Amaliyot mashg‘uloti topshiriqlari
Raqamli aloqa uzatish vositalari va ularning turlari
Optik tolali aloqa tizimining strukturaviy sxemasi va uning taxlilini amalga oshiring.
Optik tolali aloqa liniyasida qo‘llaniluvchi regeneratorning strukturaviy sxemasini taxlil qiling.
Optik tolali aloqa liniyasining regeneratsiya uchastkalari orasidagi masofani xar bir talaba o‘ziga biriktirilgan dastlabki ma’lumotlar asosida xisoblaydi (9.1-jadval).
9.1-jadval
№
|
Ak, dB/km
|
Ar, dB
|
AsvdB
|
l, km
|
№
|
Ak, dB/km
|
Ar, dB
|
AsvdB
|
l, km
|
1
|
0,22
|
0,45
|
0,03
|
2
|
11
|
0,3
|
0,45
|
0,03
|
3,1
|
2
|
0,23
|
0,51
|
0,026
|
2,4
|
12
|
0,23
|
0,53
|
0,032
|
3,3
|
3
|
0,25
|
0,48
|
0,032
|
3
|
13
|
0,29
|
0,46
|
0,029
|
4
|
4
|
0,21
|
0,47
|
0,027
|
3.2
|
14
|
0,2
|
0,53
|
0,03
|
4,2
|
5
|
0,23
|
0,52
|
0,03
|
2,4
|
15
|
0,24
|
0,52
|
0,027
|
3,8
|
6
|
0,26
|
0,45
|
0,031
|
3,1
|
16
|
0,25
|
0,53
|
0,026
|
2
|
7
|
0,27
|
0,55
|
0,033
|
3,3
|
17
|
0,27
|
0,47
|
0,027
|
2,4
|
8
|
0,3
|
0,54
|
0,03
|
4
|
18
|
0,31
|
0,51
|
0,034
|
3
|
9
|
0,31
|
0,49
|
0,029
|
4,2
|
19
|
0,32
|
0,48
|
0,031
|
3.2
|
10
|
0,2
|
0,5
|
0,03
|
3,8
|
20
|
0,2
|
0,5
|
0,028
|
2,4
|
Optik kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsientini 25-30dB oralig‘ida olinadi. Ajraladigan ulagichlar soni barcha uchun bir xil 2 ga teng.
3. Amaliyot mashg‘ulotini bajarish
Amaliyot ishi 2 - qismga ko‘ra xisobot ko‘rinishida tayyorlanadi va talaba tomonidan himoya qilinadi. Talaba o‘ziga biriktirilgan variantdagi dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha xisoblashlarni amalga oshiradi va xisobotga kiritadi.
Amaliy mashg‘ulot№12
Mavzu: Optik abonent kirish tarmoqlarida optik budjetni xisoblash
Ishdan maqsad: Optik abonen kirish tarmoqlarida optik budjet tushunchasi va uni xisoblashni o‘rganish
Nazariy qism
Ma’lum bir xududdagi ATS dan optik liniya tortilgan oxirgi xonadongacha bo‘lgan masofa yoki optik aloqa linisining uzunligi aynan tarmoqdagi optik budjet miqdoriga bog‘liq. Optik kirish tarmoqlarini asosiy cheklovchi omillardan biri bu optik byudjed bo‘lib, optik budjet bu ATS dagi OLT (optik liniya terminali) ga ulanish nuqtasidan to eng uzoq masofada joylashgan abonent qurilmasi ONT gacha bo‘lgan optik toladagi maksimal so‘nishning qiymatidir. Yoki boshqacha qilib aytganda ushbu uchastkadagi ruxsat etilgan maksimal so‘nish qiymati bo‘lib, ushbu uchastka uzunligi bundan ortiq bo‘lganda so‘nish qiymati optik budjetdan ortib ketadi va ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Optik budjetning to‘liq xisoblangan qiymati aktiv qurilmalar, optik tolali kabel va tarmoq komponentalarining texnik ma’lumotlariga asosan amalga oshiriladi.
Optik budjetni xisoblashda bitta OLT-ONT lar orasidagi kanal uchun xisoblashlarni amalga oshirish yetarlidir (3.7-rasm). Optik budjetning xos xisoblashlari tarmoq texnologiyasi va uning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni xisobga olgan xolda amalga oshirilishi lozim. Bunday yo‘qotishlarning manbalari quyidagilar[10]:
Optik toladagi so‘nishlar (kilometriga xisoblanadi), bu optik tolaning uzunligi va so‘nish koeffitsienti orqali izoxlanadi (jadval);
Ajralmaydigan ulanishlar (montaj qilingan ulanishlar). Bunday yo‘qotishlar butun bir liniyadagi montaj bo‘lagn tugunlar soni va har bir ulanishdagi so‘nish miqdori bilan ifodalanadi. Bunda bitta ulanishdagi yo‘qotish meyori 0,05-0,1 dB gacha qiymatlarni tashkil etadi;
Ajraladigan ulanishlar xisobiga yo‘qotishlar (konnektorlar, yoki optik ulagichlar). Bunday yo‘qotishlarning umumiy qiymati xar bir konnektordagi yo‘qotishlar va butun liniya uzunligidagi konnektorlar yordamida ulanishlar soniga bog‘liq xolda aniqlanadi. Bitta ajraladigan ulanishdagi yo‘qotishning meyoriy qiymati 0,2-0,3 dB gacha qiymatlarni tashkil etishi mumkin;
tarmoqlagichlar (splitterlar) asosiy yo‘qotishlar manbai xisoblanib, tarmoqlagichga kiruvchi quvvat bin necha chiqish portlariga teng taqsimlanadi. Tarmoqlagichlarning yo‘qotishlari tarmoqlash soniga bog‘liq (ya’ni chiqish portlari soniga) va 1:2 turdagi splitter uchun yo‘qotishlar taxminan 3 dB ni tashkil qiladi va chiqish portlarining soni har ikki marta oshganda yo‘qotishning qiymati 3 dB ga ortadi. Bu yo‘qotishlar ikkala yo‘nalishdagi (OLT dan ONT ga tomon uzatilayotgan va aksincha ONT dan OLT ga taomon uzatilayotgan) signallar uchun ham qabul qilinadi.
Ekspluatatsion zaxira, linayadagi shikastlanishlarni xisobga olgan xolda ta’minlanishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha quvvat. Shuningdek bu ekspluatatsion zaxira uzatish sharoitining yomonlashuvi va tarmoqning kelajakdagi rivojlanishini nazarda tutgan xolda ham ta’minlanishi lozim. Bunday ekspluatatsion zaxiraning qiymati 2...4 dB ni tashkil etib uning maksimal qiymati 6 dB, tavsiya qilingan qiymati esa 3 dB bo‘lishi mumkin.
GPON tarmog‘i uchastkasidagi barcha yo‘qotishlarning yig‘indisi mazmunan so‘nishning energetik potensialini anglatadi (3.7-rasm).
3.7 –rasm. So‘nishning energetik budjeti
ONT ning kirishidagi quvvat turlicha bo‘lishi mumkin., vaxolanki abonentlar asosiy stansiyadan turli masofada joylashishlari mumkin. Ya’ni optik signal quvvatiga klaster rayonigacha bo‘lgan magistral kabelning uzunligi va undagi yo‘qotishlar manbalari ta’sir qiladi.
Endi ma’lum bir ATS da joylashga OLT dan ma’lum uzoqlikda joylashgan abonentning ONT qurilmasi orasidagi optik liniya uchun so‘ninishning energetik budjetini xisoblaymiz. Xisoblashlar shartli ravishda berilgan qiymatlar asosida amalga oshiriladi. 3.8-rasm GPON tarmoq uchastkasini yo‘qotishlar manbaalari bilan illustrasiyasini ifodalaydi.
3.8 – rasm. GPON tarmoq uchastkasi, ya’ni biror ATS dagi OLT dan abonent ONT sigacha bo‘lgan uchastka
GPON tarmoq uchastkasidagi OLT dan ma’lum uzoqlikda joylashgan aboentning ONT qurilmasi orasidagi optik liniya uchun so‘ninishning energetik budjetini xisoblash maqsadiga shartli ravishda berilgan dastlabki ma’lumotlar:
Daraxtsimon liniya uchun optik tolali aloqa liniyasi uzunligi:
Li = 3,697 km;
Optik toladagi so‘nish koeffitsienti: α = 0,35 dB/km;
Optik splitterlar soni: N1/4 = 1, N1/8 = 1;
Ajraladigan ulanishlar soni: Np = 5;
Ajralmaydigan, mantaj qilingan ulanishlar soni: Ns = 6;
Ekspluatatsion zaxira: Ae.z = 3 dB;
Ishchi to‘lqin uzunligi λ=1310 nm.
Quyidagi 3.2-jadvalda GPON daraxtsimon tarmog‘ida qo‘llaniluvchi optik komponentlar tomonidan kiritiladigan yo‘qotishlarning o‘rtacha qiymati keltirilgan.
Jadqal-3.2
Do'stlaringiz bilan baham: |