Amaliy mashg`ulot
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta'sir o`tkazish ob'yekti har xil yoshdagi insonlar hisoblanib, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni psixologik tashxis, psixoprofilaktika, psixologik maorif va ma'rifat, psixodiagnodtika, psixik rivojlantirish va psixokorreksiya, psixologik konsultatsiyadan iboratdir.
Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmat xonasi va undagi shart-sharoitlar psixolog uchun yuqori natijaga erishishida ahamiyatga ega. Psixologik xizmat ko`rsatishda bir qancha me'yoriy hujjatlar kerak bo`ladi. Jumladan,
* O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari;
* O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari;
* Ta'lim muassasalarida psixologik xizmat to`g`risidagi Nizom;
* Sohaga oid gazeta va jurnallar;
* Me'yoriy hujjatlar to`plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar);
* Yuqori tahskilotlardan kelgan xatlar, buyruqlar va ularning ijrosi to`g`risidagi papkalari;
* Hisobotlar;
1. Psixologik tashxis ishlari bo`yicha:
1.1. O`quvchilarni psixologik jihatdan o`rganish, ularning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash, xulq-atvoridagi o`zgarishlar, nuqsonlar sabablarini aniqlab berishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi;
1.2. O`quvchilar haqida umumiy ma'lumot;
1.3. O`quvchilarning yosh xususiyatlariga ko`ra ajratilgan guruhlar ro`yxati;
1.4. Oilali yoki turmush qurmagan o`quvchi yoshlar guruhi ro`yxatlari;
1.5. Psixologik tashxis uchun kerakli test, so`rovnomalar va metodikalar yig`ma jildi;
1.6. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash rejasi va o`quvchilar ro`yxati;
2. Psixoprofilaktik ishlar bo`yicha:
2.1. Ta'lim muassasasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan psixologik-pedagogik muammolarning oldini olishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar rejasi;
2.2. Tarbiyasi og`ir o`quvchilar ro`yxati;
2.3. O`quvchilar bilan individual suhbat daftari;
2.4. Xulqi og`ishgan o`quvchilar bilan ishlash uchun maxsus metodikalar, test va so`rovnomalar yig`ma jildi;
3. Psixologik korrekiya ishlari bo`yicha:
3.1. Shaxs shakllanishi va psixik rivojlanishida sodir bo`ladigan kechikish, salbiy buzilish va nuqsonlarni bartaraf etish, shaxs va jamoaga faol ijobiy ruhiy ta'sir o`tkazish, shaxslararo munosabatlardagi muammolarni bartaraf etishga doir ishlar rejasi;
3.2. Psixokorreksiyaga muhtoj o`quvchilar ro`yxati;
3.3. Muyyan diagnostikalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar majmui;
3.4. Zamonaviy psixodiagnostik va psixokorreksion metodikalar majmui;
3.5. O`quvchilarga yordam berish uchun ishlab chiqilgan yo`riqnomalar;
4. Psixologik maslahat ishlari bo`yicha:
4.1. O`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar o`rtasidagi o`zaro yoki shaxsiy muammolarni hal etishga yordam berish, ziddiyatlar va nizolarni yumshatish, har kimning o`zini namoyon qila olishi uchun shart-sharoit yaratish, ularni o`z psixologik salomatliklarini muhofaza qilishga qaratilgan ishlar rejasi;
4.2. O`quvchilarni o`qishga qiziqtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tadbirlar ro`yxati;
4.3. O`quvchilarni ta'lim muassasasiga moslashishiga oid trening mashgu`lotlari yig`ma jildi;
4.4. O`qituvchilar bilan ishlash papkasi;
4.5. O`tkazilgan suhbat yoki maslahatlar bayonnomalari;
5. Ijtimoiy -psixologik ma'rifat va tashviqot ishlari bo`yicha:
5.1. Ta'lim muassasasi pedagog jamoasi, o`quvchilari va ularning ota-onalarining psixologik bilimlarini oshirish yo`naltirilgan ishlar rejasi;
5.2. Pedagogik jamoa, o`quvchilar va ularning ota-onalarini psixologik madaniyatini oshirish, psixologik bilimlarni egallashga doir targ`ibot materiallari to`plami;
5.3. O`tkazilgan yig`ilishlar bayonnomalari;
5.4. Ota-onalar uchun so`rovnomalar, tetslar to`plami;
5.5. Pedagogik jamoa va o`quvchilar o`rtasida o`tkaziladigan yi`g`ilishlar uchun ma'ruzalar ;
5.6. Alohida ishlash lozim bo`lgan o`quvchilar uchun ko`rsatma va tavsiyalar;
5.7. Psixologik xizmat ishlaridan namunalar;
5.8. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot va hisobotlar;
6. Ijtimoiy kasbiy moslashuv ishlari bo`yicha:
6.1. O`quvchilarni layoqati, qiziqishi va qobiliyatlari mos kasblarni tanlashiga doir chora-tadbirlar rejasi:
6.2. Turli kasblarning jamiyatdagi roli, farqi va zaruriyligini hisobga olgan holda kasblar haqidagi ma'lumotlar papkasi;
6.3. Kasbiy qiziqishlarini aniqlovchi test va metodikalar papkasi;
6.4. Turli kasb egalari bilan tashkil qilingan davrs suhbatlari bayonnomalari;
6.5. Turli kasb sirlarini ochib berishga qaratilgan tadbirlar va ochiq muloqotlar bayonnomalari;
6.6. Kasb soha egalari bilan bevosita ish ustida, ya'ni amaliyotda uchrashuvlar tashkil qilish rejasi;
6.7. Natijalar tahlillari;
6.8. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan chorak va yillik hisobotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |