AMALIY MASHG’ULOT № 14
Mavzu: Katalizator va yoyuvchilariga shakl berish.
Yoyuvchilar deb – katalitik faol metallarni o‘ziga biriktirgan va bir qism kimyoviy reaksiyaga katalitik ta’sir etuvchi g‘ovakli moddalarga aytiladi.
Yoyuvchilar qo‘llanila boshlanganda, asosan katalitik faol moddalarni, samarali qo‘llash maqsadida, ularni taqsimlash va disperslash uchun qo‘llanilgan. O‘sha davarda yoyuvchi inert modda hisoblanib, faqatgina oddiy faol moddani tashuvchi modda sifatida qaralgan.
Garchi yoyuvchi ko‘rilayotgan reaksiya nisbatan inert bo‘lsada, yoyuvchilarning katta qismi katalitik faol moddaning kristallizatsiyalanishini qiyinlashtiradi yoki oldini oladi hamda shu orqali katalizator ishlash vaqtini uzaytiradi.
Fransuz olimi Pol Sabate metalli katalizatorlar mayda dispers holatida yuqori faollikni namoyon etishini ko‘rsatib berdi. Metallarning mayda disperslik xossasini oshirish maqsadida, u birinchi marta katalizator yoyuvchilarini qo‘llab ko‘rdi. 1912 yilda Pol Sabate «organik birikmalarni mayda dispersli metallar ishtirokida gidrogenizatsiyalash usulini taklif qilgani uchun» kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Katalizator yoyuvchilari quyidagi xossalarni o‘zida namoyon qilishi lozim: 1) shimdiriluvchi tuzli eritmalarga nisbatan adsorbsiyalash qobiliyatini yuqoriligi; 2) yemirilishga qarshiligining yuqoriligi, bu katalizator kichik bo‘laklarini ko‘p hosil bo‘lishini oldini oladi; 3) donalar o‘lchamlarining bir-biriga yaqinligi.
Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar
Bugungi kunda katalizator yoyuvchilari sifatida quyidagilar qo‘llaniladi: kremniy (II) oksidi, titan (II) oksidi, sirkoniy oksidi, magniy oksidi, toriy (II) oksidi, alyuminiy oksidi, xrom oksidi, silikagel, alyumogel, kizelgur, alyumosilikatlar, ko‘mir, seolitlar, metallarning sulfatli, fosfatli, xloridlari, karbonatlari birikmalari, tabiiy glinalar, uglerodli yoyuvchilar, kremniy karbidi, mullit, kalsiy alyuminat, asbestlar, monolitlar, bentonitlar, polimerlar va shu kabi boshqa moddalar.
Tabiiy yoyuvchilar
Tabiiy yoyuvchilarga tabiiy glinalar, turli xil loylar, bentonit, kizelgur, so‘nggi yillarda qo‘llanila boshlangan turli meva danaklari va boshqalar kiradi.
Ushbu yoyuvchilar tabiiy holatda g‘ovakli moddalar bo‘lganligi sababli, katalizatorlar tayyorlashda sarflanadigan xarajatlar kamayadi.
Ushbu turdagi yoyuvchilarni barcha katalitik jarayonlar katalizatorlari sintezi uchun qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Ular g‘ovaklarining o‘lchamlari, mustahkamligi va yuzasining hajmidan kelib chiqqan holda katalizatorlar olishda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Garchi bugungi kunda sintetik yoyuvchilar neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatida keng qo‘llanilayotgan bo‘lsada, tabiiy yoyuvchilarga bo‘lgan ehtiyoj hali ham pasaymagan.
14.1 – rasm. Tabiiy glinalar yuzasining kislotaliligi: 1-attanulgit; 2- montmorrillonit; 3-kaolinit.
Tabiiy katalizator yoyuvchilar sifatida bir qator tabiiy glinalar qo‘llaniladi: kaolinit, montmorrillonit va attanulgit. Ularning kislotalik darajasi uncha yuqori emas, ammo uni vodorod almashinish orqali sezilarli darajada oshirish mumkin
Bentonit so‘zi, uni birinchi marta XIX asr oxirlarida sanoat miqiyosida qazib olina boshlangan, Vayoming (AQSH) shtatida joylashgan Benton Forti nomiga qo‘yilgan. Keyingi yillarda bentonitga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda va uning konlari dunyoning deyarli barcha kontinentlaridan topilgan. Bentonitlarni ingichka dispersli glinalar deb ham atashadi.
14.2 – rasm. Bentonitning dunyodagi zahirasi, %.
Nazorat savollari
1 Yoyuvchilar deb qanday xossaga ega moddalarga aytiladi?
2 Katalizator yoyuvchilariga qanday talablar qo‘yilgan?
3 Katalizator tayyorlashda ishlatiladigan asosiy yoyuvchilar.
4 Tabiiy yoyuvchilarning turlari va xossalarini izohlang.
5 Metall oksidli yoyuvchilarning turlari va xossalarini izohlang.
6 Aralash oksidlarning turlari va xossalarini izohlang.
7 Alyuminiy suboksidlarining olinishi va xossalarini izohlang.
8 Glinozem va uning gidratlarining xossalarini izohlang.
9 Alyuminiy oksidini olish usullari va texnologiyasini tushuntiring.
10 Alyumosilikatlarning turlari va xossalarini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |