2-topshiriq. TARJIMAYI HOL.
ESHMATOV FALONCHI TOSHMATOVICH
Manzil
|
Toshkent shahar
|
Telefon
|
+998 YY XXX-XX-XX
|
E-mail
|
somebody@example.com
|
Tug’ilgan sana
|
01.01.XXXX (YY yosh)
|
Maqsad
|
O’z qobiliyatim va imkoniyatlarimga munosib ish qidiryapman
|
Soha
|
Texnik quruvchi, Bino va inshoatlar qurulishi mutaxassisligi
Samarqand Sanoat Texnikumi, 1989-1994, O’rta-maxsus
|
Qo’shimcha bilimlar
|
Office Word va Excel dasturlarida ishlash
|
Ish tajribasi
|
Kolxozchi, Paxtachi tumani Q. Rajabov J/X (1988 -1989, 1991-1996)
Sokchi, Navoiy shaxar IIB xuzuridagi kuriklash bulimi (1997 — bir yil)
Usta-duradgor, Muborakgaz DUK (1998 — bir yil)
Usta-duradgor, Buxoro Neftni kayta ishlash zavodi (1999-2001 — ikki yil)
Usta-duradgor, Navoiyazot OAJ (2002-2004 — ikki yil)
Usta chilangar, Elektrotexnoservis OAO (2005-2013 — sakkiz yilu uch osh)
|
Xorijiy tillar
|
Rus tili — erkin gaplashish va yozish
Ingliz tili — o’rtacha
Fors tili — o’rtacha
|
Shaxsiy xususiyatlari
|
Faol, oldiga qo’ygan maqsadlariga erishuvchan;
Muomalali;
Ma’suliyatni his qiladigan, optimist;
Yaratuvchan, tashabbuskor, tez o’rganuvchan.
|
Tavsiyanomalar
|
SOMAEV KIMDIR KTOTAEVICH
«HYDRARGENTUM OAJ» bosh direktori
|
2-topshiriq. TAVSIFNOMA.
Navoiy shahar 8-umumiy ta’lim maktab matematika fani o’qituvchisi 8-“I” sinf rahbari Nabiyeva Samiya Qodirovnaga
TAVSIFNOMA
Nabiyeva Samiya Qodirovna 1997-1998 o’quv yilidan buyon shu maktabda matematika fanidan dars berib kelmoqda. Hozirgi kunda 8-“I” sinf rahbari, ish faoliyati davomida 2014-2015 o’quv yilida turli mavzularda maktabda ochiq dars va tadbirlar o’tkazib o’quvchilarni ma’naviy yuksalishiga o’z hissasini qo’shdi.
O’qituvchi o’z fani bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan muntazam mashg’ulotlar olib boradi. Maktabda matematika, fizika, informatika fani uslub birlashmasining vazifalarini muntazam bajarib keladi, boshqa fan o’qituvchilari bilan dars tahlillariga kirib o’z tajribasini yanada boyitib boradi. Kutubxonada badiiy kitoblar, gazetalardan foydali ma’lumotlar olib boradi. Maktabda siyosiy o’quv darslariga qatnashib boradi.
8-I sinfida yil davomida ochiq tarbiyaviy soat darslar tashkil etib, multimedia vositalaridan foydalanib dars o’tadi. O’qituvchi sinf o’quvchlari, ota-onalari bilan doimo suhbatlar o’tkazib boradi va ularni darsga jalb etib boradi.O’quvchilarga o’ta mehribonlik va jonkuyarlik bilan yondashadi.
O’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda kelajakka va vatanga bo’lgan ishonchini mustahkamlashda katta yordam berib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |