Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Avtomobil transporti asosiy ish ko’rsatkichlari
Mashg’ulotning maqsadi: Transport vositalaridan foydalanishni xarakterlovchi va uning ish natijalarini belgilovchi ko’rsatkichlar bilan tanishish.
Umumiy ma’lumotlar.
Avtomobil transporti -yuk va yo‘lovchilarni relssiz yo‘llarda tashishga mo‘ljallangan transport turi. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida keng foydalaniladi. Bajaradigan ishiga qarab umumiy foydalanilmaydigan (ayrim korxonalar, tashkilotlar uchun xizmat qiladigan) Avtomobil transporti hamda qaysi tashkilotga mansubligidan qat’i nazar yo‘lovchi va yuk tashuvchi umumiy foyda-lanishdagi Avtomobil transporti ga bo‘linadi. Shuningdek shaxsiy foydalanishdagi yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ham mavjud (qarang Avtomobil). Avtomobillarning har qanday yo‘llarda yura olishi, yo‘lni tez o‘zgartira olishi, yuk ortish va tushi-rish joylariga bevosita bora olishi, yuk hamda yo‘lovchilarni bir transport turidan ikkinchisiga o‘tkazmay tashishga imkon beradi. Natijada yo‘lovchi va yuk tashish tezlashadi. Avtomobil transporti sanoat va qishloq xoʻjaligi, markazlashgan tartibda xalqaro, shaharlararo va mahalliy yo‘llarda ta-shishda qo‘llaniladi. Avtomobil transporti aviatsiya, dengiz va daryo transporti, shuningdek temir yoʻl transporti bilan uzviy bog‘langan. Avtomobil transporti uncha uzoq bo‘lmagan masofalar uchun foydalanishda eng qulay transport turi hisoblanadi. Shu bilan birga boshqa transport turlarida tashish noqulay bo‘lgan yuklar, xususan, tez buziladigan mahsulotlarni uzoq, masofalarga tez va qulay yetkazib berishda ham ko‘p foydalaniladi.
Asosiy formulalar:
Avtotransport saroyi hisobidagi umumiy avtomobillar soni
Avtomobil saroyidagi avtomobil-kunlari
Avtomobil saroyidagi avtomobil ish soatlari
ATish=AKkTishf
Texnik tayyorgarlik koeffitsienti
yoki
Saroydan foydalanish koeffitsienti
yoki
Avtomobilning umumiy bosib o’tgan masofasi
Lum=Lyuq+Lbq+Lo, km
Bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti
= Lyuk / Lum
Harakat texnik tezligi
Harakat ekspluatatsion tezligi
Avtomobilning marshrutda bo’lish vaqti
Tm=Tish-To, soat
Nolinchi qatnov vaqti
Bir qatnov vaqti
; soat
Kunlik qatnovlar soni
Yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsientlari
1-masala
Avtomobilь saroyi hisobidagi avtomobillar soni 200 ta. Kalendar kunlar 30. Avtomobilь saroyidan foydalanish koeffitsienti 0,88. Avtomobillarning o’rtacha ishda bO’lish vaqti 12 soat.
Bir oyda avtomobillarning liniyadagi avtomobilь-soatlari (ATish) hisoblansin.
2-masala
Avtomobilning harakat texnik tezligi 20 km/soat. O’rtacha yukli qatnov masofasi 40 km. Avtomobilning marshrutdagi bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti 0,5. Bir qatnovdagi ortish-tushirish vaqti 60 min.
Avtomobilning ekspluatatsion harakat tezligi (Ve) hisoblansin.
3-masala
Avtomobilning liniyada ishlash vaqti 12 soat. O’rtacha yukli qatnov masofasi 18 km. Marshrutdagi masofadan foydalanish koeffitsienti 0,5. Texnik harakat tezligi 24 km/soat. Bir qatnovdagi ortish-tushirish vaqti 30 min. Nolinchi qatnov masofalari l'o= 3 km, l"o=1,8 km.
Bir kunlik umumiy bosib o’tilgan masofa (lk) aniqlansin.
O’zlashtirish savollari:
Transport vositasi ishining texnik va ekspluatatsion tezliklari
Avtomobilь saroyi texnik tayyorgarlik koeffitsienti
Avtomobilь saroyidan foydalanish koeffitsienti
Transport vositasi bosib o’tadigan masofalar va bosib o’tilgan masofadan foydalanish koeffitsienti
Transport vositasi harakatining texnik va ekspluatatsion tezliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |