Amaliy mashg’ulot №1 Zamonaviy generator va kuchlanish rostlagichlari konstruksiyasini o‘ziga xos tomonlarini


Rostlagich  kontaktlarida  uchqun  chiqishini  kamaytirish



Download 215,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana18.08.2021
Hajmi215,76 Kb.
#150492
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy mashgulot № 1

Rostlagich  kontaktlarida  uchqun  chiqishini  kamaytirish.  Rostlagich  kontaktlari 

uzilganda uyg’otish toki o’z qiymatini darhol o’zgartira olmaydi va kontaktlar uzilgan birinchi 

daqiqalarda  o’zining  oldingi  qiymati  I

u

  ni  saqlab  qoladi.  Bu  tok  qo’shimcha  qarshilik  orqali 

tutashib, unda kuchlanish pasayishi sodir bo’ladi va u kontaktlar orasidagi kuchlanish U

k

 ga teng 

bo’ladi: 



                           U

k

 = 1

U

 R



                                      

Uyg’otish  tokining  va  uyg’otish  zanjiridagi  qarshilik  qiymatining  ortishi,  kontaktlar 

orasidagi kuchlanish ortishiga va demak, ularda hosil bo’layotgan uchquniing kuchayishiga olib 

keladi. Bu uchqun ta’sirida kontaktlarning oksidlanish va yemirilish jarayoni tezlashadi, natijada 

rostlagichning va umuman generator qurilmasining ishonchlilik darajasi keskin pasayadi. 

Kontaktlar ishonchli ishlashi uchun uzilish quvvati 150-200 Vtdan ortmasligi kerak 




Avtomobilda elektr toki iste’molchilarining tobora ko’payib borishi, generator quvvatini 

oshirishni  taqozo  qiladi.  Yuqorida  ko’rsatilganidek,  rostlagichlardagi  qo’shimcha  qarshilik 

qiymatini  kamaytirib  bo’lmaydi,  chunki  u  kuchlanishni  rostlash  mumkin  bo’lgan  maksimal 

aylanish  chastotasining  chegarasini  belgilaydi.  Uyg’otish  tokining  qiymatini  kamaytirish 

generator o’lchamlarini va massasini ortishiga olib keladi. 

Bu  muammoni  hal  qilish  uchun  generatorning  uyg’otish  cho’lg’ami  ikki  parallel 

tarmoqqa  bo’linadi  yoki  ikki  bosqichli  rostlagichlar  qo’llaniladi.  Misol  tariqasida  VAZ-2101, 

21011,  2103,  2106  avtomobillarida  tatbiq  qilingan  va  G-221  generatori  bilan  birga  ishlaydigan 

RR380 belgili ikki bosqichli elektromagnitli kuchlanish rostlagichini keltirish mumkin . 

TBP  ning  issiqlikdan  kengayish  koeffisiyenti  kichik  bo’lgan  plastinasi  rostlagichning  o’zagiga 

qaratib  (ya’ni  pastga),  kengayish  koeffisiyenti  katta  bo’lgan  plastina  esa  yakorchaga  (ya’ni 

yuqoriga)  qaratib  o’rnatiladi.  Rostlagich  cho’lg’amining  temperaturasi  ortganda  TBP  ham 

qiziydi  va  plastinalarning  issiqlikdan  kengayish  koeffisiyenti  har-xil  bo’lganligi  tufayli  u 

rostlagichning  o’zagi  tomonga  egilib,  yakorchani  prujinaning  tortish  kuchiga  qarama-qarshi 

bo’lgan  tomonga  tortadi  va  shuning  uchun  temperatura  ortganligi  sababli  o’zakdagi  magnit 

oqimi  kuchsizlansa  ham  kontaktlar  generatorning  belgilangan  kuchlanish  qiymatida  uziladi. 

Ya’ni,  o’zakdagi  magnit  maydonning  susayishi  yakorchani  o’zak  tomonga  egib,  ular  orasidagi 

tirqishcha δ ni kamaytirish yo’li bilan kompensasiya qilinadi. 



 

Download 215,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish