a)
b)
4.2-rasm. O‘lchovchi pult paneli. a) DP-5A asbobi; b) DP-5V asbobi
.
O‘lchashga qulay bo‘lishi uchun zondga tutqich mahkamlangan, unga
uzaytiruvchi shtanga ulash mumkin.
O‘lchaydigan pult panel va kojuxdan tashkil topgan (2-rasm). Panel ikki xil
shkalali mikroampermetr (tepadagisi 0 dan 5 mR/s va pastkisi 5dan 200 R/s gacha),
poddiapazonlarni o‘zgartiruvchi, rejimni boshqaruvchi potensiometr, ko‘rsatishlarni
almashtiruvchi knopka, shkalani yorituvchi tumbler, nulga keltiruvchi vint, telefonni
ulaydigan joydan iborat. Panelga zond bilan o‘lchaydigan pultni birlashtiruvchi
kabel ulangan. Panel kojuxga maxsus vintlar bilan mahkamlanadi.
Kojux ostida oziqlanish manbai - uchta elementni qo‘yish uchun joy bor.
Oziqlanish elementlari yo‘q bo‘lganda, 3-12 V akkumulyatorlardan keluvchi
kuchlanishni bo‘luvchi 10 m uzunlikdagi kabelni ulash mumkin.
Yuqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatini x1000, x100,
x10, x1, x0,1 poddiapazonlarda o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bunda zond
ekrani «G» holatda bo‘lishi kerak. Zond oynasi ochiq holda («B» xolat)
tekshirilayotgan ob’ektdan 1-1,5 sm masofada betta-nurlanish mavjudligi
aniqlanadi.
Bunda
gamma
va
betta-nurlanishlarning
umumiy
dozasi
o‘lchanadi.
Tepadagi shkalada qoraga bo‘yalgan (qora rangdagi) uchburchak va
yoy bo‘lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 R/s
bo‘lganda, tepadagi shkala bo‘yicha o‘lchanadi. Rejimni yo‘lga solib turuvchi
potensiometr asbobga uzatilayotgan elektroenergiyani moslab turadi va
ulaydi.
Ko‘rsatkichlarni olib tashlovchi tugma qayta o‘lchash talab etilganda asbob ko‘rsatkichini
tezda nol holatiga keltirish uchun xizmat qiladi. SHkalani yorituvchi tumbler qorong‘ida ishlaganda
shkalani yoritadigan lampochkani ulaydi.
O‘lchov asbobi ko‘rsatgichi nolga qaytmasa ko‘rsatish olib tashlanganda nolga keltiruvchi
vint (burama) dan foydalaniladi. Moslash uchun saqlovchi vint (burama) echib olinib, uning tagida
turgan ikkinchi vintni burash bilan strelkani nol holatiga qo‘yiladi. So‘ng echib olingan saqlovchi
vint joyiga qayta burab qo‘yiladi.
Asbobni ishlatish uchun 1,6-PMS-X-1,05 (KB-1) tipidagi 2 elementdan foydalaniladi.
Uchinchi element shkala yoritilishidagi lampochkaga energiya beradi. 3, 6 va 12 V kuchlanishli
boshqa o‘zgarmas tokli oziqlanish manbaidan ham (masalan, akkumulyator) foydalanish mumkin.
Ko‘rsatilgan oziqlanishda hisoblagichga 390-400 V kuchlanish elektr toki beriladi. Oziqlanish
komplekti yangi elementlardan foydalanganda asbobning 40 soat mobaynida uzluksiz ishlashini
ta’minlaydi.
TG-7 M tipidagi telefon kichik o‘lchamli va boshchalari yumshoq materialdan
bo‘lgan ikkita telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush orqali
aniqlashda qo‘llaniladi: radiatsiya darajasi yuqori bo‘lsa, shuncha tovush belgilari eshitiladi.
200 poddiapazondan tashqari hamma poddiapazonlarda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |