Moliyaviy hisobot Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar (budjet tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), shuningdek o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob hisobiga ega bo‘lgan soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) bilan belgilanadi.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl;
g) pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot — 4-son shakl;
d) xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot — 5-son shakl.
Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakl.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi — 1-son shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot — 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi. Agar balans yil boshida o‘zgartirilgan bo‘lsa, tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablariga izoh beriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati ham keltiriladi.
Korxona buxgalteriya balansini aktiv moddalarining tahlili Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o‘tkazilsa, qayta baholash natijalari hisobot yilining boshidagi moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda o‘tgan yilning oxiridagi va hisobot yilining boshidagi ko‘rsatkichlarning mos kelmasligi, hisobot yilining birinchi sanasiga o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotiga tuzilgan tushuntirish xatida bayon etiladi