Amaliy mashg`ulot № 5
MAVZU: Wordpress CMS kontentni boshqaruv tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish.
Ishdan maqsad: Wordpress CMS kontentni boshqarish tizimi asosida interaktiv xizmatni yaratish.
Masalani qo’yilishi: Denwer dasturi va Wordpress CMS kontentlarni boshqarish tizimini o’rnatish.
Wordpress CMS kontentni boshqaruv tizimi orqali interaktiv xizmatlarni yaratish. Veb dasturni o’rnatish va interaktiv xizmatni yaratish quyidagicha bo’ladi.
CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu maxsus veb dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bu veb dastur, bir necha bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ib oladi va bosqichma-bosqich saytni avtomatik tarzda tashqil etib beradi.
WordPress CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar va interaktiv xizmatlar uchun ham ishlatilmoqda.
Wordpress CMSni o’rnatishni, dastlab Wordpress CMS ni internetdan ko’chirib olish kerak. Demak, Kompyuterdagi Google Chromega Skachat Wordpress 5.4.1» manzil yoziladi va chiqqan natijadan Скачать tugmasini bosib yuklab olinadi.
5.1-rasm. Wordpress CMSni ko’chirib olish
Windows tizimi uchun «.zip» fayl ko`rinishda yuklab olinadi.Shundan so’ng, sayt uchun papka ochiladi, bu papka Denwer o’rnatilgan papka ichida bo’lishi kerak, quyidagi adresda(Denwer C:/Webserver papkasiga o’rnatilgan bo’ladi. C:/Webserver/home/
Bu papka ichida «test.uz» deb papka ochiladi va bu papka ichiga yana «www» papkasini ochiladi, shunda quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
C:/Webserver/home/test.uz/www
Shundan so’ng bu papka ichiga Wordpress CMS ni ko’chiriladi va arxivdan ochiladi, buning uchun Winrar kerak bo’ladi. Ko’chirib olingan Wordpress faylini ustiga sichqonchani o’ng tomonini bosib “Izvlech v tekuhuyu papku”ni tanlanadi. Shundan so’ng, wordpress-5.4.1 _Ru.zip fayli ochiladi, fayllar «wordpress» nomli papka ichida ochiladi va barcha fayllarni olib, «www» papkasi ichiga ko’chiriladi, shunda quyidagi ko’rinishga keladi.
C:/Webserver/home/test.uz/www/wp-admin…
Barcha wordpress fayllari aynan «www» ichida bo’lishi kerak bo’ladi
So’ng Denwer dasturi ishga tushiriladi, buning uchun Denwer papkasi ichidan «Run.exe» fayli ishga tushiriladi. Bu fayl quyidagi adresda bo’ladi:
S:/Webserver/denwer/Run.exe
Denwer ishga tushgandan so’ng, MySQL MBBT (ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi)da ma’lumotlar bazasi va foydalanuvchi hosil qilinadi.
Demak, ma’lumotlar bazasi nomi “”, foydalanuvchi nomi va paroli bir xil «feruztatu» ko’rinishida bo’lsin.
Shundan so’ng WordPress o’rnatiladi, ishlatish uchun brauzer ochib, adresiga «test.uz» deb yoziladi, quyidagi ko’rinishni brauzer ochib berishi kerak.
5.2-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
«Vperyod!» tugmasini bosamiz va quyidagilarni to’ldiramiz:
Imya bazi dannix: test
Imya polzovatelya: feruztatu
Parol: feruztatu
Server bazi dannix: localhost
Prefiks tablits: wp_
«Optravit» tugmasi bosiladi.
5.3-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Agar hammasini to’g’ri kiritilgan bo’lsa, quyidagi sahifa chiqadi va siz bemalol «Zapustit ustanovku» tugmasini bosish mumkin bo’ladi.
5.4-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Nazvanie sayta: test.uz
Imya polzovatelya: feruztatu
Parol: feruztatu
Podtverdite parol: Belgilanadi
Vash e-mail: e-mail
So’ng «Ustanovit WordPress» tugmasi bosiladi.
5.5-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
WordPress CMS xatosiz o’rnatilgan bo’ladi.
5.6-rasm. Wordpress CMSni o’rnatish jarayoni
Wordpress CMS da juda kup interaktiv xizmatlar plagini mavjud. Misol qilib https://wordpress.org/plugins/contact-form-7/ Wordpress ning saytidan ko’chirib olish mumkin. Bu xizmatni o’rnatish uchun administrator qismidan plagin bo’limidan ko’chirib olingan fayl ko’rsatiladi. Shundan so’ng Kontakt bo’limi xosil bo’ladi.
5.7-rasm. Wordpress CMSni sozlash jarayoni
5.8-rasm. Wordpress CMSni sozlash jarayoni
Bu plagin orqali interaktiv xizmat sifatida foydalanish mumkin ya’ni ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi fayl va xujjatlarni jo’natshi imkoniyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |