Amaliy mashg‘ulot №2



Download 310,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.03.2022
Hajmi310,25 Kb.
#495726
  1   2
Bog'liq
M va S amaliy 2-2



 
Amaliy mashg‘ulot № 2 
 
O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birxilligini ta’minlash davlat tizimi. Metrologiya. 
Termin va ta’riflar. ỎzDSt 8.010-93. Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar. 
Ishning maksadi:–
O‟zDSt 8.010 – standartni o„rganish va metrologiya sohasida me‟yoriy 
hujjatlar bo„yicha ishlash ko„nikmalarni olish. 
Ishning vazifasi:-
O‟zDSt 8.010 davlat standarti «O„zbekiston Respublikasi o„lchovlarning 
birxilligini ta‟minlash davlat tizimini, «Metrologiya sohasida asosiy va umumiy terminlar lug„ati», 
ISO, 1993 y. va «Xuquqiy metrologiya lug„ati. Asosiy terminlar», MBZM, 1978 y. kabi me‟yoriy 
xujjatlarni o„rganish. 
Ishni bajarishda foydalaniladigan materiallar: 
O‟zDSt 8.010 davlat standarti «O„zbekiston 
Respublikasi o„lchovlarning birxilligini ta‟minlash davlat tizimini, «Metrologiya sohasida asosiy va 
umumiy terminlar lug„ati», ISO, 1993 y., «Xuquqiy metrologiya lug„ati. Asosiy terminlar», MBZM, 
1978 y. 
Umumiy ma’lumotlar
.
O‟zDSt 8.010 davlat standarti «O„zbekiston Respublikasi o„lchovlarning birxilligini 
ta‟minlash davlat tizimi. Metrologiya. Termin va ta‟riflar» umumiy nomi bilan birlashtirilgan 
to„rtda alohida, mantiqiy tugatilgan qismlardan iboratdir: 
– 1 qism «Asosiy va umumiy terminlar» (O‟zDSt 8.010.1:2002); 
– 2 qism «O„lchash vositalari va ularning parametrlari» (O‟zDSt 8.010.2:2003); 
– 3 qism «Metrologik hizmat» (O‟zDSt 8.010.3:2004); 
– 4 qism «Analitik tahlilning metrologik ta‟minoti» (O‟zDSt 8.010.4:2001). 
Standartni birinchi va to„rtinchi qismlari – O„zbekiston standartlashtirish, metrologiya, 
sertifikatlash va sifatni boshqarish sohasida imiy tadqiqot va kadrlarni tayyorlash instituti 
tomonidan (UzIIPK), ikkinchi va uchinchi qismlari - Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlash imiy tadqiqot instituti (NIISMS) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun 
taqdim etilgan. 
Standart 
O„zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O„zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash davlat markazi (keyinchalik O„zbekiston 
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash agentligi) Qarori bilan tasdiqlangan va joriy qilingan: 
1–3 - chi qismlari RST Uz 8.010-93 o„rniga, 4-chi qism birinchi marta kiritilgan. 
«O„zstandart» agentligi ruxsatisiz standart rasmiy nashr sifatida to„liq yoki qisman holda 
ko„paytirilishi va tarqatilishi mumkin emas. 
Standart metrologiya va o„lchash texnikasi sohasida milliy terminlarni unifikatsiyalash va 
uyg„unlashtirish, ushbu yo„nalishda har xil sohalarda ishlovchi mutaxassislarni o„zaro 
tushunishlarini ta‟minlash, chet el xamkorlar bilan iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy aloqalarni 
engillashtirish maqsadida ijroga kiritilgan. 
Standart RMT 29 davlatlararo tavsiyanomalarda va metrologiya sohasida xalqaro 
terminologik lug„atlarda belgilangan terminlarga asoslanadi: 
– “International vocabulary of basic and general terms in metrology”, ISO, 1993 
(«Metrologiya sohasida asosiy va umumiy terminlar lug„ati», ISO, 1993); 
– “Vocabulary of legal metrology. Fundamental terms”, BIML, 1998 («Xuquqiy metrologiya 
lug„ati. Asosiy terminlar», MBZM, 1978). 
Standartda belgilangan terminlarni barcha hujjatlar, darsliklar, o„quv qo„llanmalar, texnik va 
ma‟lumot adabiyotlarida qo„llash tavsiya etiladi. 
Xar bir tushuncha uchun bitta standart termin belgilangan. 
Ba‟zi standart terminlar uchun ularni ruxsat etilgan qisqa shakllari keltirilgan. 
Standartda ishlatilagan barcha terminlarning bo„limlari va qismlari alfavit ketma-ketlikda
berilgan . 
Standartni belgilanishi: 
– hujjatning indeksi - O‟zDSt; 


– qayd etilish rusumi – 8.010.1; 8.010.2; 8.010.3; 8.010.4; 
– ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yili – 2002, 2003, 2004, 2001 dan iboratdir. 
O‟zDSt 8.010 ning qisqa mazmuni 
«Asosiy va umumiy terminlar» nomli 1–chi qismda
metrologiyaning asosiy 
tushunchalarning ta‟riflari va terminlari keltirilgan. 1-chi qism quyidagi bo„limlardan iborat: 
1. Ishlatish sohasi. 
2. Metrologiya va uning bo„limlari. 
3. Kattaliklar. 
4. Kattaliklar birliklari. 
5. Kattaliklarni o„lchash. 
6. O„lchash tamoyillari, usullari va uslubiyatlari. 
7. Kattaliklarni o„lchash natijalari. 
8. O„lchash xatoliklari. 
9. O„lchash sharoitlari. 
10. Nazariy metrologiya. 
«O‘lchash vositalari va ularning parametralari» nomli 2–chi qismda 
o„lchash vositalar va 
ularning parametrlarining ta‟riflari va terminlari keltirilgan. 2-chi qism quyidagi bo„limlardan 
iborat: 
1. Ishlatish sohasi. 
2. O„lchash texnika vositalari. 
3. O„lchash vositalarning xarakteristikalari. 
4. O„lchash vositalarning xatoliklari. 
«Metrologik hizmat» nomli 3–chi qismda 
birliklar etalonlari va kattaliklar shkalalari borasida 
metrologiyaning asosiy tushunchalari, metrologik hizmat va uning faoliyati haqida tushunchalar 
keltirilgan. 3-chi qism quyidagi bo„limlardan iborat: 
1. Ishlatish sohasi. 
2. Fizik kattaliklar birliklarining etalonlari. 
3. Metrologik hizmat va uning faoliyati. 
4. Qadoqlanagan mahsulot soni ustida Davlat metrologik nazorati. 
5.Operatsiyalari natijasida ajratiladigan mahsulot soni ustida Davlat metrologik nazorati. 
«Analitik tahlilni metrologik ta’minoti» nomli 4–chi qismda
analitik tahlilni metrologik 
ta‟minoti asosiy tushunchalar ta‟riflari va terminlari keltirilgan. 4 -chi qism quyidagi bo„limlardan 
iborat: 
1. Ishlatish sohasi. 
2. Me‟yoriy izohlar. 
3. Umumiy qoidalar. 
4. Standart namunalar. 
5. O„lchashni bajarish uslubiyatlari. 
Har bir bo„limning ohirida o„zbek va rus tilida terminlarni alfavit ko„rsatkichi berilgan. 

Download 310,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish