AMALIY MASHG‘ULOTLAR
4-MASHG‘ULOT. LISONIY PARADIGMA
1-BLOK
SAVOLNOMA
(har bir savol va topshiriqqa javob talaba tomonidan mustaqil holda, yozma ravishda 4 jumladan ortiq bo‘lmagan hajmda bajariladi, zarur hollarda og‘zaki javob talab qilinadi)
1.Assosiatsiyaning mohiyati haqida gapiring.
2.Lisoniy paradigma deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
3.Lisoniy paradigma qanday turlarga ega?
4.Sistemada asosiy vosita elementmi yoki munosabat?
5.Paradigma sistemadan qanday farqlanadi?
6.Paradigmaning ochiqligi deganda nimani tushunasiz?
7.Paradigmaning yopiqligini izohlang.
8.Unlilar ochiq paradigmami yoki yopiq?
9.Paradigmatik belgilarni sanang.
2-BLOK
YOZMA TOPSHIRIQLAR
(yozma bajariladi)
NAFS HAQIDA
Tirik jon borki, nimaningdir ilinjida yashaydi. Ilinj odamlarni ne ko‘ylarga solmaydi! Chunki ilinj – nimanidir qo‘lga kiritish, olish degani, binobarin, insoniyat qavmining ko‘plab qayg‘u-sitamlari olish evaziga berish muvozanatining buzilishidan kelib chiqadi. Vaholanki, olish va berish dunyoni ostin-ustin bo‘lib ketishidan saqlab turgan posangi, bu ikki posangi teng saqlangan joyda farovonlik, xotirjamlik, aks holda..., kimdir atayin, kimdir ongsiz – ixtiyorsiz ravishda bu ikki posangi muvozanatini buzadi... Bu yorug‘ dunyoda ofat-u balolarning to‘xtamasligi inson zotining manglayiga ana shu o‘ta jo‘n va o‘ta mushkul hikmatni tushuna bilmaslik tamg‘asi urilganidan dalolat beradi. Bu tamg‘a “nafs” deb ataladi. Har qanday aql-idrokni aql idrok qiladigan ham, tinchlik – xotirjamlik kushandasiga aylantiradigan ham ana shu nafs (X.Do‘st.).
1-topshiriq. Matnni kuzating, nutqiy birliklarni aniqlang va ularning lisoniy asoslarini toping.
2-topshiriq. Lisoniy birliklar qaysi paradigmaga kirishini aniqlang.
3-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigma hosil qiluvchi belgisini aniqlang.
4-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigmada hosil bo‘luvchi belgisini toping.
5-topshiriq. Lisoniy birliklarning paradigmaga betaraf belgisini aniqlang.
3-BLOK
TEST TOPSHIRIQLARI
1.Paradigma so`zining ma’nosi: A ) namuna B) o`xshashlik C) qator D) tizim.
2.Morfologik paradigma: A) so`z turkumlari B ) morfologik kategoriyalar C) nokategorial shakllar D) so`zning morfologik shakllari.
3.Lisoniy paradigma: A) bir sathga mansub, bir umumiy ma`noli lisoniy birliklar B) bir sathga mansub ketma-ket bog`langan nitqiy birliklar C) assosiativ bog`langan gaplar D) turli sathga mansub, bir umumiy ma`noli lisoniy birliklar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent, 2010
2.Bushuy A.M., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. – Toshkent, 2007
3.Falsafa. Qomusiy lug‘at. –Toshkent, 2004
4.Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2009
5.Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. Darslik. – Toshkent, 2018
6.Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari. – Andijon, 2006
7.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2013
8.Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. – Toshkent, 2004
9.Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007
10.Yo‘ldoshev I. va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, 2013
11.Абдуазизов А., Шереметьева А. Общее языкознание. – Тошкент, 2004
12.Ne’matov H., Mengliyev B. Tilshunoslikning falsafiy masalalari. Monografiya. Qo‘lyozma
13.O‘TIL, 2 jildli
14.O‘TIL, 5 jildli
15.O‘TIL, yangi 5 jildli
16.O‘zME, 12 tomli
17.Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent, 2002
18.Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. – Toshkent, 1989
19.Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari – Toshkent, 1995
20.Vohidov R., Ne’matov H., Mahmudov M. So‘z bag‘ridagi ma’rifat. – Toshkent, 2001.
21.Navoiy A. Lisonut-tayr. –Toshkent, 1991
22.Tulenov J., G‘afurov Z. Falsafa. – Toshkent, 1997
Do'stlaringiz bilan baham: |