Laboratoriya tashhisi. Tashhis qo‘yishda virusologik, serologik usullardan hamda immunoflyuoressensiya reaksiyasidan foydalaniladi. Virusni ajratib olishda maymun yoki odam embrionining bir qavatli kulturalari qo‘llaniladi. To‘qima kulturasidagi virus gemadsorbsiya reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Ajratib olingan virus shtammlari to‘qima kulturalarida NR, GATR VA KBR yordamida identifikatsiya qilinadi. Paragripp kasalliklariga serologik tashhis qo‘yish uchun bemorning juft zardoblari bilan GATR va KBR lar qo‘yiladi. Bulardan tashqari, yuqori nafas yo‘llari hujayralaridagi virus antigenini tip maxsus zardoblar bilan IF usullari yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |