Amaliy mashg’ulot № 12 Xotira xaritasini ishlab chiqish
1. Mashg’ulot maqsadi:
Turli xil hajmdagi adresslangan xotiralar uchun xotira kartasini ishlab chiqishni o’rganish.
2.Nazariy ma’lumotlar
Xotiradan mikroprotsessorga axborot uzatishda ASh, BSh, MSh tizimli shinalari ishtirok etadi. Protsessorga nisbatan tashqi qurilmalarni aniq bo'lingan, ya’ni BSh tizimli boshqaruv shinasining 4 ta signali bo'lib, OXQ, DXQ (RD, RW) va (RD I/0, WR I/0) tashqi qurilmalarga mo'ljallangan. Mashina siklining birinchi taktida MP ning adres registri tarkibining MA magistral adresga ma’lumotlar magistraliga protsessorning holat so'zi yuboriladi. Ikkinchi taktda ma’lumot magistrali xotiraga yozish uchun ma’lumot uzatadi. Uchinchi taktda xotiraga yoki tashqi qurilmaga (TQ) yoziladigan signal shaklllanadi.
Xotiradan ma’lumotlarni ketma-ket chiqarishni tashkil etish. Xotiradan ma’lumotlarni ketma-ket chiqarishni tashkil etish RD signali mavjud bo'lganda, xotiraga "Xotirani o'qsh" signali keladi va bundan ma’lumotlar shinasi orqali tizimli kontroller kirishiga keladi. Xotira yacheykasining manzili manzil shinasining tarkibi bilan aniqlanib, uning bir qismini xotira mikrosxemasiga berilib, ikkinchi qismi manzil selektoriga beriladi. MP xotira mikrosxemasini mos ravishda tanlashi kerak. Tanlangan signallarni manzil shinasidagi axborotdan ajratishi kerak va uni mos boshqaruv shinasidagi signal bilan kuzatishi kerak. Signalni shakllanishi va chastotasi ketma-ket bo'lishi uchun generator shakllantirgich qo'llaniladi. Axborotni xotiradan olishni ketma-ket va parallel ravishda oshishning farqi qo'yilgan konkret maqsad va tanlangan protsessor imkoniyatiga bog'liq. Ma’lumotlar xotirasi dasturni bajarish jarayonida axborotni qabul qilish, saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan. Ma’lumotlar xotirasi EHM kristalida joylashgan bo'lib, o'zida OXQ aks etgan 128 ta 8 razryadli registrlar bo'lib, turli axborotlarni alohida bit yoki bayt shaklida qabul qilish, saqlash va uzatishga mo'ljallangan. OXQ va DXQ shartli belgilanishi 17.1 va 17.2- rasmlarda ko'rsatilgan.
17.1 – rasm. OXQ mikrosxemasining shartli belgilanishi
Ushbu xotira mikrosxemasi OXQ kB ma'lumot saqlashga mo'ljallangan.
- kristalni yoki mikrosxemani tanlash bo'lib, ma’lumotlar shinasidan uzatiladi;
- OXQ ga yozish signali bo'lib, boshqaruv shinasidan uzatiladi;
- OXQ dan o'qish signali bo'lib, boshqaruv shinasi orqali uzatiladi.
EHM da ma'lumotlar xotirasini tashqi 64 kb sig'imli qurilmani ulash orqali kengaytirish mumkin. Bunda tashqi ma'lumotlar xotirasiga murojaat faqat maxsus komandalar orqali amalga oshiriladi.
17.2 – rasm. DXQ mikrosxemasining shartli ko'rinishi
Bunda o'qish signali EHM ning RD signali bilan, yozish esa EHM ning WR signali bilan stroblanadi. Ichki ma'lumotlar xotirasi bilan ishlanganda RD va WR signallar shakllantirilmaydi.
17.3 - rasmda OXQ ni tizimli shinalarga ulanishining funksional sxemasi keltirilgan.
Dastur xotirasi dasturni saqlashga mo’ljallangan va ma'lumotlar xotirasidan alohida 64 kBli joyga (xotiraga) ega. Barcha so’rovlar tashqi dastur xotirasiga murojaat qilish uchun (ya'ni 0000H dan boshlab,) EHMning chiqishini ga ulanishi kerak. Tashqi xotiraga murojaat qilinganda, doim 16 razaryadli manzil shakllantiriladi va uning kichik bayti xotira mikrosxemasiga, kattasi esa, manzil selektori orqali uzatiladi. Bunda xotira mikrosxemasiga uzatilgan manzil bayti mikrosxemada qolishi kerak.
17.3– rasm. OXQ modulining tizimli shinalarga ulanish sxemasi
Chunki, keyinroq (RD, WR) signali kelishi kutiladi va ular orqali xotira mikrosxemasi ma'lumotlar shinasidan axborotni qabul qilishi (RD) yoki uzatishi (WR) kerak bo’ladi.
17.4 – rasm. DXQ modulining tizimli shinalarga ulanishi
17.4 – rasmda EHMni DXQga funksional ulanish sxemasi keltirilgan. Manzil shinasi yozilishi kerak bo’lgan ma'lumotlar yacheykasining manzilini beradi, so’ng yuqori impendantli holatga o’tadi va DXQ dan bayti ma'lumotlar kelishini kutadi. Agar yacheyka manzili kirishga yaqinroq joylashgan bo’lsa, mikrosxema yana bitta boshqaruv shinasidan RD va manzil selektoridan esa CS signal kelishini kutadi. Shundan so’ng, tanlangan bayt tizimli shinaga uzatiladi. EHMning ishlash rejimi kirish va chiqish signallarining kombinatsiyalari orqali o’rnatiladi. RAM, ROM mikrosxemalari bilan ishlaganda boshqaruv shinasiga signallar uzatiladi.
Amaliy mashg’ulot bo’yicha topshiriq:
Berilgan xotira hajmi bo’yicha RAM boshqaruv shinalarini o’rnatish
Berilgan xotira hajmi bo’yicha ROM boshqaruv shinalarini o’rnatish
RAM va ROM xotiralar o’rtasida o’zaro bog’lanish va buffer registrlari ulanish sxemasini ko’rsatish.
Nazorat savollari:
RAM haqida ma’lumot bering
Rom haqida ma’lumot bering
RAM va ROM xotira qurilmalarni boshqa qurilmalar bilan o’zaro aloqa qilishidagi farqni tushintiring
RAM va ROM turdagi xotiralar uchun CS singlanali vazifsini tushintirib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |