3-mashq. O’qing. So’z birikmalarini aniqlang. Faqat yordamchi so’zlar vositasida tuzilgan so’z birikmalarini ko’chirib, turini ayting.
1. U hamisha oldinga, kamolot sari intildi. Xo’sh, kamolotning o’zi nima? Kamolot ulkan mehnat va insonga nisbatan chuqur mehr-muhabbatdir. Kamolot kishining o’z iste’dodini yuksaltirishi va bilimini boyitishidir. Eng muhimi shuki, kishi o’zi orttirgan bilimini boshqalar bilan o’rtoqlashmog’i lozim. (L. Batь.) 2. Karimjon bilan ikkalamizga ayvonga joy qilib berishdi. Mayin shamol daraxt yaproqlari bilan so’zlashayotgan kabi, uzoqdan soy shivirlaydi. Qo’rg’onning orqasida bulbul xonish qiladi. Gullarning yoqimli isi dimoqqa uradi. Uyqum o’chib, notanish yerlarning sehrli tungi manzarasini to’losha qilib yotdim. (S. Yunusov.)
4- mashq. O’qing. Affikslar yordamida, yordamchi so’zlar vositasida, shuningdek, intonatsiya orqali tuzilgan so’z birikmalaridan ikkitadan ko’chirib, birikma hosil qilishda ishtirok etgan vositalar tagiga chizing.
1. Iroda insonning qudrati, sevishi va sevilishi, nafrati va quvonchi, vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abd.) 2. Navoiy keksa do’stiga Xorazmiyning «Muhabbatno’la»si bilan sandal daraxti po’stlog’ining shirasidan tayyorlangan qimmatbaho dori hadya etdi. (L. Batь.) 3. Turli millatdan tashkil topayotgan bu ulkan oila Qizilqumda haqiqiy do’stlik qasrini o’rnatmoqda edi. (J.Abd.) 4. Davlat ishlarida siz kabi olijanob zotlar qancha ko’p bo’lsa, yurtimiz shunchalik tez ravnaq topgusidir. (L. Bat.) 5. Tepaqo’rg’onda yangragan karnay-surnay ovozlari butun kengliklar sari parvoz qildi. (J. Abd.) 6. Kulgi bir nafas tinmasa ham, vaqt juda sekin o’tmoqda edi. (O.Yo.)
5-mashq. O’qing, tenglashish va ergashish yo’li bilan bog’langan so’z qo’shilmalarini aniqlab, ular orasidagi farqni tushuntiring. 1. Teng bog’lanish yo’li bilan tuzilgan so’z qo’shilmalarini ko’chirib, bog’lovchi vositalar tagiga chizing. 2. Ergashish yo’li bilan tuzilgan so’z qo’shilmalarini ko’chirib, hokim va tobe so’zlarni belgilang.
1. Pastliklarda g’uj-g’uj pista daraxtlari, azamat toshlar orasida sinkaga solingandek ko’k suv goh ko’rinadi, goh ko’rinmaydi. Soyning narigi to’lonida yalang’och tog’lar yuksala-yuksala vodiy yo’lini to’sib yotibdi. Uning qizil cho’qqilariga oftob tushib turibdi. O’ngirlarda saratondan yashirinib qolgan qor uyumlari ko’rinadi. (S. Ahm.) 2. Qishloqlardan, yaqin-uzoq dalalardan paxtalar, qovun-tarvuzlar, xashak-pichanlar, don-dun, o’tin-yog’ochlar, makkapoya, g’o’zapoya, beda va boshqa narsalar yuklangan aravalar shaharga paydarpay kelib turadi. Katta yo’llar bo’yidagi daraxtlar, uylar, devorlargina emas, ot-ulov yurmaydigan jin ko’chalardagi, hatto ko’cha yuzidan yiroqhovli-maydonlardagi daraxtlar, uylar, devorlar ham xuddi osmondan tuproq yoqqandek ikki enli chang ostida so’rrayib yotadi. (M.Ism.)
3-ilova.
Uyda bajarilgan mustaqil ishlar asosida talabalar bilimi aniqlanadi va baholanadi:
Namuna: Astrobodga kelingan dastlabki kunlarda to’da-to’da mehmonlarni qabul qilishga, ularning tahsinlarini tinglashga va o’z navbatida ularga maslahatlar berib, nasihatlar qilishga to’g`ri keldi. (L. Bat.) Bir bosh bo’lakli gap. SHaxsi topilmas gap. Gapning egasini, bajaruvchisini kesimiga qarab aniqlashning imkoni yo’q.
Blits texnologiyasi orqali talabalar bilimini baholash va mustahkamlash
Talabalar 1-2-3-variantlarga bo’linadi va har bir variant vakillari bir bosh bo’lakli gaplarning barcha turlariga misollar yozib ularni to’liq tahlil qiladir. Masalan:
Namuna: Astrobodga kelingan dastlabki kunlarda to’da-to’da mehmonlarni qabul qilishga, ularning tahsinlarini tinglashga va o’z navbatida ularga maslahatlar berib, nasihatlar qilishga to’g`ri keldi. (L. Bat.) Bir bosh bo’lakli gap. SHaxsi topilmas gap. Gapning egasini, bajaruvchisini kesimiga qarab aniqlashning imkoni yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |