6.5-rasm. “Blokni qo`yish” dialog oynasi
“Joylashtirish nuqtasi” (Insertion point-Точка размещения) maydonida tayanch nuqta chizmaning gayeriga joylashtirilishi so`raladi. Agar “Ekran orqali ko`rsatish” (Secify On-screen - Показать на экране) ishora-belgisi bo`lsa, u holda oyna yopilgach tayanch nuqta koordinatasi alohida so`raladi, aks holda tayanch nuqta koordinatalari X, Y va Z maydonlariga zarur qiymatlarni qo`yish kerak. Ikki o`lchamli chizmalarda Z maydoni 0 ga teng bo`ladi;
4.“Masshtab” (Scale-Масштаб) maydonida har bir koordinat o`qi uchun masshtab koeffitsiyentlarini qo`yish so`raladi. Agar barcha uchala masshtab koeffitsiyent 1 ga teng bo`lsa, u holda blok hosil qilish chog`idagi o`lchamlari bilan qo`yiladi. Shuningdek, zarur hollarda og`ish burchagi qiymatini kiritish mumkin. OK tugmasi bosilib, dialog oyna yopilgach, buyruqlar satrida quyidagi so`rov paydo bo`ladi:
Specify insertion point or [Scale/X/Y/Z/Rotate/Scale/PX/PY/PZ/Protate]:
Agar shu vaqtda blok tayanch nuqtasini ko`rsatuvchi sichqoncha ko`rsatkichini grafik maydon bo`ylab harakatlantirsak, blok tasviri birga harakatlanadi.
4. Nazorat variantlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |