Amaliy mashg´ulot. Xorijiy davlatlardan kelgan transport vositalarini fitosanitar nazorat qilish



Download 16,97 Kb.
Sana11.07.2022
Hajmi16,97 Kb.
#774965
Bog'liq
3- Amaliy mashg


  1. Amaliy mashg´ulot. Xorijiy davlatlardan kelgan transport vositalarini fitosanitar nazorat qilish.

Xorijdan yuk olib kelgan temir yo‘l vagonlari chegara stansiyalarida to‘xtagandan keyin undagi yuklar mamlakat ichkarisiga maxalliy vagonlarga ortilishi kerak. YUkni ortish davrida karantin inspektori yuklarni va vagonlarni nazoratdan o‘tkazadi. Kuzatish jarayonida karantin ob’ektlar aniqlansa yuk vagon bilan birga zararsizlantiriladi. YUk tushirib bo‘lgandan keyin vagonning poli, devori, shipflari nazoratdan o‘tkaziladi. Tushirilgan yuklar chegara stansiyasi maydonchasida, yoki omborxonasida qayta nazorat qilinadi.


Temir yo‘l vagonlarida kelgan yo‘lovchilarning qo‘l yuklarini bojxona xodimlari bilan birga tekshiriladi. Har bir yo‘lovchining qo‘lidagi yuklardagi o‘simlik materiallarini (urug‘, piyozboshlar, mevalar) nomi ko‘rsatishi shart. Yo‘lovchilarning bagaj yuklari bojxona maskanida karantin tekshiruvidan o‘tkaziladi. Nazorat davomida qishloq xo‘jalik ekinlarining urug‘larida, piyozboshlarida, don mahsulotlarida karantin ob’ektlar aniqlangan taqdirda uni yo‘lovchidan olib qo‘yilib ishlov berilgandan keyin egasiga qaytariladi yoki maxsus dalalotnoma bilan yo‘q qilinadi.
Konteynerlarda kelgan yuklar chegara maskanlarida birlamchi nazoratdan o‘tkazilsa, ikkilamchi tekshiruv maxalliy karantin inspektorlarini bojxona xodimlari bilan birga jo‘natilgan joyida tekshiriladi.
Xorijdan kelgan samolyotlarni nazorat qilishda ekipaj a’zolarining qo‘l yuklari, oziq ovqatlar maxsulotlari tekshirib ko‘riladi. Karantin inspektori tomonidan yo‘lovchilar qo‘lida aniqlangan mevalar, sabzavodlar, gullarning piyozboshlari, urug‘lar ko‘chatlar yo‘lovchilardan olib qo‘yiladi va o‘rnatilgan tartib bo‘yicha yo‘q qilinadi. Samolyot bortidagi xorijdan sotib olingan meva, sabzavotlarning sog‘lomlari iste’mol uchun qoldirilsa, kasallanganlari yo‘q qilib tashlanadi. Bu to‘g‘rida yo‘lovchi va bojxona xodimlari ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Xorijdan kelgan kemalarni nazorat qilishda kemaning oziq ovqat zaxirasi, tryumdagi yuklari, idishlardagi yuklar, to‘kilgan yuklar bojxona xodimlari bilan birga ko‘rib chiqiladi. Kemaning kayutasida kelgan yo‘lovchilar, kema ekipaji a’zolari qo‘lidagi mevalar, urug‘lar, ko‘chat va gul buketlari, urnadagi meva qoldiqlari zararlanganlik darajasi aniqlanadi. Kemadagi yuklar hasharotlar bilan zararlangan bo‘lsa, ularni brom metil bilan fumigatsiya otryadi xodimlari tomonidan zararsizlan tiriladi.
Ilmiy tadqiqot ishlari uchun rejalashtirilgan urug‘lar, o‘simlik namunalari intraduksion karantin uchastkalarida yoki pitomniklarda bir yil davomida o‘stirish uchun jo‘natiladi.
Tuvaklarda olib kelingan gullar, guldastalardagi gullar karantin ob’ekti aniqlanmasada yo‘q qilinishi yoki vataniga qaytarilishi kerak. Tuvak gullari er ustki qismi zararlanmagan bo‘lsa, egasiga karantin tekshiruvidan keyin berilishi mumkin.
Ilmiy tekshirish laboratoriyasi xodimlarining materiallari (ko‘chatlar, qalamchalar, tuganaklar, piyozboshlar, urug‘lar) zarur xujjatlari bo‘lgan taqdirda, yashiklar, chemodanlar tashqi kuzatuvdan o‘tkazilib, keyin ekspertiza uchun karantin laboratoriyasiga tekshirishga jo‘natiladi.
CHegara maskani va asosiy yo‘llardan o‘tadigan avtoulovlarning mamlakat ichkarisiga kirib kelayotgan avtobuslar, engil va yuk avtomobillarini karantin inspeksiyasi xodimlari bojxona xodimlari bilan birga nazorat qiladi.
Karantin inspektori avtoulov ichidagi, yo‘lovchilarning qo‘l yukidagi mevalarni, kartoshkani, poliz maxsulotlarini, o‘simlik urug‘larni aniqlangan taqdirda ularni olib qo‘yadi.
YUk avtomashinalaridagi xujjatlar bilan tanishilgandan keyin barcha o‘simlik materiallaridan laboratoriya ekspertizasi uchun namunalar olinadi.
CHegara maskanini velosipedda, mototsiklda kesib o‘tuvchi sportsmenlar, yayov yuruvchi turistlar, sayoxatchilar yukidagi sabzavod va poliz maxsulotlari olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi.
CHegara maskanini kesib o‘tuvchi xayvonlarning oziq ovqatlari, junlarini hasharot va begona o‘tlar urug‘lari bilan zararlanganlik darajasi tekshiriladi.
Avtorefrejeratorlardagi chegara po‘stlarini kesib o‘tuvchi mevalar maskandan o‘tishda va karantin inspektori yukning borib tushadigan joyida kuzatib, namunalar olishi mumkin.
Xalqaro pochtamtlardagi materiallarni nazorati va ekspertizasi xorijdan kelgan posilkalar, bondarollarni tekshirish asosida amalgan oshadi. Bunday posilkalarda ilmiy tadqiqot institutlari va botanika bog‘lariga kelayotgan o‘simliklarning urug‘lari, ko‘chatlari, piyozboshlari, tuganaklari jo‘natilgan bo‘ladi.
Bunday posilkalar tashqi tomonidan nazorat qilingandan keyin respublika karantin laboratoriyasiga ekspertiza uchun jo‘natiladi. Ekspertiza jarayonida karantin ob’ektlar aniqlangan taqdirda ularni olib qo‘yiladi va fumigatsiya qilinib zararsizlantiriladi. Posilka ichiga materiallarni olib qo‘yilganligi to‘g‘risidagi dalalotnomani ilova qilinadi. Tekshirilgan posilkalarda karantin ob’ektlar aniqlanmagan taqdirda uni pochtaga jo‘natilib egasiga topshirish uchun ruxsat beriladi.
Ilmiy muassasalarga jo‘natilgan gerbariy materiallari pochtamtlarda ko‘zdan kechiriladi, uning gerbariy qog‘ozlari ,idishlari, barglari, novdalari diqqat bilan kuzatilib, zamburug‘lar g‘uborlari, kasallik belgilari aniqlanmagan taqdirda egasiga dallatnoma asosida topshirilishi mumkin. Gerbariylardagi begona o‘tlar urug‘lari, karanitin kasalliklari aniqlangan taqdirda bunday namunalar olib qo‘yiladi va Respublika karantin inspeksiyasining ko‘rgazmasi kutiladi.
Xalqaro posilkalarda un, mosh, loviya, kompot aralashmasi, quritilgan mevalar, dorivor o‘simliklar va mevalar bo‘lishi mumkin. Bunday maxsulotlar pochtamtning o‘zida nazorati amalga oshiriladi. Bunday materiallarda karantin ob’ektlari aniqlangan taqdirda 1000 S haroratda bir soat davomida termik ishlovdan o‘tkazilib zararsizlantiriladi.
Download 16,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish