8-шакл. Бўш жойларга матн киритиладиган очиқ тeст. Бу тeстни тузувчи жавобларни савол ичига моҳирлик билан яшириши зарур. Талаба эса гапни ўқиб, унинг маъносидан кeлиб чиқиб, ундаги тушириб қолдирилган бир нeчта жавобларни билиши ва ёзиши талаб этилади. Бу тeст талабанинг ёзма нутқини (лeксика, грамматика, орфография) тўғри шакллантиради.
9-шакл. Бўш жойларга матн киритиладиган ёпиқ тeст. Ушбу тeст 8-турдаги тeстга нисбатан осонроқ, чунки, унда жавоблар мавжуд бўлади, талабадан фақат мантиқий фикрлаш ва жавобларни бир-бирига қиёслаб рўйхатдан тўғрисини танлаш талаб этилади.
10-шакл. Жавобларни банкдан танлаш тeсти. Бу тeст сўзлар омборидан тўғри жавобларни танлаб, ҳаракатлантириб ўзининг жойига қўйиш талаб этилади. Бу тeст тузувчидан аниқ жавобни рeжалаштиришни, бошқа тўғри жавоблар бўлмаслигини талаб этилади.
11-шакл. Фаол соҳани бeлгилаш тeсти. Бу тeстда жавоблар сони фаол соҳалар сонига мос бўлиши талаб этилади. Ушбу тeстнинг ўзига хослиги шундаки, талабанинг график тасаввурларини шакллантиради.
rashidxabibullayev.zn.uz saytidan iSpring test.rar faylini yuklab oling. Arxivnii ochib interfaol testlarni ishlab, test shakllarini kuzatib o’rganing.
Daftaringizda dars beradigan faningiz bo’yicha 11 xil shakldagi interfaol test tuzing.
9-amaliy mashg’ulot.
iSpring QuizMaker dasturida interfaol testlar tuzish (2 soat)
Ishdan maqsad: Tinglovchilarda iSpring QuizMaker dasturida interfaol testlarni tuzish ko’nikmalarini shakllantirish.
Jihozlar va zarur materiallar:
iSpring QuizMaker dasturi o’rnatilgan shaxsiy kompyuterlar.
Noutbuk va videop
rashidxabibullayev.zn.uz sayti materiallari.
NAZARIY QISM
Ommaviy axborot vositalarida yoshlarning kompyuterga, smartfonlarga mukkasidan ketib qiziqayotgani haqida ko’p gapiriladi. Ko’pincha, bu hol salbiy ma’noda talqin qilinadi. Agar bugungi yoshlar o’z zamonida, ya’ni axborot asrida yashayotganini inobatga oladigan bo’lsak, ularning ko’proq axborotga intilayotganining guvohi bo’lamiz.
Keling, shu o’rinda quyidagi savol-javoblarni kuzataylik.
SAVOL: Nega hozirgi kunda bosma axborotlar (kitob, gazeta, jurnal va h.k.) kamayib ketayapti?
JAVOB: Bosma axborotlar avvalgiga qaraganda kamaymagan. Ular boshqa zamonaviy shakldagi axborotlar tomonidan iste’moldan siqib chiqarilmoqda. Bularga, video va audio yozuvlar, animatsion roliklar, taqdimot materiallari va virtual stendlar, internet materiallarini misol qilib keltirish mumkin.
SAVOL: Nega hozirgi yoshlar kitob o’qishmayapti?
JAVOB: Kitob deganda faqat qog’ozda chop qilingan kitobni tushunmaslik kerak. Yoshlar elektron shakldagi kitoblarni ko’proq o’qishmoqda.
SAVOL: Nega ta’lim muassasalari o’qish vaqtida telefondan foydalanishni ta’qiqlab qo’yishgan.
JAVOB: Talabalar darsdan chalg’imasligi uchun. Lekin, bu noto’g’ri talqin. To’g’risi esa – darslar eskicha axborot shakliga (ya’ni, qog’ozdagi bosma shaklga) asoslangan. Agar, dars materiallari elektron darslik, virtual o’quv trenajyori, video va audio, multimedia keyslar, interfaol testlar va internetdagi ommaviy onlayn ochiq kurslar shaklida mavjud bo’lsa edi, kompyuter, noutbuk, planshet va smartfonlar dasr mashg’ulotlarida eng asosiy o’quv vositasiga aylangan bo’lar edi.
SAVOL: Interfaol testlar nima? Ular standart (4 ta javobli) testdan nimasi bilan farq qiladi?
JAVOB: Interfaol testlar keng ma’noda ishlatiladi, 4 ta javobli test ham interfaol testlarning bir turi hisoblanadi. Interfaol testlar faqat elektron shaklda yechiladi va javobi shu zahoti aytiladi.
SAVOL: Interfaol testlar nimasi bilan o’quvchi va talabalarni o’ziga jalb qiladi?
JAVOB: Interfaol testlarning o’ziga jalb qiluvchi tomoni — multimedia va navigatsiya elementlarining qo’llanilganligi, hamda ichiga interfaol ta’lim usullari singdirilganligidir.
SAVOL: O’quv jarayoni uchun interfaol testlarni ishlab chiqish uchun o’qituvchi qanday bilim, ko’nikma va malakalarga (BKM) ega bo’lishi zarur?
JAVOB: O’qituvchi fanni va interfaol test shakllarini yaxshi bilishi, iSpring dasturida ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi yetarli hisoblanadi.
SAVOL: O’zbekistonda dars mashg’ulotlarida interfaol testlarni qo’llash uchun biror elektron tizim mavjudmi?
JAVOB: Barcha oliy ta’lim muassasalarida Moodle masofaviy ta’lim tizimi joriy etilgan, lekin u hozircha to’liq shakllantirilib, o’quv jarayoniga tadbiq etilmagan.
Yuqoridagi savol-javoblarni o’qib shunday xulosaga kelish mumkin – zamonaviy pedagog yoshlarga yaqinroq bo’lishi, ularning e’tiborini tortishi uchun iSpring dasturida tuziladigan interfaol testlarni tuzishni o’rganishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |