Uning zaruriy qismlari:
Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo`lim yoki shaxs tomonidan bеrilyapti.
Hujjatning nomi (Hisobot).
Hisobot matni.
Lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
Sana.
Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat safari va rahbarning muayyan topshirig`ini bajarish bo`yicha hisobotlar ma'lum davr ishlari bo`yicha hisobotdan qisman farq qiladi. Zaruriy qismlari:
Sarlavhasi : idora rahbarining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, kim tomonidan qanday topshiriq uchun hisobot bеrilyapti.
Hujjatning nomi (Hisobot).
Hisobot matni («Sizning topshirig`ingizga binoan» kabi iboralar bilan boshlanadi, topshiriq qanday bajarilganligi aniq ma'lumotlar bilan bayon qilinadi ; xulosa yasaladi).
Ilovalar ko`rsatiladi (ko`p hollarda).
Hisobot bеruvchining lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
Sana.
Do'stlaringiz bilan baham: |