Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar)- juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalari, global informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Super kompyuterlar bahsida AQSH energetika vazirligining Sandia laboratoriyasida o’rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI Red kompyuteri karvonboshlik qilmoqda. U kompyuterlar tezligini o’lchovchi- Linpacr parallel testida 1 TFLOPS (1 TFLOPS-1000 GFLOPS teng, 1GFLOPS esa 1000000 FLOPS, 1FLOPS-sekundiga 100000 amalga teng). Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo’llaniladi. E’tiborlisi shuki, Tokio universiteti dunyoda to’rtinchi o’rinda turadigan, sekundiga 873GFLOPS amal bajaradigan, 128 protsessorli SGI ASCI Blue kompyuteriga ega.
Quyidagi jadvalda Top kompyuterlar haqida ma’lumot keltirilgan:
Reyting
|
Superkompyuter rusumi
|
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
|
Shirkat nomi
|
Protsessor
soni
|
Quvvati
(GFLOPS)
|
1
|
Intel ASCI Red
|
AQSH
|
Intel (AQSH)
|
9472
|
1338
|
2
|
SGI ASCI Blue
|
AQSH
|
SGI (AQSH)
|
6144
|
634
|
3
|
SGI T3E1200
|
AQSH
|
SGI (AQSH)
|
1084
|
430
|
4
|
Hitachi SR8000
|
Yaponiya
|
Hitachi (Yaponiya)
|
128
|
368
|
5
|
SGI T3E900
|
AQSH
|
SGI (AQSH)
|
1324
|
264
|
6
|
SGI ORIGIN 2000
|
AQSH
|
SGI (AQSH)
|
2048
|
232
|
7
|
SGI T3E900
|
Buyo`qbritaniya
|
SGI (AQSH)
|
876
|
230
|
8
|
IBM
|
AQSH
|
IBM (AQSH)
|
1952
|
213
|
9
|
SGI T3E900
|
AQSH
|
SGI (AQSH)
|
812
|
196
|
10
|
SGI T3E1200
|
Buyo`qbritaniya
|
SGI (AQSH)
|
612
|
196
|
Shuni qayd qilish lozimki, super kompyuterlarning ma’lum yo’nalish masalalarini yechishga qaratilgan turlari ham mavjud.
Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/ 9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturviy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan(maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o’zlarining «katta og’alari» Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko’tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.
Shaxsiy kompyuterlar.
Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o'tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to'plami bo'lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi.
Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko'rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya'ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.
Oradan ikki yil o'tib, 1971 yil shu kompaniya 4004 markali birinchi mikrosxemaga joylangan prosessorni ishlab chiqdi. Bu mikrosxemalar keyinchalik mikroprosessor deb atala boshlandi. Bu mikrosxemaga ikki mingdan ortiq tranzistor joylangan bo'lib, u to'rt razryadli markaziy prosessor edi, ya'ni u ikkilik sanoq sistemasidagi to'rt xonali sonlar ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajara olar edi. Bu mikroprosessor mikrokalkulyatorlar yasash uchun mo'ljallangan edi. Lekin ularni buyurtirgan yapon firmalaridan biri buyurtmadan voz kechdi va bu mikroprosessorlar ochiq savdoga chiqarib yuborildi. Raqamli elektronikaning bu yutug'i keng ommaga ma'lum bo'lib, katta shov-shuvga sabab bo'ldi.
Oradan bir yil o'tib, kompaniya 1972 yil navbatdagi mikroprosessorni, bu safar birinchi sakkiz razryadli 8008 rusumli mikroprosessorni sotuvga chiqardi. Bu bevosita kompyuterlarda qo'llash uchun mo'ljallangan mikroprosessor edi. Bu mikroprosessor kompyuter arxitekturasi (uning tarkibiy tuzilishi va ichki tuzilmasi) ni butkul o'zgarishiga olib keldi.
1976 yilda sotuvga chiqarilgan 8080 rusumli mikroprosessor kompyuter olamida inqilob yasab, ommaviy shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Bu mikroprosessor va uning analoglari (yoki klonlari, ya'ni uning o'rnini bosa oladigan, lekin boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan mikrosxemalar) Z80, KR580 va boshqalar asosida yaratilgan shaxsiy kompyuterlar bir necha yuz dollar narxda ommaviy ravishda sotila boshlandi. Mikroprosessorlarni boshqa kompaniyalar ham ishlab chiqara boshladilar. Ular orasida Zilog va Motorola kompaniyalarini alohida ta'kidlash lozim. 8080 mikroprosessori va uning klonlari tarixda eng ko'p va eng uzoq ishlab chiqarilgan mikroprosessor hisoblanadi. Ular XXI asrning boshida ham uchinchi dunyo davlatlari tomonidan ishlab chiqarilar edi. Unda bor-yo'g'i 6000 ta tranzistor bo'lib, uni ishlab chiqarish keyinchalik juda arzonlashib ketdi. Bir vaqtlar bir necha yuz dollar turgan bu mikroprosessor oxirgi paytda donalab emas, balki kilogrammlab sotila boshlandi.
Hozirgi paytda Intel kompaniyasidan tashqari AMD, NVidia va Motorola kompaniyalarining mikroprosessorlari keng qo'llaniladi. AMD kompaniyasi PC rusumidagi kompyuterlar uchun mikroprosessorlar, NVidia shu kompyuterlarga videoprosessorlar, Motorola esa o'yin kompyuterlari (Sony Play Station) va Apple kompaniyasining kompyuterlari, mobil telefonlar uchun mikroprosessorlar ishlab chiqadi.
Zamonaviy shaxsiy kompyuter sxemasi:
1. Mоnitor
2. Ona plata
3. Protsessor
4. ATA porti
5. Operativ xotira
6. Kengaytirish kartalari
7. Kompyuter quvvat bloki
8. Diskovod
9. Qattiq disk
10. Klaviatura
11. Kompyuter sichqonchasi
Noutbuk kompyuterlar. Noutbuk kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo’lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko’tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektr energiyasidan va ichiga o’rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.
Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o’zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo’ljallangan bo’ladi. Hozirda bunday noutbuklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o’z imkoniyatlari nuqtayi nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo’lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot tizimlar MS DOS, qobiq dasturlar, Windows ning oxirgi lahjalarida va boshqa amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi.
Hozirda noutbuk kompyuterlaridan ham ixcham cho’ntak kompyuterlari ham ishlab chiqilmoqda. Ular ham tabiiyki, amaliyot tizimi boshqaruvida ishlaydi va ular turli soha masalalarini yechishga qodir.
Planshet kompyuteri. Insonning eng qulay quroli, so‘zsiz, uning qo‘llaridir. Pianinochi, skripkachi yoki gitarachi barmoqlarini virtual holatda ishga solayotganini ko‘p ko‘rganmiz. Uqalovchi-massajchi barmoq uchida qanday mo‘jizalarni amalga oshiradi, chevar esa barmoqlarni ishga solib nafis so‘zanalar yaratadi. Ishlab chiqaruvchilar har qanday sichqoncha, trekbol yoki boshqa manipulyatorlarni o‘ylab topmasinlar, tabiat insonga bergan barmoqlardan yaxshisini topish qiyin. Aynan shuning uchun so‘nggi davrda planshet SHK, birinchi navbatda, barmoq uchidagina boshqarish mumkin bo‘lgan internet-planshetlar ommaviylashib ketdi.
Planshet kompyuteri (ingl. Tablet computer yoki elektron planshet) — turli sensorli ekranga ega bo‘lgan mobil kompyuterlari (qurilmasi) tushunchasini beradi. Planshet kompyuterini qo‘l yoki stilusni tekkizish orqali boshqarish mumkin. Klaviatura va sichqoncha har doim ham mavjud bo‘lmaydi. Planshet kompyuterlariga agar sensorli ekrani mavjud bo‘lsa, quyidagi qurilmalarni kiritishmumkin: planshet shaxsiy kompyuter; slate PC; ultramobil SHK; mobil internet-qurilma; Internet-planshet; elektron kitob.
Bugungi kunda jahonda eng ommabop va ko‘p sonli planshet-kompyuterlar internet-planshetlar bo‘lib hisoblanadi.
Internet-planshet. Internet-planshet (ingl. Internet tablet yoki Web tablet — Veb-planshet yoki Pad tablet — Pad-planshet (Bloknot planshet), yoki Web-pad — Veb-bloknot, yoki Surfpad — Veb-serfing-bloknot) — smartfonlar uchun foydalaniladigan klassdagi apparatli platformada qurilgan, ekrani diagonali odatda 5 duymdan to 11 duymgacha bo‘lgan planshetli kompyuterlar turiga kiruvchi mobil kompyuter.
Internet-planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi, u bilan ishlash fizik klaviatura va sichqonchadan foydalanmasdan, barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish umuman olganda, klaviaturada terish tezligidan qolishmaydi. Ko‘plab zamonaviy internet-planshetlar dasturlarni boshqarish uchun multitach-jestlardan foydalanishga imkon beradi.
Internet-planshetlar, odatda, Wi-Fi yoki 3G/4G-ulanish orqali internet tarmog‘iga doimiy ulangan bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun internet-planshetlardan veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish), veb-ilovalarni ishga tushirish va biror-bir veb-xizmatlar bilan aloqada bo‘lish uchun foydalanish qulay hisoblanadi. Internet-planshet ushbu holatda SHK yoki noutbukning o‘rnini to‘la bosa olmasligini hisobga olish kerak, chunki uning mobillikka yuqori talablar sababli (kam energiya sarflashi va kattaliklari) funksionalligi cheklangan.
Topshiriqlari:
Shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni saqlang
Elektron doskadan foydalaning
Multimedia proektorlardan foydalanishni ko`rsatib bering
Sinov savollari:
Kompyuter necha sinfga bo`linadi?
Super kompyuterlar qayerda qo`llaniladi?
Mini kompyuterlani farqi nimada?
Planshet qanday kompyuter?
Do'stlaringiz bilan baham: |