo’jaligi ekinlari ekilgan dalalar, chorvachilik fermalari,
sanoat korxonalaridan chiqayotgan oqava suvlar bilan oqib keladigan metallar (masalan,
simob, qo’rg’oshin, rux, mis, xrom, marganets, qalay) radioaktiv va zaharli moddalar
bilan ham ifloslanishi mumkin. Metallar orasida ayniqsa, simob, qo’rg’oshin va ular
birikmalari juda xavfli hisoblanadi.
S
anoat
korxonalaridan
chiqqan chiqindilar, ekinlari parvarish qilishda foydalaniladigan
kimyoviy o’g’itlar, qishloq xo’jalik zararkundalariga qarshi qo’llaniladigan kimyoviy
vositalar ham oqava suvlar bilan suv havzalariga tushganida ularni ifloslantiradi. Azot
va fosforli organik birikmalar shahar kanalizatsiya quvurlari orqali ham ko’p miqdorda
suv havzalariga
kelib tushadi
(12-rasm).
12-rasm.Chuchuk suvlarning ifloslanishi.
Oziq moddalar kontsentratsiyasining ortishi suv havzasidagi biologik
muvozanatning buzilishiga olib keladi. Dastlab cuv havzasida mikroskopik suv
o’tlaritez ko’paya boshlaydi. Oziqning mo’l bo’lishi suv o’tlari
bilan oziqlanadigan
plankton qisqichbaqalar sonining ortishiga olib keladi. Bu esa planktonxo’r baliqlar va
boshqa hayvonlarning ko’payishiga imkon beradi.
Insoniyat qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari etishtirish maqsadida har yili
2200 km
3
chuchuk suv sarflaydi.
Bu suvning tahminan 60-80% i qishloq xo’jaligiga sarif bo’ladi. Sanoat tarmoqlari
orasida ayniqsa tog’ ruda qazib olish, po’lat yeritish, kimyo, neft-kimyo, sellyo’loza-
qog’oz va oziq-ovqat sanoatlari suvning ko’p sarf bo’lishiga olib keladi. Bu
tarmoqlar
ehtiyoji uchun sanoatda foydalaniladigan chuchuk suvning 60-80 % sarf bo’ladi.
Sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning bundan buyon o’sishi
qo’shimcha chuchuk suv zahiralarini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: