Amaliy mashg’ulot-8
Radioaktivlik. Massa defekti. Atom yadrolarnning bog’lanish energiyasi.
V-21.1. 1 Million poloniy atomidan bir sutkada qanchasi parchalanadi?
V-21.2. 1 Million radiy (radon)ning emanatsiyasi atomidan bir sutkada
qanchasi parchalanadi?
V-21.3. 1g radiyning 1 sek dagi parchalanish soni topilsin.
V-21.4. Aktivligi 1 kyuri radonning massasi topilsin.
V-21.5. Aktivligi 3,7·1010 parcha /sek ga teng 84Po210 poloniy miqdori topilsin.
V-21.6. Radon atom soni 1 sutkada 18,2% kamaysa, radonning parchalanish
doimiysini toping.
V-21.7. 1) Uran 92U235 va 2) radon 86Rn222 larning solishtirma aktivligini toping.
V-21.8. Geyger – Myuller ionizatsiya schyotchiklarida radioaktiv preparat
bo’lmaganda ham ma’lum “fon” bo’ladi. Shu fon kosmik nurlanishlardan
yoki radioaktiv ifloslikdan vujudga kelgan bo’lishi mumkin. 5 sek da
schyotchikda bir marta impuls beruvchi fon qancha radon miqdoriga muvofiq
keladi?
V-21.9. Muayyan radioaktiv preparatning parchalanish tezligi ionizatsiya
schyotchigi yordamida tadqiq etilmoqda. Boshlang’ich paytda schyotchik
10 sek da 75 marta impuls beradi. T/2 sek vaqt o’tganidan so’ng schyochik 10
sek ichida necha marta impuls beradi? T>>10 sek deb hisoblansin.
V-21.10. Muayyan radioktiv preparatning parchalanish soni λ=1,44·10-3 c-1. Oradan qancha vaqt o’tgandan so’ng dastlabki atom miqdorining 75% i parchalanadi?
V-20.11. Tabiiy uran uch xil izotoplarning 92U234, 92U235, 2U238aralashmasidan iborat. 92U234 uranning miqdori nihoyatda oz (0,006%), 92U235 hissasiga 0,71% to’g’ri keladi, qolgan massani (99,28%) 92U238 uran tashkil qiladi. Mazkur izotoplarning yarim emirilish davrlari tegishlicha 2,5·105 yil 7,1·108 yil va 4,5·109 yil. Har bir izotopning tabiiy uran umumiy radioaktivligiga kirituvchi radioaktivlik protsent ulushini hisoblab chiqaring.
V-21.12. Radioaktiv parachanishda radiy atomi yadrosidan uchib chuquvchi α–zarrachaning kinetik energiyasi 4,78 Mev. 1) α – zarracha tezligi, 2) α – zarracha uchib chiqayotganda ajraluvchi to’la energiyani toping.
V-21.13. 1 kyuri dozali radon: 1) bir soatda va 2) o’rtacha yashash vaqtida qancha issiqlik miqdori ajratadi? Radondan uchib chiquvchi α–zarrachaning kinetik energiyasi 5,5 Mev.
V-21.14. 1g 92U238 uran parchalanish mahsulotlari bilan muvozanatda 1,07·10-7
vt quvvat chiqaradi. Uran atomlarining o’rtacha yashash vaqtida bir gram atom uran chiqargan issiqlikning to’la miqdori topilsin.
V-21.15. Bir soatda 1g radiydan hosil bo’lgan radonning aktivligi nimaga teng?
V-21.16. Bir yilda 1g radiyning parchalanishidan hosil bo’lgan geliy miqdori normal sharoitda 0,043 sm3hajimni egallaydi. Bulardan Avogadro sonini toping.
V-21.17. Berk idish (ampula)ga 1,5g radiyli preparat joylashtirilgan. t=T/2 vaqtdan keyin bu ampulada qancha miqdorda radon to’planadi? Bunda T – radoning yarim emirilish davri.
V-21.21. 400mkyuri aktivlikli radon ampulaga joylashtirilgan. Ampula
to’ldirilgandan keyin qancha vaqt o’tgach radon 2,22 ·109 parch / sek ni beradi.
V-21.22. Uran rudasidagi qo’rg’oshin uranning qator yemirilishining
so’nggi mahsuloti bo’lganligidan rudadagi uran miqdorining qo’rg’oshin
miqdoriga nisbatidan rudaning yoshini aniqlash mumkin. Bu rudada 1kg
92U238 uranga 320g qo’rg’oshin to’g’ri kelsa, uran rudasining yoshini
aniqlang.
V-21.23. Radiy va uranning yarim emirilish davrlari ma’lum bo’lsa, tabiiy
uran rudasidagi bitta radiy atomiga nechta uran atomi to’g’ri kelishini toping.
K o’ r s a t m a. Tabiiy uran radioaktivligi asosan 92U238 izotopiga
bog’liq ekanligi nazarda tutilsin.
V-21.24. Tarkibida 42% sof uran bo’lgan qancha rudadan 1g radiy olish mumkin?
V-21.25. Radiy preperatidan α–zarrachalar 1,5·104 km/sek tezlikda uchib
chiqib, fluorestsentsiyanuvchi ekranga borib uriladi. Ekran 1sham ga 0,25 Vt
iste’mol qiladi deb, 1mkg radiy chiqargan barcha α–zarrachalar ekranga
tushsa, ekranning yorug’lik kuchini toping.
V-21.26. Bu izotopning yashash vaqtida radioaktiv izotop dastlabki
miqdorining qancha ulushi parchalandi?
V-21.27. 1mkg poloniy 84P210 aktivligini toping.
V-21.28. Sun’iy yo’l bilan olingan strontsiy 38Sr90 radioktiv izotopining
solishtirma aktivligini toping.
V-21.29. 10mg radioaktiv izotop 20Ca 45 ga 30mg radioaktivmas izotop 20Ca40
aralashtirilgan. Preparatning solishtirma aktivligi qanchaga kamaygan?
V-21.30. 10 sutkadan so’ng parchalangan atomlar sonining parchalanmagan atomlar soniga nisbati 50% bo’lishi uchun 5mg radioaktivmas izotop 83Bi209ga qancha radioaktiv izotop 83Bi210 aralashtirish kerak? 83Bi210 parachalanish doimiysi λ=0,14 sutka -1.
V-21.31. To’rtta α–parchalanishdan va ikkita β–parchalanishdan so’ng 90Th232
dan qancha izotop hosil bo’ladi?
V-21.32. Uchta α–parchalanish va ikkita β–parchalanishdan so’ng 92U238dan qanday izotop hosil bo’ladi?
V-21.33. Ikkita β–parchalanish va bitta α–parchalanishdan so’ng 92U239dan qanday izotop hosil bo’ladi?
V-21.34. Bitta β–parchalanish va bitta α–parchalanishdan so’ng 3Li8 radioaktiv izotopdan qanday izotop hosil bo’ladi?
V-21.35. To’rtta β–parchalanishdan so’ng 51Sb133 surma radioaktiv izotopidan qanday izotop hosil bo’ladi?
V-21.36. Radioaktiv parchalanish 84Po214 poloniy atomi yadrosidan uchib
chiqqan α–zarracha kinetik energiyasi 7,68 Mev. 1) α–zarrachaning tezligini,
2) α–zarracha uchib chiqayotganda ajralgan to’la energiyani, 3) havoda bir
juft ion hosil bo’lishi uchun W0=34 eV energiya talab qilinadi deb α–zarracha
hosil qilgan juft ionlar sonini, 4) 1mkkyori dozali poloniy chiqargan barcha
zarrachalarning ionizatsiya kamerasida hosil qilingan toyinish tokini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |