Amaliy mashg`ulot №7 Suyuqliklar sarfini o`lchash asboblarini hisoblash Ishdan maqsad



Download 295,01 Kb.
bet1/2
Sana04.03.2022
Hajmi295,01 Kb.
#482908
  1   2
Bog'liq
2 5208750940030504699


Amaliy mashg`ulot №7


Suyuqliklar sarfini o`lchash asboblarini hisoblash


Ishdan maqsad: Bosim farqlari o’zgarmas va o`zgaruvchan sarf o’lchagichlar yordamida sarfni o’lchash va darajalash.


Qisqacha nazariy ma`lumot

Sarfni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o’lchagichlar deb ataladi.


Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birdigi ichida o’tgan modda miqdori modda sarfi deyiladi. O’lchanayotgan moddaning turiga ko’ra bu asboblar suyuqlik, bug’, donador mahsulotlar va hokazolarni o’lchagichlarga bo’linadi.
Moddaning massali (kg/soat) hamda, hajmiy sarfi (m3/soat), (m3/s) ko`rinishda bo`ladi.
SHisha trubkali rotometrni darajalash qurilmasi quyidagilardan tuzilgan (7.1-rasm). SO-7B tipidagi kompressor (havoni siqib beruvchi qurilma), reduktor (havo rostlagich), qo’l bilan rostlanuvchi organ, havoni bosimini o’lchaydigan manometr, shishali rotometr.
RS-5 tipidagi shishali rotometrni darajalash uchun SO-7B tipidagi kompressor (1) tok manbaiga ulanib, ishga tushiriladi. Kompressordan chiqayotgan siqilgan havo reduktor (2) orkali shishali rotometrga beriladi. Berilayotgan havoning bosimi manometr (4) yordamida o’lchanadi. Qo’l bilan rostlagich (3) yordamida rotometrga beriladigan havo miqdori o’zgartirib turiladi.
Kompressor orqali berilayotgan havoning shishali rotometr devorlari va qalqovich orasidan suyuqlikning o’tish tezligi quyidagi formula orqali aniqlanadi.

bu erda g – erkin tushish tezlanishi, (m/s2).
Vq – qalqovich hajmi, (m3).
Jq – qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og’irligi,( kg/m3).
J – o’lchanayotgan muhitning solishtirma og’irligi, (kg/m3)
f – diametri eng katta joydagi qalqovich kesimining yuzi, (m2)
Oqimning halqa oralig’idagi tezligi va uning yuzasi ma’lum bo’lgach, o’lchanayotgan muhiting hajmiy sarfini aniqlash mumkin.

bu yerda


Qh – o’lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi, m3/soat
– sarf koeffitsenti.
Shundan so’ng, hisoblash yo’li bilan aniqlangan havo sarfi bilan shishali rotometrni ko’rsatgichi solishtirilib, uning sarf o’lchashdagi xatoliklari aniqlanadi.

7.1-rasm. Tadqiqot qurilmasi

O ‘tkazish quvurlaridagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan truboprovodda kichik diametrli to‘siq-diafragma, soplo yoki Venturi soplosi o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi truboprovodda o‘rnatilib, mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ truboprovodning kesimi toraygan joyidan o‘tayotganida uniig tezligi oshadi. Tezlikning va binobarin, kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. SHunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆Р= Р1- Р2 hosil bo‘ladi (7.2-rasm). Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi truboprovoddan o‘tayotgan modda sarfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ∆Р bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi.


Toraytirish qurilmalari vujudga keltirgan bosimlar farqi orqali modda sarfini o‘lchash prinsipi va ularning asosiy tenglamalari toraytirish qurilmalarining barcha turlari uchun bir xil. Faqat bu tenglamalardagi tajriba orqali aniqlanadigan ba’zi koeffitsientlar bir-birlaridan farq qiladi. Truboprovodda ikkita kesimni tanlaymiz: I—I kesimda toraytirish qurilmasining ta’siri yo‘k. II—II kesimda (7.2-rasm, a) oqim zarrasi eng ko‘p siqiladi. Bu kesimlardagi statik bosimlar o‘zgarmasdir. Siqilmagan suyuqlik capfi va bosimlar farqi o‘rtasidagi nisbat hamda bu oqim uchun energiyaning saqlanish qonunini ifodalovchi Bernulli tenglamasi oqimning uzluksizligi tenglamasidan aniqlanishi mumkin. Agar ishqalanish kuchining ta’siri bo‘lmasa, gorizontal truboprovod uchun bu tenglama quyidagi shaklga ega bo‘ladi:


bu tenglamada tegishli kesimlar I—I va IIII uchun: va absolyut statik bosimlar, Pa; va — suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligi, m/s; ρ1 va ρ2 — suyuqlik zichligi, kg/m3, F1 va F2 — oqimning ko‘ndalang kesim yuzi, m2.
Suyuqlik zichligi toraytirish qurilmasidan o‘tganda o‘zgarmagani sababli, yani ρ12=ρ bo‘lgani uchun


SHuni ham ta’kidlash kerakki, tenglamalar v2 tezlik o‘lchanayotgan suyuqlikdagi tovush tezligiga teng bo‘lgan kritik tezlikdan kichik bo‘lgan hol uchui o‘rinlidir. Tenglamalardan foydalanib F2 kesimdagi o‘rtacha v2 tezlikni aniqlaymiz:

Hajmiy sarf tezlikning oqim kesimidagi yuzasiga ko‘paytmasiga teng, ya’ni:

Lekin tenglamani chiqarishda haqiqiy suyuqlikning qovushoqligi, uning truboprovod va toraytirish qurilmasiga ishqalanishi ta’sirida oqim kesimidagi tezlikning taqsimlanish notekisligi e’tiborga olinmagan. Bundan tashqari, bu tenglama bosimlar farqi I—I va II—II kesimlarda (7.2-rasm, a) o‘lchanmay, bevosita toraytirish qurilmasi yonida o‘lchanishini hamda eng tor joydagi kesimning F2 yuzi o‘rniga toraytirish qurilmasining teshigidagi F0 yuz olinishini aks ettirmaydi. Bu keltirilgan chetga chiqishlar sarf koeffitsienti α orqali ifodalanadi. Bunda hajmiy sarf tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:

bu erda — hajmiy sarf, m3/s;R toraytirish qurilmasining yonlarida o‘lchangan bosimlar farqi, Pa; F0 — toraytirish qurilmasi teshigining yuzasi, m2.
Massa sarfi hajmiy sarf va suyuqlik zichligi ko‘paytmasiga teng:

Tajribalarning ko‘rsatishicha, sarf koeffitsienti modda turiga bog‘liq bo‘lmay, asosan toraytirish qurilmasining tu­ri va hajmiga hamda Reynolds soniga, ya’ni oqimning fizikaviy xossalariga bog‘liq.

bu erda D truboprovod diametri.

Nam bug‘ sarrini diafragmalar bilan bug‘ zichligi (ρp) va suyuqlik zichligi (ρj) nisbati <0,002 bo‘lganda hamda bug‘ suyuqlik aralashmada suyuq komponentning massa qismi 0,2 dan oshmaganda o‘lchash tavsiya etiladi. Truboprovodlar diametrlari D ning yo‘l qo‘yiladigan qiymatlari diapazonlari va toraygiruvchi qurilmalarning nisbiy yuzlari m quyidagi chegaralarda bo‘lishi lozim:


a) 50 mm ≤ D ≤1000 mm; 0,05 mm ≤ m ≤ 0,64 — bosim farqini o‘lchashning burchak usulli diafragmalari uchun;
b) 50 mm ≤ D ≤ 760 mm; 0,04 ≤ t ≤ 0,56 — bosim farqini o‘lchashning flanetsli usulli diafragmalari uchun; diafrag­ma teshigining diametri bosim farqini o‘lchash usulidan qat’i nazar d ≥12,5 mm;
v) 50 mm ≤ D; 0,05 ≤ m ≤ 0,64 — gaz sarfini o‘lchash holida soplolar uchun;
g) 30 mm D; 0,05 ≤ t ≤ 0,64 — suyuqlik sarfini o‘lchash holida soplolar uchun;
d) 65 mm≤ D ≤500 mm; 0,05 ≤ m ≥ 0,6 — Venturi soplolari uchun; soplolar va Venturi soplolari teshigining diamet­ri d ≥ 15 mm;
e) 50 mm ≤ D ≤ 1400 mm; 0,10≤ m ≥ 0,60 — Venturi trubalari uchun.
Gaz sarfini o‘lchashda toraytirish qurilmasidan chiqishla absolyut bosimning uning kirishidagi bosimga nisbati 0,75 dan katta yoki teng. Gaz va suyuqlik sarfini o‘lchashda diafragmalarda bosim farqini o‘lchash uchun ham burchakli, ham fla­netsli usuldan hamda normal soplolarda, Venturi soplolarida va Venturi trubalarida o‘lchashning burchakli usulidan foydalanish tavsiya etiladi.



Download 295,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish